Korxonaning joylashish o„rni
- qishloq xo‗jaligini joylashtirishning muhim
omillaridan biri bo‗lib, tarmoqlar mahsulotlari saqlanish va transportirovka
qilinish xususiyatlari bilan farqlanishi sababli bu omilni yetkazib berish,
transport yo‗llari, saqlash joylari, qayta ishlash korxonalarining joylashuvi kabi
omillar bilan bir vaqtda ko‗rib chiqish lozim.
Qishloq xo„jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy ahamiyati:
1.
Moddiy va moliyaviy resurslarni raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishga jamlash (konsentratsiyalash) imkonini beradi.
2.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, tarmoq rivojlanishining sanoat yo‗liga o‗tishi
uchun zarur sharoit yaratadi.
3.
Mehnatni tashkil etish shaklini mukammallashtirishga imkon beradi.
4.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi oshishiga yordam beradi.
Qishloq xo„jaligida ixtisoslashuv shakllari:
Zonalar bo„yicha ixtisoslashuv
- bu mehnatning geografik bo‗linishi. U
qishloq xo‗jaligining hududiy joylashuvini aks ettiradi.
Xo„jaliklararo ixtisoslashuv
- bu o‗zida qishloq xo‗jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilar orasida mehnatining ijtimoiy taqsimlanishini aks ettiradi.
Xo„jalik ichidagi ixtisoslashuv
- bu mehnatning xo‗jalik ichidagi bo‗limlar
(bo‗linmalar, sexlar, fermalar) orasida bo‗linishi.
Tarmoq ichida ixtisoslashuv
- turli korxonalarga jamlangan bir bosqichdagi
yakuniy mahsulot keyingi bosqichdagi ishlab chiqarish uchun dastlabki
bo‗ladigan texnologik sikllarni alohida bosqichlarga bo‗lib tashlashga
asoslanadigan ixtisoslashuv.
Iqtisodiy ahamiyatiga ko„ra qishloq xo„jaligi tarmoqlari:
Asosiy tарmоqlar
deyilganda, xo‗jalik iqtisodiyotida muhim rol o‗ynaydigan va
tovar mahsulotda eng ko‗p taqqoslama og‗irlikka ega bo‗lgan tarmoqlar
tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |