Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


(Yc) tovar  mahsulotlari  strukturasidagi asosiy tarmoqning ulushi bilan aniqlanadi



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

(Yc)
tovar 
mahsulotlari 
strukturasidagi asosiy tarmoqning ulushi bilan aniqlanadi. 
.
 
Bu yerda:
- asosiy tarmoq tovar mahsuloti qiymati, so‗m; 
– jami 
tovar mahsuloti qiymati, so‗m. 
Ixtisoslashgan asosiy tarmoqning barcha tovar mahsulotdagi ulushi 50% 
dan ortiq bo‗lsa, ikkita asosiy tarmog‗i bo‗lib, ulardan har biri 25 % dan kam 
bo‗lmagan korxonalar kiradi. Uch va undan ko‗p tarmoqqa ega bo‗lgan qishloq 
xo‗jaligi korxonalari ko‗p tarmoqli yoki ixtisoslashmagan deyiladi.
Korxonaning ixtisoslashganini xarakterlovchi boshqa ko‗rsatkich - 
ixtisoslashuv koeffitsiyenti: 
.
Bunda 
– alohida tarmoqlar tovar mahsulotlarining ulushi %; i– 
realizatsiyadan tushgan tushum su‗mmasidagi ulushi bo‗yicha zanjirlangan 
qatordagi tovar mahsuloti turining tartib raqami, 0,2 dan kam koeffitsiyent 
ixtisoslashuvning past darajasini 0,2 dan 0,4 gacha o‗rtacha 0,4 dan 0,6 gacha 
yuqori, 0,6 dan yuqori bo‗lsa chuqur ixtisoslashuvni bildiradi. Faqat bir turdagi 
tovar 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqariladigan 
monotarmoqli 
korxonalarda 
ixtisoslashuv koeffitsiyenti 1 ga teng.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarining ixtisoslashganini xarakterlovchi bilvosita 
ko‗rsatkichlar sifatida tarmoqlar ekin maydonlari bo‗yicha moddiy-pul va 
mehnat xarajatlari strukturalaridan foydalaniladi.
Mamlakatning ko‗pgina iqtisodiy tarmoqlarida ixtisoslashgan ham, ko‗p 
tarmoqli xo‗jaliklar ham keng tarqalgan. Xo‗jalikning har bir turi o‗z yutuqlari 
va kamchiliklariga ega. Ixtisoslashtirilgan korxonalarda odatda ishchi kuchi, 
texnikalar, kapital qo‗yilmalar, ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish uchun 
yaxshi sharoitlar yaratilgani, butun e‘tiborni moliyaviy va moddiy resurslarni 
ma‘lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga qaratish, shu yo‗l bilan xo‗jalik 
faoliyatida yuqori natijalarga erishish imkoni tug‗iladi. Bundan tashqari, tabiiy 
ofatlar, bozor konyunkturasining o‗zgarishi kabi xavflar ham paydo bo‗lishi 
mumkin. 
Misol. Ixtisoslashtirish qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirishni sifatli 
va raqobatbardoshligini ta‘minlaydi. Gollandiyada fermer xo‗jaliklari tor 


39 
doirada ixtisoslashgan bo‗lib, jami 113 ming fermer xo‗jaliklarining o‗rtacha yer 
maydoni 9-10 gektarni tashkil etadi, shundan 15000 tasi issiqxonaga, 12000 tasi 
kartoshkachilikka, 44000 tasi chorvachilikka, o‗simlikchilikka va issiqxona 
xo‗jaliklariga ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari hisoblanadi. Ayrim fermer 
xo‗jaliklari ikki turdagi mahsulot, ya‘ni naslli buqa urug‗i va kartoshka yoki 
g‗alla va kartoshka, chorva va yem-xashak yetishtiradi. Ayrimlari esa faqat gul 
yoki ekinlar urug‗ini yetishtiruvchi fermer xo‗jaliklari va h.k. 
AQSHning barcha shtatlaridagi fermer xo‗jaliklari u yoki bu qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan. Ko‗pgina fermer xo‗jaliklari 
o‗simlikchilik yoki chorvachilik sohasiga ixtisoslashgan. Shunday fermer 
xo‗jaliklari ham mavjudki, 3-5 turdagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini 
yetishtiradi. Ixtisoslashuv tabiiy-iqlim sharoitiga hamda fermer xo‗jaliklarining 
joylashuviga bog‗liqdir. Agar ular shaharlar yaqinida joylashgan bo‗lsa, 
sabzavot, kartoshka va mevachilikka ixtisoslashadi va h.k. 
Ko‗p tarmoqli xo‗jaliklarda tabiiy ofat va bozor konyukturasidan keladigan 
xavf birmuncha pasayadi. Bu yerda yil davomida mehnat resursi va asosiy 
vositalardan bir tekis foydalanish mumkin. Tarmoqlarni oqilona qo‗shish 
qo‗shimcha mahsulotlardan ozuqa sifatida va tuproq unumdorligini oshirish 
uchun to‗liqroq foydalanish imkonini beradi. Biroq, ko‗p tarmoqli xo‗jalik ko‗p 
sonli turli-tuman texnikalarni, kapital qo‗yilmalarni, turli malakadagi ishchilarni 
talab qiladi, ulardan foydalanish uchun uncha yaxshi sharoit yaratib bera 
olmaydi. 
Nobarqaror bozor sharoitlarida ko‗p tarmoqli xo‗jaliklarning mahsulotlarini 
sotish ancha iqtisodiy barqaror bo‗lib chiqdi. Ayniqsa, faqat qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarish bilangina emas, uni saqlash, qayta ishlash, ya‘ni 
agrosanoat turi bo‗yicha rivojlanayotgan qishloq xo‗jaligi korxonalarigina 
barqaror va samarali ishlaydi. 
Ko‗pgina qishloq xo‗jaligi korxonalari anchagina rentabelli va 
cheklanmagan savdo bozori mavjud bo‗lganidek, o‗simlikchilik mahsulotlari 
ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshladi (g‗alla, sabzavot, meva va boshqalar). 
Chorva bosh sonining qisqarishi ozuqa ekinlari ekilishining qisqarishiga mos 
holda almashlab ekish buzilishiga olib keldi. Ayrim xo‗jaliklar bir yoki ikkita 
tovar ekinlarini yetishtira boshladilar. Natijada, bularning hammasi xo‗jalik 
iqtisodiga salbiy ta‘sir etadi. 
Qishloq 
xo‗jaligi 
tovar 
ishlab 
chiqaruvchilarni 
samarali 
ixtisoslashtirishnigina emas, shuningdek uni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga 
tegishli ishlab chiqarishlarni korxona doirasida birlashtirishni ifodalovchi 
diversifikatsiyalanishini ham ko‗zda tutadi (firmalar, assotsiatsiyalar va 
boshqalar). 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə