Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 Chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirishni rivojlantirish va



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
17.3. Chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirishni rivojlantirish va 
samaradorligini oshirish yo„llari 
Hozirgi kunda mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish asosan 
uch yo‗nalishda amalga oshirilmoqda (17.3.1-rasm). 
Chorvachilikdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)
ni zootexnika 
taraqqiyoti deyish mumkin. U chorva mollari va parrandalarning yangi yuqori 
mahsuldor zotlarini yaratish, mavjud zotlarning nasldorlik sifatlarini yaxshilash, 
parvarishlash, boqish, o‗stirish kabilar tizimini yaxshilash, chorvachilik 
mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini oshirish kabilarda ko‗rinadi. 
Chorvachilikning hamma tarmoqlari samaradorligiga mehnatni texnik qayta 
jihozlash va hamma mahsulotlar ishlab chiqarishiga eng taraqqiy etgan 
texnologiyalarni joriy etish asosida sanoat asosiga o‗tkazilganda erishiladi. 
Bugungi kunda respublikada aholi bandligi va daromadini oshirish 
maqsadida kam ta‘minlangan oilalarga bepul qoramol tarqatib berish yo‗lga 
qo‗yildi. Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‗jaliklariga qoramol sotib olish uchun 
tijorat banklari tomonidan jami 5,5 mlrd so‗m miqdorida mikrokreditlar ajratildi.
Chorva mollarining kuchli ozuqalarga bo‗lgan talabini qondirish va 
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‗jaliklari chorva mollariga omuxta yem, 
paxta shroti va sheluxasini uzluksiz yetkazib berish maqsadida 1950 ta 
shaxobchalar tashkil etildi. 
Bugungi kunda Respublikada naslchilik xo‗jaligi maqomini olgan 
xo‗jaligi yurituvchi subyektlar soni jami 633 tani, shundan 344 tasi naslchilik 
xo‗jaliklari tashkil etadi. 
Rejaga asosan 37 ta zooveterinariya punktlari tashkil etish 
rejalashtirilgan bo‗lib, haqiqatda 43 ta zooveterinariya punktlari tashkil etildi va 
ularning soni 2486 taga yetkazildi. 
Pullik xizmat ko‗rsatish esa 2015 yilda 1774,8 mlnso‗mlik pullik 
xizmatlar ko‗rsatildi. 


389 
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‗jaliklarida mahsuldor naslli 
mollarni ko‗paytirish maqsadida joriy yilning o‗tgan davrida 2 mln. 106 ming 
bosh sigirlar sun‘iy urug‗lantirildi. 
Respublikamizda 2007 yilgacha bir doza ham naslli buqa urug‗i ishlab 
chiqarilmagan bo‗lsa, 2010 yilda 1 mln. 437 ming doza naslli buqa urug‗ini 
qadoqlash amalga oshirildi, 2015 yilda bor-yo‗g‗i 20 ming 100 doza chetdan 
olib kelindi. 
Sigirlarni sun‘iy urug‗lantirishning afzalligi va mohiyati to‗g‗risida 
joylarda veterinariya mutaxassislari tomonidan aholiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri va 
ommaviy axborot vositalar orqali tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 
Chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida oxirgi besh yil ichida 
ushbu maqsadlar uchun 213 mlrd. so‗mlik kreditlar yo‗naltirilib, bugungi 
kungacha chet davlatlardan 18 ming 191 bosh naslli qoramollar olib kelindi. 
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‗jaliklari chorva mollariga 
malakali veterinariya xizmatlarini ko‗rsatish maqsadida zooveterinariya 
punktlari soni 2 ming 486 taga yetkazildi. 
Keyingi 5 yilda zoovetpunktlar orqali pullik xizmat ko‗rsatish 6 
baravarga oshib, 2015 yilning o‗zida 11 mlrd. 300 mln so‗mni tashkil etdi. 
Shu davr ichida sigir va tanalarni sun‘iy urug‗lantirish 10 baravarga 
oshib, 1 mln boshni tashkil etdi. 
Chorvachilik 
sohasini 
inovatsion 
rivojlantirish 
samaradorlik 
ko‗rsatkichlaridan olingan samara turlarini tizimlashtirish va turlicha xarajatlar 
bilan solishtirish maqsadga muvofiqdir.
17.3.2-jadval 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə