Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
 
II-BOB. JAHON, RESPUBLIKA QISHLOQ XO„JALIGI, UNING 
JOYLASHISHI, IXTISOSLASHISHI, JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY 
INQIROZI SHAROITIDA RIVOJLANISHI 
O„quv maqsadi: 
Qishloq xo‗jaligini jahon, respublika hududlarida 
maqsadga 
muvofiq 
joylashtirish, 
samarali 
ixtisoslashtirish 
hamda 
kooperatsiyalashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini, gorizontal hamda 
vertikal integratsiyalashtirishning mazmunini, joylashtirish, ixtisoslashtirish 
darajasi va samaradorligini ifodalovchi ko‗rsatkichlar va ularni rivojlantirish 
bo‗yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‗rganishdan iborat. 
Tayanch iboralar:
Joylashtirish, 
ixtisoslashtirish, 
kooperatsiya-
lashtirish, 
mehnat 
taqsimoti, 
agrosanoatni 
integratsiyalashtirish, 
gorizontal 
 
va 
vertikal 
integratsiya, ixtisoslashtirish darajasi.
 
 
2.1. Qishloq xo„jaligini joylashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati 
 
Qishloq xo‗jaligini joylashtirish mehnatning ijtimoiy bo‗linishi geografik 
(hududiy) bo‗linishining bir shakli bo‗lib, u qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishining o‗ziga xos xususiyatlaridan yuzaga keladi. Umumiy ko‗rinishda u 
o‗zida qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini hududlar bo‗yicha ma‘lum prinsiplar 
asosida va qator omillar ta‘sirida shakllangan tabiat, ijtimoiy, demografik
siyosiy sharoitlarga ko‗ra taqsimlanishini ko‗rsatadi. 
Qishloq xo„jaligini joylashtirish 
– bu alohida tur mahsulotlar ishlab 
chiqarishni mamlakatning respublika, viloyat va tumanlar bo‗yicha taqsimlash 
bo‗lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga 
ko‗ra o‗zgaruvchandir. Qishloq xo‗jaligini eng to‗liq joylashtirilishini ushbu 
hududda ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi va u yoki bu turdagi 
yalpi va tovar mahsulotlarining umumiy hajmidagi alohida hududlarning hissasi 
kabi ko‗rsatkichlar bilan izohlanadi. 
Qishloq xo„jaligini joylashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari birligiga uni ishlab chiqarish hajmini 
o‗stirishdagi mehnat va mablag‗lar sarfini minimallashtirish.Yerdan moddiy 
mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ushbu hududda 
boshqalarga nisbatan qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining eng kam tannarxini 
ta‘minlashi kerak. Bu tamoyilni hayotga tatbiq etish uchun O‗zbekiston 
Respublikasidagi subyektlar, iqtisodiy tumanlari, tabiiy zonalarining ko‗p yillik 
ma‘lumotlari bo‗yicha jiddiy tahlillar o‗tkazishni taqozo etadi. 

Bozor talablarini hisobga olish. O‗ta talabgir bo‗lgan mahsulotni bozorga 
joylashtirish, hududda yuzaga kelgan ishlab chiqarish shartlari, past rentabelli 


28 
mahsulot ishlab chiqarish paydo bo‗lmasligini hisobga olgan holda qishloq 
xo‗jaligining ixtisoslashuvi va konsentratsiyalashuviga mos holda amalga 
oshirilishi kerak
7


Hudud iste‘molchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‗zini-o‗zi 
ta‘minlash darajasini mehnatni hududlararo va xalqaro bo‗linishi bilan 
bog‗liqligini hisobga olish kerak. Hududda alohida tur mahsulotlarni qayta 
ishlab chiqarish, ularning ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilishini 
ta‘minlash lozim. 

Qishloq xo‗jaligi va sanoat rivojlanishining optimal mutanosibligi. Qayta 
ishlash korxonalarini arzon xom-ashyo ishlab chiqariladigan zonalarga 
joylashtirish, ularni xom-ashyo zonasi bilan ta‘minlash, shu bilan birga qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishini iste‘molchilarga yaqinlashtirish va yirik shaharlar, 
sanoat markazlari yaqiniga joylashtirish. Bu esa yetkazib berish xarajatlarini 
minimallashtirib mahsulotlar yo‗qotishlarini kamaytirishga imkon beradi. 

Transport xarajatlarini qisqartirish, yo‗l tarmoqlarining rivojlanishi, temir 
yo‗l masofalarining, suv yo‗llarining yetarlicha uzunligi qishloq xo‗jaligi 
korxonalarini oqilona joylashtirish imkonini beradi, ishlab chiqarish tannarxi 
past bo‗lgan tumanlardan mahsulotlarni aholi zich joylashgan iste‘mol joylariga 
yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini ta‘minlash qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish mamlakatning iqtisodiy 
mustaqilligini mustahkamlab, uning importga bog‗liqlikdan chiqishiga yordam 
berishini ta‘minlaydi. 

Mahsulotlar ishlab chiqarishning muntazam ravishda o‗sishi uchun uni 
mehnatlar sarfi kamayishiga erishiladigan hududlarda amalga oshirish kerak. 
Shu maqsadda qator yillar dinamikasida zonalar bo‗yicha iqtisodiy tumanlar
hududlarning mahsulot birligiga mehnat sarfi va moddiy pul xarajatlari tahlil 
qilinishi kerak.
Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirishning asosiy 
mezoni- mehnat sarfini maksimal darajada tejashdir.
Mamlakat hududi bo‗yicha qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini 
joylashtirilishini baholash uchun bu jarayon ta‘sirida yuz beradigan asosiy 
omillarni ajratish kerak.
Ishlab chiqarishni joylashtirish omili deb, xo‗jalik obyekti (korxona) yoki 
respublika tarmog‗i, iqtisodiy hudud, shuningdek hududiy ishlab chiqarish 
majmualari joylashadigan kuchlar yig‗ilgan joyni hisobga olish qabul qilingan.
Qishloq xo‗jaligini joylashtirishning asosiy omillari:

hududning tabiiy potensiali;

yer bilan ta‘minlanganlik (hudud aholisi jon boshiga to‗g‗ri keladigan 
haydaladigan shudgor, ozuqa yerlari ajratilgan holda qishloq xo‗jaligi 
yerining maydoni); 
7
Киселѐв С.В. и др. Сельская экономика. М.: Инфра-М, 2008. 110 с. 


29 

qishloq xo‗jaligi ekinlarining tarkibiy o‗zgarishlari va mahsulot 
diversifikatsiyasini hisobga olgan holda joylashtirish; 

mahsulot sotish bozorlariga nisbatan xo‗jalikning joylashgan o‗rni;

xom-ashyolarni saqlash va transport vositalari bilan ta‘minlanganlik darajasi;

aholining tabiiy, tarixiy malakalarini hisobga olgan holda hududning ish 
bilan ta‘minlanganligi; 

ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini 
modernizatsiyalash va mukammallashtirish;

hududda mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi.
Qishloq xo‗jaligining tabiiy potensiallarini baholashda quyidagi 
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi: tuproq sifati, quyosh kunlari davomiyligi, faol 
harorat miqdori (issiqlik bilan ta‘minlanganlik), umumiy quyosh radiatsiyasi 
(yorug‗lik bilan ta‘minlanganlik), namlash sharoiti yog‗ingarchiliklar miqdori, 
suv resurslari bilan ta‘minlanganlik, ob-havo sharoitining qaytarilishi ehtimoli 
(qurg‗oqchilik, sovuq urishi, shamol va suv eroziyasi), joylashish sharoitlari va 
boshqalar. Ushbu parametrlarning qishloq xo‗jaligida turli tarmoqlarga ta‘sir 
etishi bir xil emas.
O‗simlikchilikda tabiiy sharoitda birinchi navbatda, issiqlikni va namlikni 
ko‗p talab qiluvchi paxta, g‗alla va poliz ekinlarini joylashtirish imkoniyatlari 
belgilanadi. Bunga nisbatan uncha katta bo‗lmagan maydonlarda don uchun 
makkajo‗xori, sabzavotlarning ba‘zi turlari (baqlajon, bodring), mevali ekinlar 
(o‗rik, shaftoli, sitrus mevalar, uzum)ni joylashtirishga bog‗liq. O‗stirishga 
tabiiy potensiallari uncha bog‗liq bo‗lmagan va tabiat sharoitlari jiddiy 
farqlanadigan hududlarda yetishtiriladigan ekinlarda hosildorlik mahsulot sifati, 
xarajatlar darajasi (lalmi va kuzgi bug‗doy, qand lavlagi, kungaboqar) keskin 
farq qiladi.
Chorvachilikni joylashtirishda tabiiy omillar uncha jiddiy ta‘sir qilmaydi, 
ta‘sir asosan ozuqa ekinlariga bo‗lishi mumkin. Bu omilga eng ko‗p bog‗liq 
bo‗lgani yaylovda boqiladigan chorvachilik (qo‗ychilik, echkichilik, 
qoramolchilik, yilqichilik va boshqalar)dir. Bunda asosiy omil - yaylovlarning 
mavjudligi, ularning o‗lchami, o‗simliklari tarkibi, ulardan foydalanish 
davrining davomiyli hisoblanadi.
Tabiiy sharoitlar bilan bir qatorda mehnatning hududlararo bo‗linishiga 
ta‘sir etuvchi muhim omil - mamlakat yoki hududning oziq-ovqat bilan 
ta‘minlanadigan aholisi sonining qishloq xo‗jaligi yer maydoniga va mahsulot 
eksporti orasidagi nisbatidir. Ushbu omilning miqdoriy tasnifi yer bilan 
ta‘minlanganlik, ya‘ni yaylov, o‗tloq, ko‗p yillik ko‗chatlar ajratilgan holda 
aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan qishloq xo‗jaligi ekinlari maydonidir.
Mamlakatning iqtisodiy hududlari orasida yer bilan eng ko‗p ta‘minlangani 
Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Qaraqalpog‗iston bo‗lib, ularda aholi jon 
boshiga 2,4 ga qishloq xo‗jaligi yerlari, shu jumladan 1,5 ga shudgorlanadigan 
yer to‗g‗ri keladi. Eng kam ta‘minlangani Farg‗ona vodiysi -0,44 ga qishloq 
xo‗jaligi ekin yerlari va 0,22 shudgorlanadigan yerlar to‗g‗ri keladi.


30 
Binobarin, iqtisodiy tumanlar ichida ularning hududiy kengligi va tabiiy-
iqtisodiy 
sharoitlarining 
sezilarli 
xilma-xilligi 
tufayli 
yer 
bilan 
ta‘minlanganligida ham jiddiy farqlar bilinadi. Bu farqlar oziq-ovqat va xom-
ashyo bog‗liqliklarini iqtisodiy zonalar orasidagina emas, ularning tarkibiga 
kiruvchi subyektlar orasida ham rivojlantirish zaruratini belgilab beradi. 
Hududlarni xususiy ishlab chiqarish hisobiga oziq-ovqat bilan ta‘minlash talab 
darajasi va strukturasi bilan aniqlanadi. Bu ko‗rsatkichlar aholi daromadlari, 
milliy va maishiy an‘analari, demografik strukturasi, oziq-ovqatlarning 
yetarliligi, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‗jaliklarining o‗lchamiga 
ham bog‗liq.
O‗zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga ba‘zi asosiy oziq-ovqat 
mahsulotlarini nisbatan yuqori darajada iste‘mol qilinishi kuzatila boshlandi. 
Ba‘zi hududlarda non va non mahsulotlari, go‗sht, tuxum, sut va sut 
mahsulotlari iste‘molining ortib ketgani, o‗simlik yog‗i, sabzavotlar, mevalar 
iste‘moli kamaygani bilan farqlanadi. 
Gollandiyada yalpi ichki mahsulotning 3%i qishloq xo‗jaligi mahsulotlari 
ulushiga to‗g‗ri keladi, shu jumladan chorvachilik tarmog‗i mahsulotlari ulushi 
55%, issiqxona mahsulotlari 35% va o‗simlikchilik mahsulotlari ulushi 10% ni 
tashkil etadi. Mamlakatda 113 mingta fermer xo‗jaliklari faoliyat olib boradi, 
ushbu fermer xo‗jaliklarida chorvachilik, o‗simlikchilik va issiqxona 
mahsulotlari yetishtiriladi. Birgina sut ishlab chiqarish bo‗yicha Gollandiya 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 10% ini tashkil etadi. 
Jahon savdo tashkiloti tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‗ra dunyo 
bo‗yicha eksport qilinayotgan tovarlar tarkibida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari 
ulushi 2005-2013 yillarda 3,5% ni tashkil etgan bo‗lsa, jami jahon bo‗yicha 
tovar mahsulotlari ishlab chiqarishda qishloq xo‗jaligining ulushi ushbu yillar 
davrida 2,5%ni tashkil etgan
8
.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə