Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Birinchidan, 
iqtisodiyot – bu jamiyatni moddiy boyliklar va xizmatlar 
bilan ta‘minlovchi iqtisodiyot tarmoqlarining majmuidir.
Ikkinchidan, 
iqtisodiyot – bu ishlab chiqarish jarayonida vujudga 
keladigan ishlab chiqarish munosabatlaridir. Ishlab chiqarish munosabatlari-
moddiy ne‘matlarini ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste‘mol 
jarayonlarida odamlar (guruhlar, jamoalar, toifalar) o‗rtasida vujudga keladigan 
munosabatlardir. Ishlab chiqarish munosabatlari iqtisodiy qonunlar orqali 
tartibga solinadi. Iqtisodiy qonunlar deganda, iqtisodiy hodisa va jarayonlar 
o‗rtasidagi doimiy takrorlanib turadigan o‗zaro bog‗liq aloqalar tushuniladi. 
Jamiyatning, shuningdek iqtisodiy subyektlarning rivojini quyidagi qonunlar 
tizimi aniqlab beradi: qiymat qonuni, talab qonuni, taklif qonuni va boshqalar.
Rivojlangan ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlaridan 
samarali foydalanishga yordam beradi. Ishlab chiqarish kuchlari - bu mehnat 
6
Минаков И.А. и др. Экономика сельского хозяйства. М.: Колос, 2009. 14с. 


21 
qilish jarayonida ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltira oladigan 
insonlardir.
Uchinchidan, 
iqtisodiyot – bu fan. Ushbu fan o‗zining tadqiqot obyektlari 
va ko‗lamiga ko‗ra quyidagi qismlarga bo‗linadi: makroiqtisodiyot
mikroiqtisodiyot, korxona iqtisodi, tarmoqlar iqtisodi (sanoat, transport, qurilish, 
savdo, qishloq xo‗jaligi va boshqalar).
Shuningdek, iqtisodiyot deganda ham fan, ham amaliyot tushuniladi. 
Iqtisodiyot fani amaliy iqtisodiyotni taqozo etib, quyidagi hayotiy muhim 
muammolarni hal etish bilan shug‗ullanadi:
-
nima ishlab chiqarish - jamiyat ehtiyojini qanday tovarlar va xizmatlar 
to‗plamini yanada to‗laroq qondira oladi? 
-
qancha ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayonida qanday resurslardan 
va qancha miqdorda foydalanish maqsadga muvofiq? 
-
qanday ishlab chiqarish- sifat miqdori, usul va vazifalar.
-
kim uchun ishlab chiqarish- shaxsiy iste‘mol uchunmi yoki daromad olish 
uchunmi, ishlab chiqarilgan mahsulotni qanday taqsimlash uchunmi? 
Ushbu muammolarni bozor iqtisodiyoti sharoitida birmuncha tezroq hal 
etish mumkin. Chunki bozor iqtisodiyoti ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar 
o‗rtasidagi erkin almashuvga bog‗liq. Bozor iqtisodiyoti turli mulk shakllariga 
va ishlab chiqarish o‗rtasidagi erkin raqobatga tayanadi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilarning bir to‗xtamga kelishi 
moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning taqsimotini aniqlab beradi. Haqiqiy 
iqtisodiyot doimo o‗z ichiga bozor va davlat sohalarini oladi, ayrim hollarda 
davlat tomonidan boshqariladi. Aynan boshqaruv darajasi iqtisodiyotning 
qanday xususiyatga ega ekanligini belgilab beradi.
Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti fan sifatida tarmoqda iqtisodiy qonunlarning 
namoyon bo‗lishi, ularning qishloq xo‗jaligi rivojiga ta‘siri va qishloq xo‗jaligi 
ishlab 
chiqarishida 
iqtisodiy 
qonuniyatlarning 
ishlashini 
o‗rganadi. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar qishloq xo‗jaligini 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimizda turli mulkchilikka asoslangan xo‗jaligi yuritish shakllari 
paydo bo‗ldi, agrar sohada ko‗ptarmoqli iqtisodiyot shakllandi. Bu esa 
agrosanoat majmuida ishlab chiqarish munosabatlarining o‗zgarishiga olib keldi. 
Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti fani tarmoq fani sifatida bozor sharoitida agrar 
sohada iqtisodiy munosabatlar tizimini ochib berish vazifasini bajaradi. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə