Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Qishloq xo„jaligida ixtisoslashuvning qu„yidagi shakllari mavjud



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Qishloq xo„jaligida ixtisoslashuvning qu„yidagi shakllari mavjud: 
zonalar 
bo‗yicha, xo‗jaliklararo, xo‗jalik ichidagi va tarmoq ichidagi. 
Zonalar bo„yicha ixtisoslashuv 
- bu mehnatning geografik bo‗linishi. U 
qishloq xo‗jaligining hududiy joylashuvini aks ettiradi. Qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarish natijalarining iqlim va tuproq sharoitlariga bog‗liqligi mehnatning 
geografik bo‗linishi zaruratini keltirib chiqaradi. Yirik hududlar (iqtisodiy 
tumanlar, xo‗jaliklar, viloyatlar) tabiiy-iqlim sharoitga moslashuvi yetarli 
bo‗lgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Xo„jaliklararo ixtisoslashuv 
- bu o‗zida qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilar orasida mehnatining ijtimoiy taqsimlanishini aks ettiradi. Bozor 
sharoitida xo‗jaliklar iqtisodiy jihatdan foydali mahsulotlar ishlab chiqarishga 
ixtisoslashadilar.
Xo„jalik ichidagi ixtisoslashuv 
- bu mehnatning xo‗jalik ichidagi bo‗limlar 
(bo‗linmalar, sexlar, fermalar) orasida bo‗linishi. Bo‗limlar mavjud resurslarni 
hisobga olib, bitta yoki bir nechta turdagi mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashadi. Xo‗jaligi ichidagi ixtisoslashuv qishloq xo‗jaligi yalpi 
mahsulotining strukturasi bo‗yicha belgilanadi.
Tarmoq ichida ixtisoslashuv 
- turli korxonalarga jamlangan bir 
bosqichdagi yakuniy mahsulot keyingi bosqichdagi ishlab chiqarish uchun 
dastlabki bo‗ladigan texnologik sikllarni alohida bosqichlarga bo‗lib tashlashga 


34 
asoslanadigan ixtisoslashuv. Ixtisoslashuvning bu shakli ko‗proq chorvachilikda 
keng tarqalgan. Masalan, parrandachilikda tuxum ishlab chiqarish inkubator 
xo‗jaligi, go‗sht broyler xo‗jaligilari bo‗yicha korxonalar bor. Xo‗jaligi ichida 
ixtisoslashuv bo‗yicha yaratilgan hamma xo‗jaliklar odatda tor doirada 
ixtisoslashgan bo‗ladi. Korxonalarning xo‗jaligi ichida ixtisoslashuvi ishlab 
chiqarishning 
intensivlashtirish 
va 
konsentratsiyalash 
sharoitlaridagina 
muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Ixtisoslashuv xo‗jaligi ishlab chiqarishining bosh yoki asosiy tarmoqlari 
yo‗nalishlari bo‗yicha aniqlanadi (paxtachilik, g‗allachilik, bog‗dorchilik, g‗alla-
chorvachilik va boshqalar). Korxonaning ishlab chiqarish yo‗nalishi oxirgi uch 
yildagi qishloq xo‗jaligi tovar mahsulotlari strukturasi bo‗yicha aniqlanadi.
Xo‗jalikdagi yer, suv, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish 
maqsadida bir nechta tarmoqning rivojlanishiga erishiladi.
Qishloq xo‗jaligi mehnatining ijtimoiy taqsimotini boshang‗ich bosqichida 
faqat ikki tarmoq-dehqonchilik va chorvachilik mavjud bo‗lgan. Keyinchalik 
o‗simlikchilik va chorvachilik turidagi mahsulot ishlab chiqarishning mustaqil 
tarmoqlari paxtachilik, g‗allachilik, sabzavotchilik, bog‗dorchilik, chorvachilik
qo‗ychilik kabilar ham ajralib chiqdi. 
Iqtisodiy ahamiyatiga ko‗ra, qishloq xo‗jaligi tarmoqlari asosiy, 
qo‗shimcha va yordamchi tarmoqlarga bo‗linadi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə