Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Hisob-konstruktiv usuli. 
Kelajakda muammoni hal etishning ilmiy 
asoslangan yo‗llarini aniqlab beradi. Ushbu usul agrosanoat majmui (ASM) 
tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda qo‗llaniladi.
Iqtisodiy-matematik usuli 
o‗z ichiga matematik statistika, ishlab 
chiqarish funksiyalari va iqtisodiy-matematik modellashtirilishini oladi va h.k. 
Asosiy tushunchalar 
Iqtisodiyot 
- cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalangan holda 
insonlar uchun zarur hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste‘molchiga 
yetkazib berishga qaratilgan faoliyatlar birligini ta‘minlovchi iqtisodiy tizim. 
Birinchidan, iqtisodiyot - bu jamiyatni moddiy boyliklar va xizmatlar bilan 
ta‘minlovchi iqtisodiyot tarmoqlarining majmuidir. Ikkinchidan, iqtisodiyot - bu 
ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan ishlab chiqarish munosabatlaridir. 
Uchinchidan, iqtisodiyot - bu fan. Shuningdek, iqtisodiyot deganda ham fan, 
ham amaliyot tushuniladi. 
Bozor iqtisodiyoti 
- mahsulot ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul 
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan 
iqtisodiy tizimdir. 
Qishloq xo„jaligi 
- moddiy ishlab chiqarishning asosiy va eng qadimgi 
tarmoqlaridan biri bo‗lib, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom-
ashyoning asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo‗jaligi asosan ikkita yirik 


25 
tarmoq - dehqonchilik va chorvachilikdan iborat. Bu ikki soha aholi uchun 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi. 
Qishloq xo„jaligining muhim vazifasi 
- mamlakat aholisini oziq-ovqat 
bilan ta‘minlashdir. Ushbu masalani faqatgina qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish orqali hal etish mumkin. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə