Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Asalarichilik – 
qishloq xo‗jaligining tarmoqlaridan biri bo‗lib, asalarilarni 
asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari) 
olish, shuningdek, qishloq xo‗jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni 
changlatish maqsadlarida boqish. 
Baliqchilik 
– xalq xo‗jaligining suv havzalarida baliq zahirasini 
ko‗paytirish va sifatini yaxshilash bilan shug‗ullanuvchi sohasi. O‗zbekiston 
daryo va ko‗llarida baliqning 65 ga yaqin turi yashaydi. 
Parrandachilik –
xo‗jaliklarda parhez taomlar, parranda mahsulotlari olish 
uchun tovuq,kurka, g‗oz, o‗rdak, bedana va boshqa turdagi parrandalarni 
ko‗paytirish va boqish. 
Yem-xashak 
– qishloq xo‗jaligi hayvonlarini boqishda ishlatiladigan, 
tarkibida o‗zlashtiriladigan (hazm bo‗ladigan) ozuqa moddalari bo‗lgan, asosan, 
o‗simlik, hayvonot, mikrobiologik va kimyoviy mahsulotlardan iborat ozuqalar. 
Yem-xashak asosan, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yoki uni qayta ishlashdan 
hosil qilinadi. 
Yem-xashak ekinlari 
–chorva mollari va parrandalarga yem-xashak 
(ko‗kat, pichan, yem, silos) tayyorlash maqsadida ekiladigan o‗simliklar. Yem-
xashak ekinlariga bir yillik va ko‗p yillik o‗tlar, xashaki ildizmevali, xashaki 
poliz ekinlari, silos bostirish va yem uchun ekiladigan donli ekinlar kiradi. 
Yem-xashak balansi 
–xo‗jalikdagi mavjud yem-xashak miqdorini unga 
bo‗lgan ehtiyoj bilan qiyoslash. Odatda, u chorva mollarining belgilangan 
davrda yem-xashak bilan qanchalik ta‘minlanganligini aniqlash, agar kam 
bo‗lsa, uni tayyorlash tadbirlarini ko‗rish maqsadida kelgusi yil uchun
shuningdek, istiqbol rejaga asosan bir necha yilga mo‗ljallab tuziladi. 
Yem-xashak ratsioni – 
ozuqa moddalari bilan chorva mollarining talab va 
ehtiyojini qondiruvchi, xo‗jalikdagi mavjud turli yem-xashakdan tuzilgan 
sutkalik ozuqa rejasidir. 


396 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə