Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Qo„shimcha tarmoqlar- 
asosiy tovar mahsulotiga o‗xshaydi, lekin ular xo‗jalik 
iqtisodiyotida kamroq ahamiyatga ega, u asosiy tarmoqlarning rivojlanishiga 
yordam beradi. 
Yordamchi tarmoqlar 
notovar, asosiy va qo‗shimcha tarmoqlar rivojlanishiga 
yordam beradi, masalan, ozuqa ishlab chiqarish. 


51 
Korxona ixtisoslashuvining asosiy ko„rsatkichlari - 
uning darajasi va 
ixtisoslashuv koeffitsiyenti hisoblanadi. 
Ixtisoslashtirish darajasiga ko„ra, xo„jaliklar quyidagi guruhlarga 
bo„linadi: 
tor ixtisosli xo‗jalik, ixtisoslashgan xo‗jalik, ko‗p ixtisosli (tarmoqli) 
xo‗jalik. 
Mahsulotlarni diversifikatsiyalash 
- bir xildagi mahsulotni turma-tur 
sonini ko‗paytirish.
Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini konsentratsiyalash 
- o‗zida ishlab 
chiqarish vositalari va ishlab chiqarish kuchlarining yirik korxonalarga 
to‗planishini bildiradi. 
Qishloq xo„jaligi kooperatsiyasi 
- bu qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari tomonidan o‗zlarining iqtisodiy va boshqa talablarini qondirish 
maqsadlarida tashkil etilgan qishloq xo‗jaligi kooperativlari va ularning 
hamkorlari tizimi. 
Qishloq xo„jaligi kooperativi 
- bu xo‗jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy 
shakllaridan biri bo‗lib, u o‗zida qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari 
tomonidan kooperatsiya a‘zolarining moddiy va boshqa talablarini qondirish 
maqsadida pay badallarini birlashtirishga asoslangan hamkorlikdagi ishlab 
chiqarish va boshqacha xo‗jalik faoliyat yuritish tashkilotlarini bildiradi.
Kooperativ faoliyatida ishtirok etgan a‟zolarning daromadlari: 
kooperativ to‗lovlar, dividendlar va ish haqi.
Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish kooperativi 
- fermerlar tomonidan 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‗yicha 
hamkorlikdagi faoliyat uchun tuzilgan tijorat tashkilotidir. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə