Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Korxonaning joylashish o„rni



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Korxonaning joylashish o„rni 
- qishloq xo‗jaligini joylashtirishning muhim 
omillaridan biri bo‗lib, tarmoqlar mahsulotlari saqlanish va transportirovka 
qilinish xususiyatlari bilan farqlanishi sababli bu omilni yetkazib berish
transport yo‗llari, saqlash joylari, qayta ishlash korxonalarining joylashuvi kabi 
omillar bilan bir vaqtda ko‗rib chiqish lozim. 
Qishloq xo„jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy ahamiyati:
1.
Moddiy va moliyaviy resurslarni raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarishga jamlash (konsentratsiyalash) imkonini beradi. 
2.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, tarmoq rivojlanishining sanoat yo‗liga o‗tishi 
uchun zarur sharoit yaratadi. 
3.
Mehnatni tashkil etish shaklini mukammallashtirishga imkon beradi. 
4.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi oshishiga yordam beradi. 
Qishloq xo„jaligida ixtisoslashuv shakllari:

Zonalar bo„yicha ixtisoslashuv 
- bu mehnatning geografik bo‗linishi. U 
qishloq xo‗jaligining hududiy joylashuvini aks ettiradi. 

Xo„jaliklararo ixtisoslashuv 
- bu o‗zida qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilar orasida mehnatining ijtimoiy taqsimlanishini aks ettiradi. 

Xo„jalik ichidagi ixtisoslashuv 
- bu mehnatning xo‗jalik ichidagi bo‗limlar 
(bo‗linmalar, sexlar, fermalar) orasida bo‗linishi. 

Tarmoq ichida ixtisoslashuv 
- turli korxonalarga jamlangan bir bosqichdagi 
yakuniy mahsulot keyingi bosqichdagi ishlab chiqarish uchun dastlabki 
bo‗ladigan texnologik sikllarni alohida bosqichlarga bo‗lib tashlashga 
asoslanadigan ixtisoslashuv. 
Iqtisodiy ahamiyatiga ko„ra qishloq xo„jaligi tarmoqlari: 
Asosiy tарmоqlar 
deyilganda, xo‗jalik iqtisodiyotida muhim rol o‗ynaydigan va 
tovar mahsulotda eng ko‗p taqqoslama og‗irlikka ega bo‗lgan tarmoqlar 
tushuniladi. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə