Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Chorvachilik tarmog„inig tarkibi



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Chorvachilik tarmog„inig tarkibi 
2016 yilda 2005 yilga nisbatan chorvachilik mahsulotlari, jumladan, gо‗sht 
ishlab chiqarish 1061,2 ming tonnadan 2 mln 172,5 ming tonnaga, yoki 104,7 
foizga, sut ishlab chiqarish 4 mln. 554,9 ming tonnadan 9 mln 703,3 ming 
tonnaga yoki 113 foizga, tuxum ishlab chiqarish 1 mlrd 966,7 mln donadan 6 
mlrd 111,7 mln donaga yoki 210,8 foizga oshdi, (17.1.1-jadval). 
 
 
 
 
 
 


382 
17.1.1-jadval 
 
 
Barcha toifadagi xo„jaligilarda asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari 
ishlab chiqarish
76
 
 
№ 
Mahsulot 
nomi 
O„lchov 
birligi 
 
Yillar 
2016 yil 
2005 yilga 
nisbatan, 

2005 
2012 
2013
 
2014
 
2015
 
2016 

Go‗sht (tirik 
vaznda) 
ming 
tonna
1061,2 
1564,2 
1672,9 
1787,5 
1893,4 
2172,5 
204,7 

Sut 
ming 
tonna
4554,9 
6766,2 
7310,9 
7884,7 
8039,3 
9703,3 
213,0 

Tuxum 
mln dona 
1966,7 
3441,7 
3873,7 
4379,1 
5051,4 
6152,5 
310,8 

Qorako‗l teri 
ming
dona 
688,8 
1022,3 
1116,9 
1060,6 
1121,3 
1058,2 
153,6 

Pilla 
ming 
tonna 
16,2 
24,7 
25,0 
25,4 
26,7 
28,2 
174,1 

Asal 
tonna
2108 
3795,1 
4887,5 
7177,0 
8019,9 
9123,7 
432,8 

Baliq 
tonna
11100 
17234,9 
25885,1 
38156,

44347,8 
48561,

437,5 
O‗zbekiston Respublikasining barcha turdagi xo‗jaliklarida chorva mollari 
tarkibi iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‗zgarishlar hamda diversifikatsiyalash 
natijasida quyidagicha o‗zgardi (17.1.2-jadval). 
 
17.1.2-jadval 
Barcha turdagi xo„jaligilarda chorva mollari tarkibi 
(2005-2016 yillar), foizda
77
 
 
Yillar 
Barcha 
turdagi 
xo„jaliklarda 
shu jumladan: 
Qishloq xo„jaligi 
korxonalari 
Fermer 
xo„jaligi 
Dehqon 
xo„jaligi
Qoramollar 
2005 y 
100 
3,7 
5,0 
91,3 
2015 y 
100 
1,0 
5,1 
93,9 
2016 y 
100 
1,2 
4,7 
94,1 
Qo„y va echkilar 
76
Manba: O‗zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyalari (2005-2015 yillar) 
ma‘lumotlari asosida ishlab chiqilgan. 
77
Manba: O‗zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyalari (2005-2015 yillar) 
ma‘lumotlari asosida tuzilgan. 


383 
Yillar 
Barcha 
turdagi 
xo„jaliklarda 
shu jumladan: 
Qishloq xo„jaligi 
korxonalari 
Fermer 
xo„jaligi 
Dehqon 
xo„jaligi
2005 y 
100 
23,2 
4,0 
72,8 
2015 y 
100 
9,2 
7,4 
83,4 
2016 y 
100 
8,4 
7,7 
83,9 
Parrandalar 
2005 y 
100 
27,7 
4,1 
68,2 
2015 y 
100 
24,3 
12,3 
63,4 
2016 y 
100 
26,4 
11,6 
62,0 
Otlar 
2005 y 
100 
15,0 
7,1 
77,9 
2015 y 
100 
5,8 
9,9 
84,3 
2016 y 
100 
4,3 
10,5 
85,2 
Cho„chqalar
 
2005 y 
100 
25,8 
17,4 
56,8 
2015 y 
100 
10,5 
8,6 
80,9 
2016 y 
100 
9,6 
9,1 
81,3 
Chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida oxirgi besh yil ichida ushbu 
maqsadlar uchun 213 mlrd. so‗mlik kreditlar yo‗naltirildi va bugungi kungacha 
chet davlatlardan 18 ming 191 bosh naslli qoramollar olib kelindi. 
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‗jaliklari chorva mollariga 
malakali veterinariya xizmatlarini ko‗rsatish maqsadida zooveterinariya 
punktlari soni 2 ming 486 taga yetkazildi. 
Respublikada 2015 yilda mavjud 4,5 mingdan ortiq zooveterinariya va 
sun‘iy urug‗lantirish shoxobchalari tomonidan 2 million 106 ming bosh sigirlar 
sun‘iy urug‗lantirildi va chorvachilik xo‗jaliklariga 11,5 mlrd. so‗mlik servis 
xizmatlari ko‗rsatildi. 
Baliqchilikni rivojlantirish uchun asosan 761 ta baliqchilik xo‗jaliklari 
tashkil etilib, ularning umumiy soni 3281 taga yetkazildi va 2015 yilda 45 mlrd. 
so‗m mablag‗lar sarflandi. 
Asalarichilikni rivojlantirishda asosan 424145 ta asalari oilalari parvarish 
qilinmoqda va asalarichilik uyushmalari tomonidan chetdan 2320 ta naslli ona 
arilar olib kelindi hamda shuning hisobidan 80 mingdan ortiq asalari paketlari 
tayyorlandi va chetga sotilmoqda. 
Parrandachilik bo‗yicha respublikada faoliyat ko‗rsatayotgan 320 ta 
inkubatorlarda 30 mln 500 ming dona naslli tuxumlar ochirilib, jo‗jalar yangi 
tashkil etilgan parrandachilik xo‗jaliklariga yetkazib berildi. Parrandalar zotini 
yaxshilash va mahsuldorligini oshirib borish maqsadida chetdan 900 ming bosh 
naslli jo‗jalar va 11 mln dona naslli tuxumlar olib kelindi. 
Chorvachilik o‗simlikchilik bilan chambarchas bog‗liq, chunki tarmoq 
faoliyatining samarasi ozuqa bazasining holati bilan belgilanadi. Chorvachilikda 


384 
dalachilik (don chiqindilari, somon), sabzavotchilik (nostandart sabzavotlar, 
barglar, poya), qayta ishlash sanoatida (sheluxa, kepak, kunjara, shrot) 
kabilardan foydalaniladi. O‗z navbatida, chorvachilik o‗simlikchilikni organik 
o‗g‗itlar bilan ta‘minlab, tuproq unumdorligini oshirishga yordam beradi. 
Chorvachilikdagi asosiy xususiyat shundaki, beriladigan ozuqalarning bir 
qismidangina chorva mollari mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanadilar
ozuqaning qolgan qismi ularni saqlash uchun sarflanadi, qo‗shimcha ozuqa 
bilan aniqlanadi. Shu bois, chorvachilikdan samarali foydalanish uchun 
balanslashtirilgan ratsional ozuqa zarur. 
Chorvachilik o‗simlikchilik bilan solishtirilganda, kamida tabiiy-iqlim 
sharoitiga kam darajada bog‗liqligi bilan farqlanadi. Shuning uchun 
chorvachilikda yil bo‗yi asosiy va aylanma ishlab chiqarish mablag‗lardan, 
mehnat resurslaridan bir tekisda foydalaniladi va yil davomida mahsulot
realizatsiyasidan foyda kelib turadi. 
Chorvachilik 
sutchilik 
va 
go‗sht 
chorvachiligi, 
parrandachilik, 
cho‗chqachilik, qo‗ychilik, baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik, mo‗ynali 
hayvonlar va boshqa tarmoqlarni qamrab oladi. 
Chorvachilik mamlakatimiz hududida tarqalib ketgan. Tabiat va iqtisodiy 
sharoitlarning turli-tumanligi har turli chorva mollari tarkibida va nisbatida har 
xil turlarni farqlash imkonini beradi. 
Chorvachilik tizimini tanlab olishga qishloq xo‗jaligi korxonasining 
joylashgan o‗rni, ozuqa ekinlarining tarkibi va nisbati, ishchi kuchi bilan 
ta‘minlanganlik, ishlarni mexanizatsiyalash darajasi, chorvachilik mahsuloti 
bozorlarining ahvoli kabi qator omillar ta‘sir qiladi. 
Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi va joylashishi aholini chorvachilik 
mahsulotlariga talabini qondirish, ishlab chiqarish resurslaridan, ayniqsa, 
ozuqalar va mehnatdan oqilona foydalanishga mo‗ljallangan bo‗lishi kerak. 
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish butun mamlakat mintaqalari 
bo‗yicha intensifikatsiya, hayvonlar mahsuldorligini oshirish asosida rivojlanishi 
kerak. 
Chorvachilikning yetakchi tarmog‗i chorva mollari tarmog‗idir. Uning 
iqtisodiyot tarmog‗idagi ahamiyati eng avval mahsulotlarning yuqori 
to‗yimliligi xossalari bilan belgilanadi. Bu mahsulotlar orasida ozuqaliligi 
yuqoriligi bilan sut birinchi o‗rinda turadi. U yangi holicha ham, qayta ishlanib 
ham keng qo‗llaniladi. Yirik shoxli qoramol va qo‗y go‗shti mazalilik sifati 
bo‗yicha eng qimmatli hisoblanadi. Bu tarmoqdan, shuningdek, qimmatbaho 
charm va qo‗ychilik xom-ashyosi olinadi. 
Chorvachilik tarmoq sifatida qishloq xo‗jaligining boshqa tarmoqlari 
rivojlanishida ham muhim rol o‗ynaydi. O‗simlikchilikda u qimmatli organik 
o‗g‗it – go‗ng. Yirik shoxli qoramol o‗stirishni boshqa turdagi hayvonlar bilan 
solishtirilganda yuqori samaradorligi, mahsulot ozuqasiga yuqori haq to‗lanishi, 
arzon o‗simlik ozuqalari va qayta ishlash sanoati chiqindilarini iste‘mol qilishi 
bilan izohlanadi. 


385 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə