Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 Qishloq xo„jaligini kooperatsiyalashtirish va agrosanoat



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
2.5. Qishloq xo„jaligini kooperatsiyalashtirish va agrosanoat 
majmuasini integratsiyalashtirish 
 
Kooperatsiya o‗zida hamkorlikni ifodalaydi va ko‗plab tashkiliy ishlar 
orqali amalga oshiriladi.
Qishloq xo„jaligi kooperatsiyasi 
– bu qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari tomonidan o‗zlarining iqtisodiy va boshqa talablarini qondirish 
maqsadlarida tashkil etilgan qishloq xo‗jaligi kooperativlari va ularning 
hamkorlari tizimi. 
Qishloq xo„jaligi kooperativi 
– bu xo‗jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy 
shakllaridan biridir. U o‗zida qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari 
tomonidan kooperativ a‘zolarining moddiy va boshqa talablarini qondirish 
maqsadida pay badallarini birlashtirishga asoslangan hamkorlikdagi ishlab 
chiqarish va boshqacha xo‗jaligi faoliyatyuritish tashkilotlarini bildiradi.
2.5.1-rasm.
 Qishloq ho„jaligi kooperativlarini tashkil etish va shakllanish 
tamoyillari 


46 
Qishloq xo‗jaligi kooperativlari boshqa kooperativlardan qishloq xo‗jaligi 
tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan tuzilishi bilan farqlanadi.
―Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi‖ tushunchasi kooperativni 
qishloq xo‗jaligi maqomiga nisbatan asos soluvchi yetakchisidir. U o‗zi ishlab 
chiqaradigan mahsulot hajmining 50% dan ortig‗ini qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlari tashkil etishi kerak.
Qishloq xo‗jaligi kooperativlari quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi 
va shakllanadi (2.5.1-rasm). 
Bu tamoyillar jahon amaliyotida kooperatsiyaning 150 yillik tarixi 
davomida ishlab chiqilgan. 
Kooperativ 
a‘zolari: 
asosiy 
va 
uyushma 
shakliga 
bo‗linadi. 
Kooperativning asosiy a‟zosi - 
kooperativ ustav (nizom)ida belgilangan 
o‗lchamda va kooperativga ovoz berish huquqi bilan pay badali kiritgan 
jismoniy va yuridik shaxslar. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə