Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


MDH mamlakatlarida yalpi qishloq xo„jaligi mahsulotining



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 MDH mamlakatlarida yalpi qishloq xo„jaligi mahsulotining 
o„rtacha yillik o„sish sur‟atlari (2013-2015 yy.), 
(%da)
Qishloq xo‗jaligi aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish 
bilan birga qatorda sanoat tarmoqlari (oziq-ovqat, omixta yem, to‗qimachilik, 
dori-darmon, atir-upa sanoati va boshqalar)ni xom-ashyo bilan ta‘minlaydi. 
Dehqonchilik tarmoqlari (g‗allachilik, paxtachilik, sabzavotchilik, mevachilik, 
uzumchilik va boshqalar) hamda chorvachilik tarmoqlari (qoramolchilik, 
cho‗chqachilik, qo‗ychilik, echkichilik, parrandachilik, pillachilik, baliqchilik 
kabilar)ni o‗z ichiga oladi. Bu tarmoqlarni birgalikda rivojlantirish moddiy va 
mehnat resurslaridan to‗g‗ri foydalanish imkonini beradi.
2015 yilga kelib, jahon aholisi 7 milliard nafardan oshib ketdi va bu 
ko‗rsatkich yil sayin ortib borishi kutilmoqda. Ularni oziq-ovqat bilan to‗liq 
ta‘minlash uchun har yili oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini 4-5 foiz 
oshirib borish kerak. Har bir mamlakatda qishloq xo‗jaligining rivojlanishi 
o‗ziga xos ichki xususiyatlar e‘tiborga olinishini talab qiladi. Bu esa tabiiy, 
ijtimoiy ixtisoslashuvni taqozo etadi.
Mustaqillikka erishganimizdan boshlab, O‗zbekiston Respublikasi qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlarining eksport potensialini kengaytirib bormoqda.
Meva va sabzavot mahsulotlari eksportiga qaraganimizda, YAIM eksport 
salmog‗i 2010 yilda 38,0% ni tashkil etgan bo‗lsa, 2016 yilga kelib 48 % ga 
yetgan. O‗zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi 
ko‗rinishi, mazasiga ko‗ra jahon bozorida eng xaridorgir hisoblanadi. Darvoqe, 
O‗zbekistonda yetishtirilgan uzumdagi qand miqdori 18-30%, pomidordagi 


13 
quruq modda miqdori 5,5% ni tashkil etdi. Bu Yevropa mamlakatlarida 
yetishtirilgan shu turdagi mahsulotlar tarkibidagi shunday moddalar miqdoridan 
ancha ko‗pdir.
2013 yilda Yevropa ittifoqida chetga eksport qilingan to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
xorijiy investitsiyalar hajmi 250,5 mlyard. dollarni, jalb etilgan investitsiyalar 
hajmi esa 246,2 mlyard. dollarni tashkil etdi. 2013 yilda jahonda chetga eksport 
qilingan va jalb etilgan to‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar tarkibida 
Yevropa ittifoqining ulushi mos ravishda 17,8 va 17,0%ga teng bo‗ldi. 
2013 yilda AQSh tashqi tovarlar savdosining umumiy hajmi 3 trln. 909 
mlyard. dollarni, eksport hajmi 1 trln. 579 mlyard dollarni, import esa 2 trln. 329 
mlyard dollarni tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining YAIM ulushi 30,1%ga 
teng bo‗ldi. 
O‗simlikchilik tarmog‗ida 2016 yilda O‗zbekiston bo‗yicha 23184,5 mlrd.
so‗mlik mahsulot yetishtirilgan bo‗lsa, shundan 65,1% dehqon, 32,9% fermer 
xo‗jaliklari, 2%i boshqa qishloq xo‗jaligi korxonalari ulushidir (1.1.1-jadval). 
1.1.1-jadval 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə