Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


sharoitiga bog„liq bo„lib



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

sharoitiga bog„liq bo„lib, 
ayni vaqtda ushbu omilning sanoat ishlab chiqarishga 
ta‘siri yo‗q. Bundan tashqari, tabiiy-iqlim sharoiti qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishnig joylashuvi va ixtisoslashuviga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Ayrim 
qishloq xo‗jaligi ekinlarini faqatgina muayyan sharoitlarda yetishtirish mumkin. 
Ob-havoning qulay yoki noqulay kelishi ham qishloq xo‗jaligida muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
4. Qishloq xo„jaligida ishlab chiqarish mavsumiy xarakterga ega. 
Bunda ayniqsa, kuzgi g‗alla yetishtirishda ishlab chiqarish davri bilan ish vaqti 
o‗rtasidagi sezilarli farqni ko‗rish mumkin. Kuzgi g‗allani tayyorlash va ekish 
davri avgust, sentabr oylaridan boshlanib, hosil kelasi yilning iyul oyida 
yig‗ishtirib olinadi. Ushbu davr oralig‗ida ish vaqtida bir necha marta uzilishlar 
bo‗ladi: ekin maydonlarini tayyorlash, ekish, ekinlar parvarishi, hosilni 
yig‗ishtirib olish va boshqalar. Ishlab chiqarish davri esa ekinlarning tabiiy 
o‗sishi va rivojlanishi sababli uzluksiz bo‗ladi. Mavsumiylik ishlab chiqarishni 
tashkil etishga, mehnat resurslari va texnikadan foydalanishga sezilarli ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Shuningdek, qishloq xo‗jaligining mavsumiylik xarakteri qayta ishlash 
sanoatida ham aks etadi. Chunki qishloq xo‗jaligi xom-ashyosi yil davomida 
notekis taqsimlanadi. 
5. Qishloq xo„jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot keyinchalik ishlab 
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositasi (urug„lik, yem, organik 
o„g„itlar, yosh chorva mollari va boshqalar) sifatida ishlatiladi. 
Sanoatda esa 
xom-ashyo boshqa tarmoq korxonalaridan keltiriladi. Ishlab chiqarish 
texnologiyasi ushbu xususiyat bilan bog‗liq bo‗lib, qishloq xo‗jaligida 
texnologik jarayon biologik omillar va tirik organizmlarga tayansa, sanoat 
kimyoviy, fizik va mexanik jarayonlarga tayanadi. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə