Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

yem-xashak 
balansi 
tuziladi. Balansda yem-xashakning hamma turlari ko‗rsatiladi. Balansda 
yem-xashaklar jismoniy holidagina emas, balki ozuqa turlalarida va 
o‗zlashtiriladigan oqsil moddalari tarzida ham hisobga olinadi. Chorvachilikning 
ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda uning yem-xashakka talabini to‗g‗ri 
aniqlashga asosiy e‘tibor qaratilishi kerak. 
Chorvachilikning yem-xashakka talabi chorva mollarining o‗rtacha yillik 
soni va boqish me‘yorlariga ko‗ra aniqlanadi. Yirik chorva mollarini boqishni 
tashkil etishda ratsionga qo‗yiladigan zootexnika talablari to‗la hisobga olinishi 
kerak. Xo‗jalikda qo‗llaniladigan ratsion ham zootexnika talablari hamda 
iqtisodiy talablar, ya‘ni chorva mollarining yuqori mahsuldorligini ta‘minlash 
uchun turli-tuman va to‗yimli bo‗lishi bilan birga ratsion qiymati arzon 
bo‗lishini ta‘minlash kerak. 
O‗simlikchilik tarmoqlari bilan chorvachilikni to‗g‗ri bog‗lash, 
o‗simlikchilik tarmoqlari chorvachilikda yem-xashakka bo‗lgan talabni qay 
darajada qondirayotganini aniqlash, agar yem-xashak ishlab chiqarish bilan unga 
bo‗lgan talab o‗rtasida biror-bir farq sodir bo‗lsa, uni bartaraf etish tadbirlarini 
belgilash uchun yem-xashak balansi tuziladi. U ikki qismdan iborat bo‗lib, 
birinchi 
qismida 
talab 
etiladigan 
yem-xashaklar, 
ikkinchi 
qismida 
yetishtiriladigan yem-xashaklar va farq ko‗rsatiladi. Agar ayrim yem-xashak 
turlari bo‗yicha biror-bir farq sodir bo‗lsa, uni bartaraf etish choralari ko‗riladi. 
Bunga korxonaning ichki imkoniyatlarini ishga solishga asosiy e‘tibor 
qaratilishi kerak. Buning uchun birinchi navbatda boqish ratsioniga rioya qilgan 
holda o‗zaro o‗rnini qoplaydigan ekinlarning hosildorligiga ko‗ra ekin 
maydonlarini qayta ko‗rib chiqish, kam hosilli ekinlarni yuqori hosilligi bilan 
almashtirish yoki ekinlarning hosildorligini oshirish tadbirlarini ko‗rish talab 
etiladi.
Chorvachilikda yem-xashaklarning iqtisodiy samaradorlik ko‗rsatkichlari 
aniqlanadi: 

ozuqa ekinlarining hosildorligi, s/ga yoki ozuqa birligi/ga; 


394 

1 gektar ozuqa ekin maydonlaridan olingan: 
yalpi mahsulot, so„m; ozuqa 
birligi. 

1 so‗m ozuqa ekinlariga qilingan xarajat evaziga olingan: yalpi mahsulot, 
so‗m; ozuqa birligi.
 

ozuqa ekinlarining tannarxi, so‗m; 

1 kishi/kuni yoki 1 kishi/soatga olingan: 
ozuqa birligi. 

chorva mollari uchun jami sarflangan yem-xashak, ozuqa birligida; 

jami ozuqa ekinlari maydoni, ga.
 
Chorvachilikda yem-xashak bazasi yetakchi o‗rinni egallaydi. Shu sababli 
Gollandiyada yem-xashak tayyorlashga alohida e‘tibor beriladi. Ayniqsa, senaj, 
silos va boshqa ozuqalarni maxsus yangi texnologiyalar orqali tayyorlanadi. 
Senaj va silos tayyorlash uchun maxsus yerto‗la, ya‘ni uzunligi 40-50 metr, eni 
9-10 metr va balandligi 1,5-2 metr bo‗lgan chuqurlik tayyorlanib, ust qismidan 
tashqari hamma tomonlari beton qilinadi. Har bir shunday yerto‗lada 400 m3 
yoki 80 tonna senaj va silos tayyorlanadi. Barcha yem-xashaklar maydalanib, 
yerto‗laga solinadi va 33 xildagi ozuqa komponentlari qo‗shib aralashtiriladi, 
traktorlar yordamida bosiladi va havo kirmaydigan darajada plyonka bilan 
yopiladi. Silos va senaj 2-3 oydan keyin tayyor yem-xashak holatiga keladi. 
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, yem-xashaklarning iqtisodiy 
samaradorligiga bir qancha omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Bular jumlasiga tabiiy-
biologik, texnik, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillardir. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə