53
III-БОБ. RESPUBLIKA AGROSANOAT MAJMUASI VA UNI
INQIROZ SHAROITIDA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
O„quv maqsadi:
O‗zbekiston Respublikasining
agrosanoat majmuasini
barpo etishning zarurligini, mumkinligini, uning huquqiy, tashkiliy
va iqtisodiy
asoslarini, respublika agrosanoat majmuasining maqsadi, vazifalari hamda
tarkibi va bo‗g‗inlarini, uning
ilmiy va amaliy asoslarini, agrosanoat
majmuasiga oid chet el tajribalari, mamlakat oziq-ovqat va iste‘mol
majmuasi
hamda davlat oziq-ovqat xavfsizligi va istiqbolda bozor talablarini e‘tiborga
olgan holda rivojlantirish masalalarinio‗rganishdan iborat.
Tayanch iboralar:
Agrosanoat majmuasi, agrosanoat tarkibi va
bo„g„inlari, ishlab chiqarish vositalari, ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar, xizmat ko„rsatuvchi soha,
mahsulotlarni
qayta
ishlash,
mahsulot
iste‟molchilari, oziq-ovqat xavfsizligi, iste‟mol
majmuasi.
3.1. Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, vazifalari hamda tarkibi
Agrosanoat majmuasining shakllanishi ishlab
chiqarish kuchlarining
rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida rivojlanishning chuqurlashuvi, qishloq
xo‗jaligi va sanoat aloqalarining kuchayishi bilan bog‗liq. Ushbu atama bizning
mamlakatimizda XX asrning 60-yillarida paydo bo‗ldi.
Agrosanoat majmui (ASM) -
qishloq xo‗jalik
mahsulotlarini ishlab
chiqarish, qayta ishlash, taqsimot, ayirboshlash va iste‘moli bo‗yicha iqtisodiyot
tarmoqlari o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuidir. ASM tarkibiga qishloq
xo‗jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash saqlash,
sotish ASM
uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish
tarmoqlari kiradi (3.1.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: