Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Asosiy tushunchalar 
Chorvachilik
– qishloq xo‗jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‗lib, u 
muhim ozuqa mahsulotlarini – sut, go‗sht, tuxum, asal, baliq kabi 
chorvachilikdan olinadigan oqsil moddasi manbasi, sanoat ishlab chiqarishi, 
qayta ishlovchi sanoat uchun xom-ashyo (sut, pishloq, qatiq, go‗sht, kolbasa, 
teri, jun, pilla va boshqalar) bo‗lib xizmat qiladi. 
Chorvachilikdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)
– bu chorva mollari va 
parrandalarning yangi yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, mavjud zotlarning 
nasldorlik sifatlarini yaxshilash, parvarishlash, boqish, o‗stirish kabilar tizimini 
yaxshilash, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini oshirish 
kabilarda ko‗rinadi. Chorvachilikning hamma tarmoqlari samaradorligiga 
mehnatni texnik qayta jihozlash va hamma mahsulotlar ishlab chiqarishiga eng 
taraqqiy etgan texnologiyalarni joriy etish asosida sanoat asosiga o‗tkazilganda 
erishiladi. 
Veterinariya xizmati 
– mamlakat, hududiy zonalar va iqtisodiyotning 
ayrim tarmoqlarida, korxonalar, transport, davlat chegarasi, qurolli kuchlarda 
jami veterinariya tadbirlarini amalga oshiradigan veterinariya tashkilotlari va 
muassasalari majmui. Veterinariya xizmati mamlakatda hayvonlar (jumladan, 


395 
chorva mollari, parranda, baliqlar, asalarilar) kasalliklarining oldini olish va 
ularni yo‗qotish bilan shug‗ullanadi. 
Chorvachilik sohasini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari: 
1-
yo„nalish- 
xo‗jaligilarga qoramol sotib olish uchun mikrokreditlar ajratish, turli 
tashkilotlar qoshida chorvachilik yordamchi xo‗jaligilarini tashkil etish
2-
yo„nalish - 
chetdan naslli mollarni keltirish, chorva mahsuldorligini oshirish, 
zooveterinariya punktlari sonini ko‗paytirish; 
3-yo„nalish
mavjud ozuqa ekinlari 
maydonlaridan unumli foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish, chorva ozuqa 
mahsulotlarini maxsus shoxobchalar orqali aholi va fermer xo‗jaliklariga 
yetkazib berish. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə