|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўртаKooperativning uyushma shaklidagi a‟zosi18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018Kooperativning uyushma shaklidagi a‟zosi
-
dividend olish uchun pay badallari kiritadigan, lekin qonunda ko‗zda tutilgan
holatlardan tashqari ovoz berish huquqiga ega bo‗lmagan jismoniy va yuridik
shaxs.
Kooperativning asosiy a‘zolari yoshi bo‗yicha yoki salomatligi tufayli
pensiyaga chiqishi, kooperativdan tashqarida saylanadigan lavozimga o‗tganda
harbiy xizmatda bo‗lishi va boshqa kooperativ nizomida ko‗zda tutilgan
holatlarga ko‗ra, o‗z a‘zoliklarini uyushma asosiga qayta rasmiylashtirishi
mumkin.
Pay badallarining uchta turi mavjud: kooperativning asosiy a‘zolari uchun
majburiy va qo‗shimcha hamda kooperatsiyaning uyushma a‘zolari uchun pay
badallari. Majburiy pay badali kooperativ a‘zolar tomonidan majburiy to‗lanadi.
Uyushma a‘zolarining pay badali o‗lchami uyushma a‘zo bilan tuzilgan
shartnomaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga mos ravishda
aniqlanadi.
Kooperativ faoliyatida ishtirok etgani uchun, uning a‘zolari daromadlarning
turli xilini oladilar: kooperativ to‗lovlar, dividendlar va ish haqi.
Kooperativ to„lovlar
- kooperativning asosiy a‘zolari orasida ularning
kooperativdagi shaxsiy mehnat qatnashuvi va uning faoliyatida ishtirokiga ko‗ra
taqsimlanadigan daromadning bir qismi.
Dividendlar
- asosiy a‘zolarning qo‗shimcha paylari va kooperativning
uyushma a‘zolari paylari bo‗yicha to‗lanadigan kooperativ daromadining bir
qismi.
Faoliyatlarini amalga oshirish uchun kooperativ ishchilar kooperativning
a‘zosi bo‗lmagan va ma‘lum mutaxassislik, kasb yoki lavozimga mehnat
shartnomasi (kontrakt) bo‗yicha shaxslarni yollash huquqiga ega. Iste‘molchilar
kooperativlari o‗z a‘zolari orasidan ham ishchilar yollashi mumkin.
Qishloq xo‗jaligi kooperativlari ishlab chiqarish va iste‘molchilik shaklida
tuzilishi mumkin.
|
|
|