Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Ayrim turdagi qishloq xo„jaligi mahsulotlari bo„yicha eksport va import



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Ayrim turdagi qishloq xo„jaligi mahsulotlari bo„yicha eksport va import 
ko„rsatkichlari
3
 (%), 2016 yil 
№ 
Mahsulot turlari 
Eksport 
Import 
1 Sabzavot 
10,8 
0,2 
2 Poliz 
15,1 
0,0 
3 Meva
13,2 
0,1 
4 Uzum
15,6 
0,0 
5 Go‗sht va go‗sht mahsulotlari
0,0 
0,3 
6 Sut va sut mahsulotlari
0,0 
0,1 
7 Tuxum
0,0 
0,0 
8 Un
5,1 
10,3 
9 O‗simlik yog‗i
0,0 
8,3 
10 Shakar
0,3 
40,3 
―O‗zmevasabzavotuzumsanoat‖, ―O‗zbekagroeksport‖ va ―O‗zbekoziq-
ovqat‖ xolding kompaniyasi faoliyati tahlilining ko‗rsatishicha, tarmoqning 
eksport potensiali talab darajasida emas.
Buning sababi quyidagilardan iborat:
- tovar ishlab chiqaruvchilar (dehqon, fermer xo‗jaliklari) mahsulotlari 
sotiladigan bozor haqidagi ma‘lumotlarga yetarli darajada ega emaslar; 
- meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib beruvchilar bu turdagi 
mahsulotlarga, jumladan ularning sifatiga qo‗yiladigan talablar haqida yetarli 
tasavvurga ega emaslar. 
3
Manba: O‗zbekiston Respublikasi Statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari asosida tuzilgan 


14 
O‗zbekiston Respublikasida paxta xom-ashyosini eksport qilish maqsadida 
yirik ―O‗zpaxtayog‗sanoateksport‖ xolding kompaniyasi tashkil etildi. Bu 
o‗rinda eslatib o‗tish kerakki, respublikamiz paxta tolasini jahon bozoriga olib 
chiqishi uchun bir necha mamlakatlar bilan aloqa o‗rnatishi talab etiladi. Negaki, 
jahon bozoriga chiqish uchun albatta, ikki yoki uch mamlakat hududidan 
o‗tishga to‗g‗ri keladi. Bu o‗z navbatida mahsulot qiymatiga ta‘sir etadi. 
O‗zbekiston paxta bo‗yicha bir necha baza-terminallarni barpo etdi. Ushbu 
terminallarning har biri 10 ming tonna paxta tolasini saqlash imkoniyatiga ega. 
O‗zbekiston Respublikasida 2015 yilda umumiy eksport hajmining 8,0% ini 
paxta tolasi tashkil qildi. Paxta tolasini mamlakatimizning o‗zida xorijliklarga 
sotish va Amerika, Osiyo, Yevropa mamlakatlariga jo‗natish imkoniyati 
yaratildi. O‗zbekiston Respublikasida paxta eksporti jahon ulushining 7% ini 
tashkil etadi, ya‘ni har yili O‗zbekiston 550-600 ming tonna paxta tolasini 
eksport qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasida qishloq xo‗jaligi asosiy tarmoq hisoblanadi. 
Unda YAIM ulushi 2010 yilda 19,8% bo‗lgan bo‗lsa, 2016 yilga kelib 17,6% ni 
tashkil qildi. Yer davlat mulki bo‗lib, undan foydalanuvchilarga, ya‘ni 
fermerlarga shartnoma asosida 50 yilgacha muddatda ijaraga beriladi.
O‗zbekiston Markaziy Osiyoning qulay hududida joylashgan. Uning 
hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim
sharoitlar yetarli. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 25-35% ni 
tashkil etib, quyoshli kun 310 dan ortiq bo‗lib, bir yilda birnecha marta hosil 
olish imkoni mavjud. O‗zbekistonning jami yer maydoni 44,4 mln gektar bo‗lib, 
shundan 50,8 foizi turli xildagi qishloq xo‗jaligi korxonalari, tashkilotlari hamda 
dehqon xo‗jaliklari tomonidan foydalaniladi. Ularning yig‗indisi mamlakat 
qishloq xo‗jaligini tashkil etadi. Asosiy maqsad tarmoqda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talabini 
qondirishdir. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: 
-
aholi birdaniga iste‘mol qiladigan sifatli qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini 
barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish; 
-
qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga 
bo‗lgan talabini qondirishdir.
Hozirgi davrda bu tarmoqda aholi iste‘mol qilayotgan tovarlarning 85 
foizidan ko‗prog‗i ishlab chiqarilmoqda. Ular o‗simlikchilik hamda chorvachilik 
mahsulotlaridan iborat. 2016 yilda O‗zbekiston Respublikasi yalpi ichki 
mahsulotining 17,6 foizi qishloq xo‗jaligida yaratilgan. Shu yilda barcha sanoat 
tarmoqlarida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 25,5 foizi, qurilish sohasida 
esa 7,5 foizi yaratilgan. Raqamlar qishloq xo‗jaligi tarmog‗ining mamlakat 
iqtisodiyotidagi o‗rni ulkan ekanligidan dalolat bermoqda. Shu yilda qishloq 
xo‗jaligida faoliyat ko‗rsatayotgan barcha turdagi tadbirkorlar tomonidan 
23184,5 mlrd. so‗mlik yalpi mahsulot yaratilgan. U asosan 3350,0 ming tonna 
paxta, 7500,0 ming tonna don, 5113,3 ming tonna sabzavot, 1940,4 ming tonna 


15 
meva, 1406,4 ming tonna go‗sht, 896,3 ming tonna sut, 801,6 ming dona 
qorako‗l teri, 4040,3 mlrd. dona tuxum va boshqa qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlaridan tashkil topgan.
Xitoy iqtisodiyotida YAIMda qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining ulushi 
1978 yilda 28%ni tashkil etgan bo‗lsa 2010 yilga kelib 10%ni tashkil etgan, 
sanoat mahsulotlari esa mutanosib ravishda 48,0%dan 46,8%ga qisqargan va 
xizmat ko‗rsatish sohasi 28%dan 43,2 foizga oshgan. Yaponiyada esa YAIMda 
qishloq xo‗jaligining ulushi 1980 yilda 4%dan 2010 yilga kelib 1%gacha 
kamaygan. 
Barcha turdagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda 
respublika iqtisodiyotida band bo‗lgan mehnat resurslarining 27,7 foizga yaqini 
qatnashgan.
Respublika qishloqlarida jami aholining 49% yashaydi. Ishlab chiqarilgan 
barcha mahsulotlar 25 mln. gektarga yaqin qishloq xo‗jaligi yerlaridan olingan, 
shundan 369,1 ming gektari ekinzorlardir.
Mamlakat dehqonchiligi sug‗orishga asoslanganligi sababli katta 
miqdordagi suv resurslarini talab etadi. Lekin bu talabning atigi 60 foizigina 
ichki suv resurslari bilan qondirilmoqda. Bunday hol Amudaryo hamda Sirdaryo 
havzalaridan katta miqdordagi suv resurslarini jalb etishni talab etadi. Hozirgi 
davrda qishloq xo‗jaligida 52-56 mlrd m³ suv resurslaridan foydalanilmoqda. 
Tabiatda yer va suv resurslari cheklangan, ular takror ishlab chiqarilmaydigan 
resurslar hisoblanadi. Shuning uchun ularning har bir gektaridan, 1 m³ suvdan 
tadbirkorlik bilan fan-texnika yutuqlarini joriy etib, yil davomida to‗liq va 
samarali foydalanish lozim.
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirishda sanoat korxonalarida ishlab 
chiqarilayotgan ko‗plab qishloq xo‗jaligi texnikalari, kimyoviy vositalar, 
yoqilg‗i, yonilg‗i-moylash materiallari va boshqa vositalaridan foydalanilmoqda. 
Masalan, tarmoqda 2016 yilda 105,3 mingga yaqin turli xildagi traktorlar, 41,6 
mingtadan ko‗proq yuk tashish mashinalari, 6,2 mingtaga yaqin g‗alla 
yig‗ishtiradigan, bir mingtaga yaqin paxta teradigan kombaynlar, ko‗plab 
boshqa 
texnikalardan 
foydalanilgan. 
Tarmoq 
miqyosida 
yerlarning 
unumdorligini, ekinlarning esa hosildorligini oshirish maqsadida 850,3 ming 
tonna mineral o‗g‗itlardan foydalanilgan. Qishloq xo‗jaligida ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarni 
jahon 
bozoriga 
chiqarilishi 
natijasida 
O‗zbekistonning mavqei tobora oshib borilmoqda. Hozirgi davrda O‗zbekiston 
A va YE tipdagi paxta tolasini ishlab chiqarish bo‗yicha jahonda Xitoy, AQSH, 
Hindiston va Pokiston davlatlaridan so‗ng beshinchi o‗rinni, ularni eksport qilish 
bo‗yicha esa 2-o‗rinni egallab kelmoqda. Shu bilan birgalikda O‗zbekiston jahon 
bozoriga nihoyatda sifatli bo‗lgan qorako‗l terisi, pilla, sabzavot, poliz va 
bog‗dorchilik mahsulotlarini qayta ishlab, jahon bozoriga tayyor mahsulotlarni 
chiqarishni ko‗paytirish lozim. Bu borada so‗nggi yillarda chet el investitsiyalari 
jalb etilib, katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ularni kelajakda jadal sur‘atlar 
bilan rivojlantirish siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy jihatdan maqsadga 


16 
muvofiqdir. Hozirgi davrda mamlakat aholisining qishloq xo‗jaligi mahsulotlari 
bilan ta‘minlash darajasi yil sayin ortib bormoqda. 2016 yilda respublika 
aholisining jon boshiga 180 kg.ga yaqin un mahsulotlari, 136 kg paxta xom-
ashyosi, 252 kg sabzavot mahsulotlari, 68 kgdan ko‗proq kartoshka, 48 kg 
go‗sht, 173 kg sut hamda 106 donaga yaqin tuxum ishlab chiqarilgan. Demak, 
mamlakat aholisining unga bo‗lgan talabi qondirilgan. Kelajakda esa uning 
sifatini yaxshilashga alohida e‘tibor berish talab etiladi. Lekin boshqa mahsulot 
bo‗yicha xalqimizning 
meditsina meyorlari bo‗yicha talabi to‗liq 
qondirilganicha yo‗q (1.1.2-jadval). 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə