|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўртаQishloq xo„jaligi ishlab chiqarish kooperativi18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish kooperativi
- fermerlar tomonidan
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‗yicha
hamkorlikdagi faoliyat uchun tuzilgan tijorat tashkilotidir. Shuningdek, u
kooperativ a‘zolarining shaxsiy mehnat ishtirokiga asoslangan, qonun bilan man
etilmagan faoliyatlarni bajarish uchun ham tuziladi.
Ishlab chiqarish kooperativining boshqa o‗ziga xos xususiyati-
kooperativning asosiy a‘zolarini uning faoliyatida shaxsan mehnati bilan
ishtirokidir.
Ishlab chiqarish kooperativi -
tijorat tashkiloti bo‗lib, faoliyatining asosiy
maqsadi daromad topishdir.
Ishlab chiqarish kooperatorlariga qishloq xo‗jalik korxonalari kiradi.
Kooperativ xo‗jalik dehqon va fermer xo‗jaliklari boshliqlari yoki shaxsiy
yordamchi xo‗jalik yurituvchi fuqarolar tomonidan yerga ishlov berish,
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoki qishloq xo‗jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarish bilan bog‗liq boshqa faoliyatlarni bajarish uchun tashkil etiladi.
Sanoat va qishloq xo‗jaligi orasidagi aloqa integratsiyalash yo‗li bilan
amalga
oshiriladi.
Integratsiya
ikki
turga:
gorizontal
va
vertikal
integratsiyalanishlarga bo‗linadi.
Gorizontal integratsiya
– o‗zida bitta tarmoq ichidagi korxonalarning
o‗zaro aloqasini aks ettiradi. Umumiy ishlab chiqarish masalalarini hal qilish
uchun korxonani kooperativlashtirish asosida u rivojlanishga erishadi. Qishloq
xo‗jaligiga qo‗llaniladigani - bu qishloq xo‗jaligi korxonalarining harakatlarini
kooperatsiya shaklida, mahsulotlarini almashtirish yoki ishlab chiqarishni
optimal konsentratsiyalash va ixtisoslashtirish asosida yuqoriroq mehnat
unumdorligiga erishish uchun ishlab chiqarishni hamkorlikda tashkil etishdir.
Gorizontal integratsiya bir qancha qishloq xo‗jaligi tashkilotlaridagina
rivojlanadi. Masalan, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarining bir qismini
birlashtirish yo‗li bilan ixtiyoriylik asosida tuzilgan xo‗jaliklararo korxonalar va
tashkilotlardir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|