Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Asosiy tarmoqlar 
deyilganda xo‗jalik iqtisodiyotida muhim rol 
o‗ynaydigan va tovar mahsulotda eng ko‗p taqqoslama og‗irlikka ega bo‗lgan 
tarmoqlar tushuniladi. Ularning orasidan tovar strukturasidagi ulushi 50% dan 
oshgani asosiy tarmoq sifatida ajralib chiqishi mumkin.
Qo„shimcha tarmoqlar - 
asosiy tovar mahsulotiga o‗xshaydi, lekin ular 
xo‗jalik iqtisodiyotida kamroq ahamiyatga ega, u asosiy tarmoqlarning 
rivojlanishiga yordam beradi. Bu tarmoqlar mavjud ishlab chiqarish 
resurslaridan samaraliroq foydalanish va qo‗shimcha foyda olish imkonini 
beradi.
Yordamchi tarmoqlar - 
notovar, asosiy va qo‗shimcha tarmoqlar 
rivojlanishiga yordam beradi, masalan, ozuqa ishlab chiqarish.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarida qishloq xo‗jaligi tarmoqlaridan boshqa 
yordamchi ishlab chiqarish (ta‘mirlash ustaxonalar, avtogarajlar, suv va energiya 
ta‘minoti va boshqalar), qo‗shimcha sanoat ishlab chiqarish (qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash bo‗yicha qurilish materiallari, taralar va boshqalar) 
bo‗lishi mumkin. Yordamchi ishlab chiqarishning vazifasi shundaki, u butun 
tarmoq va bo‗linmalarning to‗xtovsiz ishlashini ta‘minlaydi. Yordamchi ishlab 
chiqarish qish davrida mehnat resurslaridan to‗liqroq foydalanish va qo‗shimcha 
foyda olishga ham yordamlashishdir.
Qishloq xo„jaligi korxonalari tarmoqlarining oqilona ixtisoslashishi 
quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: 

minimal mehnat va mablag‗ sarfi bilan maksimal daromad olish uchun 
raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarish;


35 

tuproq-iqlim sharoitini hisobga olish;

texnologiya va tashkiliy tomondan bir-biriga bog‗liq tarmoqlarni ustuvor 
rivojlantirish, paxtachilik, g‗allachilik, bog‗dorchilik va asalarichilik, issiqxona 
va ochiq tuproqdagi sabzavotchilik ishlab chiqarishi (parrandachilik, 
bog‗dorchilik va sabzavotchilik, ikkala tarmoq ham sermehnat lekin bularning 
qo‗shib olib borilishi iqtisodiy jihatdan oqlangan);

qishloq xo‗jaligi ekinlarining tarkibiy o‗zgarishlaridan oqilona foydalanish va 
tuproq unumdorligini oshirish;

mehnat, suv resurslari va texnika vositalaridan samarali foydalanish;

ishlab chiqarishning mavsumiyligini yengillashtirish va yil davomida pul 
mablag‗larining maqbul holda tushishini ta‘minlash (2.2.1-jadval). 
2.2.1-jadval 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə