Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


“Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti” fanining predmeti



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

“Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti” fanining predmeti 
– qishloq xo‗jaligida 
iqtisodiy qonunlarning amal qilish mexanizmi, agrar sohada ishlab chiqarish 


22 
munosabatlarini tadqiq qilishdir. Bundan tashqari, fanning predmeti bo‗lib 
ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish 
tamoyillari hamda tovar ishlab chiqaruvchilar amal qiluvchi bozor mexanizmini 
tadqiq qilish hisoblanadi. 
Tadqiqot obyekti 
– bu mamlakat qishloq xo‗jaligida turli qishloq xo‗jaligi 
tovar ishlab chiqaruvchilarining tashkiliy iqtisodiy shakllari faoliyati.
Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti fan sifatida iqtisodiy nazariyaga tayanadi. 
Iqtisodiy nazariya fanning metadologik asosi bo‗lib xizmat qiladi. Fan, avvalo 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilish, ASM iqtisodiyoti, 
tadbirkorlik, marketing, iqtisodiy statistika, buxgalteriya hisobi fanlari bilan, 
qolaversa boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‗liq. Qishloq xo‗jaligi 
iqtisodiyoti fani ushbu fanlarni o‗rganishning nazariy va uslubiy asosini tashkil 
qiladi. 
Ushbu
 fanning asosiy maqsadi 
– bozor iqtisodiyotining turli bosqichlarida 
qishloq xo‗jaligi iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalari bo‗yicha erkin 
bozor qonun va qonuniyatlarini shakllantirishdir. 
Qishloq xo‗jaligining 
muhim vazifasi 
mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan 
ta‘minlash hisoblanadi. Ushbu masalani faqatgina qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish orqali hal etish mumkin. Aynan 
ushbu samaradorlik darajasi aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta‘minlanganlik darajasini belgilab beradi, shuning uchun ham ―Qishloq 
xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining birinchi galdagi vazifasi bozor sharoitida 
tarmoqni rivojlashtirishning iqtisodiy asoslarini va xo‗jalik yuritishning samarali 
usullarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Qishloq xo‗jaligining rivoji ishlab chiqarish resurslari bilan qay darajada 
ta‘minlanganligiga bog‗liq bo‗ladi. Resurslarning cheklanganligi va taqchilligi 
sharoitida fan oldida yana bir muhim masala turadi - bu resurslardan to‗g‗ri va 
samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan moddiy va mehnat 
xarajatlarini kamaytirish, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish. 
Shuningdek, agrar sohani isloh qilishning ustuvor yo‗nalishlarini ishlab chiqish, 
to‗lovga qodir bo‗lmagan korxonalarni qaytadan tashkil etish bo‗yicha uslubiy 
tavsiyalar berish kabi muhim masalalarni hal etish fanning asosiy vazifalaridan 
hisoblanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti fani 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə