Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti 
- fan sifatida tarmoqda iqtisodiy 
qonunlarning namoyon bo‗lishi, ularning qishloq xo‗jaligi rivojiga ta‘siri va 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida iqtisodiy qonuniyatlarning ishlashini 
o‗rganadi. 
“Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti” fanining predmeti 
- qishloq xo‗jaligida 
iqtisodiy qonunlarning amal qilish mexanizmi, agrar sohada ishlab chiqarish 
munosabatlarini tadqiq qilishdan iborat. 
“Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti” fanining tadqiqot obyekti 
- bu mamlakat 
qishloq xo‗jaligida turli qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 
tashkiliy iqtisodiy shakllari faoliyatidir. 
“Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti” fanining asosiy maqsadi 
- bozor 
iqtisodiyotining turli bosqichlarida qishloq xo‗jaligi iqtisodiyotining nazariy va 
amaliy masalalari bo‗yicha erkin bozor qonun va qonuniyatlarini 
shakllantirishdir. 
“Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti” ning tarmoq fani sifatidagi vazifalari 
-
agrar sohada ko‗p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish; qishloq xo‗jaligida raqobat 
muhitini yaratish; bozor holati, talab va taklifni tahlil qilgan holda resurslar 
bozorini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish; ilg‗or fan-texnika 
yutuqlaridan 
hamda 
innovatsion 
texnologiyalardan 
foydalanib, 
ishlab 
chiqarishni intensivlashtirishning asosiy yo‗nalishlarini ishlab chiqish; qishloq 
xo‗jaligida investitsion va innovatsion faoliyatning ustuvor yo‗nalishlarini ishlab 
chiqish; qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishni davlat tomonidan tartibga solish 
darajasi va yo‗nalishlarini iqtisodiy jixatdan asoslab berish.
 “Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti” fanning uslubiyati 
- ilmiy bilishning 
tamoyillari, tizimi, yo‗llari va qonun-qoidalardir. Fanning uslubiyati umumilmiy 
va xususiy bo‗ladi. 
“Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti” fanini o„rganish usullari 
- ilmiy 
abstraksiya usuli, induksiya va deduksiya usuli, taqqoslama tahlil usuli
eksperiment (tajriba) usuli, hisob-konstruktiv usuli, iqtisodiy-matematik usuli.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə