Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


I-BOB. QISHLOQ XO„JALIGI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

I-BOB. QISHLOQ XO„JALIGI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI, 
MAQSADI, VAZIFASI HAMDA TADQIQOT USULLARI 
O„quv maqsadi: 
Qishloq xo‗jaligining jahon iqtisodiyoti va respublika 
iqtisodiyotida tutgan o‗rnini, qishloq xo‗jaligining o‗ziga xos xususiyatlarini, 
tarmoqning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatini va erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida 
qishloq xo‗jaligini rivojlantirishga qaratilgan hukumatning tashkiliy, iqtisodiy va 
ijtimoiy chora-tadbirlarini, qishloq xo‗jaligini rivojlantirish konsepsiyasini, 
hamda ―Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining predmeti, maqsadi, vazifalarini 
va fanning mazmunini yoritishda qo‗llaniladigan tadqiqot usullarini 
o‗rganishdan iborat. 
Tayanch iboralar:
moddiy ne‟mat, mahsulotlar, ehtiyojlar, iqtisodiy 
mustaqillik, yalpi ichki mahsulot (YAIM), bozor 
iqtisodiyoti.
 
1.1. Qishloq xo„jaligi jahon va respublika iqtisodiyotining 
muhim tarmog„i ekanligi haqida 
 
Qishloq xo‗jaligining jahon iqtisodiyotidagi o‗rni keyingi yillarda keskin 
rivojlanib bormoqda, bu esa qishloq xo‗jaligining jahon iqtisodiyotidagi 
ahamiyati yanada oshayotganidan dalolat beradi. Shuning uchun ham qishloq 
xo‗jaligi mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy omillari bo‗lgan yer, suv, mehnat 
resurslari va ularning o‗ziga xos xususiyatlarini rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar miqyosida o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo‗jaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy va eng qadimgi 
tarmoqlaridan biri bo‗lib, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom-
ashyoning asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo‗jaligi, asosan ikkita yirik 
tarmoq-dehqonchilik va chorvachilikdan iborat. Bu ikki soha aholi uchun 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xo‗jaligi 
o‗simlik va chorvachilik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigan bir qancha 
tarmoqlarni ham o‗z ichiga oladi. Iqtisodiy jihatdan faol aholining taxminan 
yarmi, kamroq taraqqiy etgan mamlakatlarda esa ko‗pincha 80-90 foizidan 
ortig‗i qishloq xo‗jaligida band. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu 
ko‗rsatkich 10 foizni tashkil etadi. Qishloq aholisining ijtimoiy muammolari, 
joylashishi qishloq xo‗jaligi bilan chambarchas bog‗liqdir. Bir qancha 
mamlakatlarda o‗rmon xo‗jaligi ham qishloq xo‗jaligi tarkibiga kiradi.
Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishidagi agrar-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy 
o‗zgarishlar hamda sohani diversifikatsiyalash natijalari Respublikamizni MDH 


12 
ichida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi yuqori darajada 
o‗sayotgan davlatlar qatoriga kiritish imkonini berdi (1.1.1-rasm). 
1.1.1-rasm.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə