43
Ammo ayrim tarmoqlarda (
sabzavotchilik, bog‗dorchilik, kartoshka
yetishtirish va boshqalar) mehnat sig‗imi yuqori (sermehnat) va
mexanizatsiyalashtirish
darajasining
pastligi
ishlab
chiqarishni
konsentratsiyalashtirishni
sekinlashtiradi,
shu
jumladan,
korxonani
yiriklashtirishni ham.
Tabiiy-iqlim sharoiti mamlakatning
iqtisodiy tumanlardagina emas,
shuningdek, aniq tuman chegarasida ham ko‗rinadi. Shuning uchun turli
iqtisodiy tumanlarga joylashgan bitta ishlab chiqarish yo‗nalishidagi xo‗jaligi
o‗lchami bo‗yicha keskin farqlanadi.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarining va bo‗linmalarining o‗lchamlari oqilona
bo‗lishini asoslashda omillarning hamma kompleksi hisobga olinishi kerak.
2.4. Qishloq xo„jaligida ixtisoslashuv va konsentratsiyalashning
iqtisodiy samaradorligi
Qishloq
xo‗jaligi
ishlab
chiqarishini
ixtisoslashtirish
va
konsentratsiyalashning iqtisodiy samaradorligi tizim ko‗rsatkichlari orqali
aniqlanadi:
qishloq xo‗jaligi ekinlarining hosildorligi, s/ga;
chorva hayvonlarining mahsuldorligi, kg, gramm, h.q;
bir gektar qishloq xo‗jaligi ekin maydoniga to‗g‗ri keladigan yalpi
mahsuloti va tovar qiymati, so‗m;
asosiy ishlab chiqarish fondlarining 1 so‗miga to‗g‗ri keladigan yalpi va
tovar mahsuloti qiymati, so‗m;
bir-birlik mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi (odam-
soat, odam-kun);
mahsulotlarning turlari bo‗yicha tannarxi, so‗m;
mahsulotlar sotishdan olinadigan daromadlar, so‗m;
bir gektar qishloq xo‗jaligi ekin maydonlariga to‗g‗ri keladigan daromad
miqdori, so‗m;
mahsulotlarning rentabellik darajasi, foizda va h.k.
Ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi
samaradorligiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ko‗pgina olimlar tomonidan o‗tkazilgan
tadqiqotlar ishlab chiqarishda ixtisoslashuv va konsentratsiyalashni
optimal
darajagacha chuqurlashtirish iqtisodiy samaradorlikning oshishiga yordam
beradi.
Ixtisoslashtirilgan va yirik korxonalarda qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishining yuqoriroq iqtisodiy samaradorligiga jadal va resurslarni tejovchi
va innovatsion texnologiyalarni qo‗llash ishlab chiqarishni kompleks
mexanizatsiyalash, mehnatga haq to‗lashni tashkil qilish va to‗lashning ilg‗or
shakllarini qo‗llash hamda mavjud ishlab chiqarish resurslaridan (yer, suv,
texnika, ishchi kuchi va boshqalar) oqilona foydalanish hisobiga erishiladi.
44
Qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash
hozirgi davrda keng rivojlandi. Ko‗p turdagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini
yetishtirish bo‗yicha ixtisoslashgan yirik fermer xo‗jaliklari yaratildi: paxta,
g‗alla, sut, go‗sht va yirik shoxli qoramollarni bo‗rdoqiga boqish,
parrandachilik, baliqchilik, limonchilik, sabzavotchilik, bog‗dorchilik va
boshqalar. Amalda yirik chorvachilik komplekslari deyarli ishlatilmayapti,
ularning o‗rnida fermer xo‗jaliklari barpo etildi.
Yuzaga kelgan sharoitda ko‗plab ixtisoslashtirilgan fermer xo‗jaliklar
(paxtachilik, g‗allachilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalar) ishlab
chiqarish yo‗nalishlarini o‗zgartiradi. Natijada qishloq xo‗jaligi yalpi
mahsulotlarining paxta-100%, g‗alla-90%, sabzavot-40% fermer xo‗jaliklari
hissasiga to‗g‗ri kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bozor iqtisodiyoti
sharoitida faqat yirik fermer xo‗jaliklari samarali faoliyat ko‗rsatadi. Ular
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.
Masalan, AQShda yirik fermalar (yillik mahsulot realizatsiya qilish hajmi 250
ming dollardan yuqori) barcha fermer xo‗jaliklari sonining 5,3% ni tashkil
etib, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari hajmining 50% ga yaqinini ta‘minlaydi.
Ularning ishlov beriladigan yerdagi va kapital qiymatidagi
ulushi mos ravishda
24,7 va 22,1 % ga teng. Hamma fermer xo‗jaligining 80,4 % ni tashkil etuvchi
mayda fermalarga 100 ming dollargacha realizatsiya qilingan qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarining 25% dan kamrog‗i to‗g‗ri keladi. Ular ishlov beriladigan
hamma yerning 47,7% ni band qiladilar va kapitalning umumiy qiymatidan 54,1
% ga egalar. Bu mahsulotlar AQSH qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishni
konsentratsiyalash yuqori darajadaligidan dalolat beradi.
AQSH fermalarida qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy
samaradorligi ularning o‗lchami kengayib, yirik fermer xo‗jaliklarining
maksimumiga yetishi bilan ortib bormoqda. Ularda 1 ga yer maydoni va 100
doll. kapitalga mos holda realizatsiya qilingan mahsulotning 649 va 48 doll.
to‗g‗ri keladi va bu mayda fermalardagiga nisbatan 5 va 8 marta ko‗p.
Mamlakatimizdagi va xorijdagi yirik
hamda ixtisoslashgan fermer
xo‗jaliklarining ish tajribalari shuni ko‗rsatmoqdaki, ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirmay va konsentratsiyalashtirmay turib, qishloq xo‗jaligida
inqirozning oldini olish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkin
emas. Yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlarda agrasanoat integratsiyasi asosida
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash
muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yagona
texnologiya asosida ishlab
chiqarish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan yirik agrosanoat
korxonalarida integratsiyalanmaganlarga nisbatan iqtisodiy samaradorlik yuqori.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yetishtirilgan hamma mahsulotlari,
shu jumladan, nostandart, tez buziladigan va transportirovkasi kamlaridan ham
oqilona foydalanish imkonini beruvchi qayta
ishlovchi sex va saqlash
45
omborlarining mavjudligi sezilarli ta‘sir qiladi. Bundan tashqari, agrosanoat
korxonalarida yil davomida ish kuchidan ancha oqilona foydalaniladi.
Shunday qilib, agrosanoat integratsiyasi asosida ishlab chiqarishni
kelgusida ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash mahsulot ishlab chiqarishni
sezilarli oshirish,
tannarxni pasaytirish, uning sifatini yaxshilash, mehnat
unumdorligini yuksaltirishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: