Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
2.3.1-jadval 
 
O„zbekiston Respublikasida paxtachilikka va g„allachilikka ixtisoslashgan 
fermer xo„jaliklarining optimal yer maydonlari o„lchami
11
 
 
№ 
Respublika va 
viloyatlar 
 
 
2015 yil 1 oktabr 
holatida 
2015 yil 1 dekabr 
optimallashtirish 
natijasida 
Farq 
jami
 fe
rm
er
 xo„ja
li
gi

son

o
„r
ta
ch


fe
rm
er
 
xo„jal
igi
ga 
to
„g„r

k
e
lad
ig
an
 y
e

mayd
on
i,
 
ga
 
jami
 fe
rm
er
 xo„ja
li
gi

son

o
„r
ta
ch


fe
rm
er
 
xo„jal
igi
ga 
to
„g„r

k
e
lad
ig
an
 y
e

mayd
on
i,
 
ga
 
fermer 
xo„jaligi, soni 
o„rtacha 1 
fermer 
xo„jaligiga 
to„g„ri keladigan 
yer maydoni 
soni
(+,-) 

ga (+,-) 


Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi 
2710 
100,8 
3732 
69,3 
1022 
37,7 
-31,5 
-31,2 
Viloyatlar: 

Andijon 
3119 
56,4 
3868 
45,7 
749 
24,0 
-10,8 
-19,1 

Buxoro 
3190 
57,7 
3707 
50,8 
517 
16,2 
-6,9 
-11,9 

Jizzax 
5330 
72,0 
7216 
55,8 
1886 
35,4 
-16,1 
-22,4 

Qashqadaryo 
7431 
65,0 
8656 
56,9 
1225 
16,5 
-8,2 
-12,5 

Navoiy 
1129 
70,3 
1393 
57,3 
264 
23,4 
-13,0 
-18,5 

Namangan 
2648 
62,9 
3451 
49,1 
803 
30,3 
-13,8 
-21,9 

Samarqand 
7355 
47,8 
8556 
41,3 
1201 
16,3 
-6,5 
-13,6 

Surxondaryo 
2784 
75,7 
3297 
65,3 
513 
18,4 
-10,4 
-13,8 
10 Sirdaryo 
3438 
63,2 
4255 
56,1 
817 
23,8 
-7,2 
-11,3 
11 Toshkent 
3435 
75,2 
4788 
47,2 
1353 
39,4 
-28,0 
-37,2 
12 Farg‗ona 
3040 
72,4 
4180 
52,7 
1140 
37,5 
-19,8 
-27,3 
13 Xorazm 
2655 
63,3 
3596 
49,9 
941 
35,4 
-13,4 
-21,1 
14 
Jami 
48264 
65,1 
60695 
52,7 
12431 
25,8 
-12,4 
-19,0 
 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15dekabrdagi 362-sonli 
qarori asosida fermer xo‗jaliklari ixtiyoridagi yer uchastkalari maydonlarini 
optimallashtirish natijasida ularning yer maydonlari optimallashtirildi (2.3.1-
jadval). 
Korxonalar va ularning bo‗linmalari o‗lchamlari uchun ixtisoslashuv hal 
qiluvchi rol o‗ynaydi. Ixtisoslashuvning chuqurlashishi xo‗jalik o‗lchamining 
kengayishiga yordam beradi. Bunda tarmoqdagi mehnat sig‗imi va 
mexanizatsiyalashuv darajasi ham muhim o‗rin tutadi.
11
Manba: O‗zbekiston Respublikasi Statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari asosida ishlab chiqilgan. 


43 
Ammo ayrim tarmoqlarda (sabzavotchilik, bog‗dorchilik, kartoshka 
yetishtirish va boshqalar) mehnat sig‗imi yuqori (sermehnat) va 
mexanizatsiyalashtirish 
darajasining 
pastligi 
ishlab 
chiqarishni 
konsentratsiyalashtirishni 
sekinlashtiradi, 
shu 
jumladan, 
korxonani 
yiriklashtirishni ham.
Tabiiy-iqlim sharoiti mamlakatning iqtisodiy tumanlardagina emas
shuningdek, aniq tuman chegarasida ham ko‗rinadi. Shuning uchun turli 
iqtisodiy tumanlarga joylashgan bitta ishlab chiqarish yo‗nalishidagi xo‗jaligi 
o‗lchami bo‗yicha keskin farqlanadi.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarining va bo‗linmalarining o‗lchamlari oqilona 
bo‗lishini asoslashda omillarning hamma kompleksi hisobga olinishi kerak. 
 
2.4. Qishloq xo„jaligida ixtisoslashuv va konsentratsiyalashning 
iqtisodiy samaradorligi 
Qishloq 
xo‗jaligi 
ishlab 
chiqarishini 
ixtisoslashtirish 
va 
konsentratsiyalashning iqtisodiy samaradorligi tizim ko‗rsatkichlari orqali 
aniqlanadi:

qishloq xo‗jaligi ekinlarining hosildorligi, s/ga;

chorva hayvonlarining mahsuldorligi, kg, gramm, h.q;

bir gektar qishloq xo‗jaligi ekin maydoniga to‗g‗ri keladigan yalpi 
mahsuloti va tovar qiymati, so‗m;

asosiy ishlab chiqarish fondlarining 1 so‗miga to‗g‗ri keladigan yalpi va 
tovar mahsuloti qiymati, so‗m;

bir-birlik mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi (odam-
soat, odam-kun);

mahsulotlarning turlari bo‗yicha tannarxi, so‗m;

mahsulotlar sotishdan olinadigan daromadlar, so‗m;

bir gektar qishloq xo‗jaligi ekin maydonlariga to‗g‗ri keladigan daromad 
miqdori, so‗m;

mahsulotlarning rentabellik darajasi, foizda va h.k. 
Ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi 
samaradorligiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ko‗pgina olimlar tomonidan o‗tkazilgan 
tadqiqotlar ishlab chiqarishda ixtisoslashuv va konsentratsiyalashni optimal 
darajagacha chuqurlashtirish iqtisodiy samaradorlikning oshishiga yordam 
beradi.
Ixtisoslashtirilgan va yirik korxonalarda qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishining yuqoriroq iqtisodiy samaradorligiga jadal va resurslarni tejovchi 
va innovatsion texnologiyalarni qo‗llash ishlab chiqarishni kompleks 
mexanizatsiyalash, mehnatga haq to‗lashni tashkil qilish va to‗lashning ilg‗or 
shakllarini qo‗llash hamda mavjud ishlab chiqarish resurslaridan (yer, suv, 
texnika, ishchi kuchi va boshqalar) oqilona foydalanish hisobiga erishiladi.


44 
Qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash 
hozirgi davrda keng rivojlandi. Ko‗p turdagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini 
yetishtirish bo‗yicha ixtisoslashgan yirik fermer xo‗jaliklari yaratildi: paxta, 
g‗alla, sut, go‗sht va yirik shoxli qoramollarni bo‗rdoqiga boqish, 
parrandachilik, baliqchilik, limonchilik, sabzavotchilik, bog‗dorchilik va 
boshqalar. Amalda yirik chorvachilik komplekslari deyarli ishlatilmayapti, 
ularning o‗rnida fermer xo‗jaliklari barpo etildi. 
Yuzaga kelgan sharoitda ko‗plab ixtisoslashtirilgan fermer xo‗jaliklar 
(paxtachilik, g‗allachilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalar) ishlab 
chiqarish yo‗nalishlarini o‗zgartiradi. Natijada qishloq xo‗jaligi yalpi 
mahsulotlarining paxta-100%, g‗alla-90%, sabzavot-40% fermer xo‗jaliklari 
hissasiga to‗g‗ri kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida faqat yirik fermer xo‗jaliklari samarali faoliyat ko‗rsatadi. Ular 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi. 
Masalan, AQShda yirik fermalar (yillik mahsulot realizatsiya qilish hajmi 250 
ming dollardan yuqori) barcha fermer xo‗jaliklari sonining 5,3% ni tashkil 
etib, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari hajmining 50% ga yaqinini ta‘minlaydi. 
Ularning ishlov beriladigan yerdagi va kapital qiymatidagi ulushi mos ravishda 
24,7 va 22,1 % ga teng. Hamma fermer xo‗jaligining 80,4 % ni tashkil etuvchi 
mayda fermalarga 100 ming dollargacha realizatsiya qilingan qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarining 25% dan kamrog‗i to‗g‗ri keladi. Ular ishlov beriladigan 
hamma yerning 47,7% ni band qiladilar va kapitalning umumiy qiymatidan 54,1 
% ga egalar. Bu mahsulotlar AQSH qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishni 
konsentratsiyalash yuqori darajadaligidan dalolat beradi.
AQSH fermalarida qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy 
samaradorligi ularning o‗lchami kengayib, yirik fermer xo‗jaliklarining 
maksimumiga yetishi bilan ortib bormoqda. Ularda 1 ga yer maydoni va 100 
doll. kapitalga mos holda realizatsiya qilingan mahsulotning 649 va 48 doll. 
to‗g‗ri keladi va bu mayda fermalardagiga nisbatan 5 va 8 marta ko‗p.
Mamlakatimizdagi va xorijdagi yirik hamda ixtisoslashgan fermer 
xo‗jaliklarining ish tajribalari shuni ko‗rsatmoqdaki, ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirmay va konsentratsiyalashtirmay turib, qishloq xo‗jaligida 
inqirozning oldini olish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkin 
emas. Yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlarda agrasanoat integratsiyasi asosida 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash 
muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yagona texnologiya asosida ishlab 
chiqarish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan yirik agrosanoat 
korxonalarida integratsiyalanmaganlarga nisbatan iqtisodiy samaradorlik yuqori. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yetishtirilgan hamma mahsulotlari, 
shu jumladan, nostandart, tez buziladigan va transportirovkasi kamlaridan ham 
oqilona foydalanish imkonini beruvchi qayta ishlovchi sex va saqlash 


45 
omborlarining mavjudligi sezilarli ta‘sir qiladi. Bundan tashqari, agrosanoat 
korxonalarida yil davomida ish kuchidan ancha oqilona foydalaniladi. 
Shunday qilib, agrosanoat integratsiyasi asosida ishlab chiqarishni 
kelgusida ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash mahsulot ishlab chiqarishni 
sezilarli oshirish, tannarxni pasaytirish, uning sifatini yaxshilash, mehnat 
unumdorligini yuksaltirishga olib keladi. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə