Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Ishlab chiqarish va mahsulot diversifikatsiyasi farqlanadi



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Ishlab chiqarish va mahsulot diversifikatsiyasi farqlanadi. 
 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash bir-biri bilan bog‗liq bo‗lmagan 
ko‗pgina turdagi ishlab chiqarishlarning bir vaqtda rivojlanishi, ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar turini kengaytirish.


40 
Mahsulotlarni diversifikatsiyalash 
- bir xildagi mahsulotni turma-tur 
sonini 
ko‗paytirish. 
Mahsulotlarni 
real 
diversifikatsiyalash 
alohida 
iste‘molchilarning u yoki bu qiziqishlariga javob beradi. Biroq yondosh 
diversifikatsiya ham mavjud bo‗lib, bunda tovarning sifat tasnifi o‗zgarishsiz 
qoladi, faqat dizayn va qadoqlash o‗zgaradi, bozorda esa yangi tovar sifatida 
qimmatroq narxda taklif etiladi. Mahsulotlar diversifikatsiyasi bozorlarda 
turg‗un talab va taklifga nisbatan kuchli raqobatga ega. 
2.3. Qishloq xo„jaligida ishlab chiqarishni konsentratsiyalash 
 
Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini konsentratsiyalash o‗zida ishlab 
chiqarish vositalari va ishlab chiqarish kuchlarining yirik korxonalarga 
to‗planishini bildiradi. Konsentratsiyani chuqurlashtirish - yirik ishlab 
chiqarishning maydalari oldida ustunligi haqidagi amaldagi iqtisodiy qonunga 
bog‗liq obyektiv jarayondir. Yirik qishloq xo‗jaliklarida qishloq xo‗jaligi 
ekinlari hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligi yuqori, mahsulot birligiga 
kamroq xom-ashyo sarflanadi, unga mehnat sarfi va tannarx pastroq, ishlab 
chiqarish esa rentabelliroqdir. Ammo qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini 
yiriklashtirish cheksiz davom etmaydi: ishlab chiqarish kuchlarining har bir 
bosqichdagi rivojlanishida chegaralar mavjud va bunda konsentratsiyaning 
samaradorligi keskin pasayadi. Bu yirik ishlab chiqarishning maydalariga 
nisbatan ustuvorlik qonuni qishloq xo‗jaligida mutloq ahamiyatga ega emas.
 
Qishloq xo„jaligida ishlab chiqarishni konsentratsiyalash quyidagi bir 
necha yo„l bilan amalga oshirilishi mumkin:

markazlashtirish asosida, ya‘ni bir necha mayda korxonalarni bitta yirigiga 
qo‗shib yuborish;

intensivlashtirish yo‗li bilan - o‗zgarmaydigan ekin yer maydoniga 
qo‗shimcha qo‗yilmalar hisobiga qishloq xo‗jaligi mahsulotini ishlab 
chiqarishning ko‗payishi yuz beradi;

korxona ixtisoslashuvini chuqurlashtirish hisobiga - sanoat texnologiyalari 
va mehnatni tashkil qilishning ilg‗or formalarini qo‗llash asosida ma‘lum 
turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‗paytirish;

yer va ishlab chiqarishning boshqa vositalarini ijaraga olish asosida - 
ko‗pgina fermerlar qishloq xo‗jalik ekin yerlarini ijaraga olish hisobiga o‗z 
xo‗jaliklari o‗lchamini kengaytiradilar;

agrosanoat integratsiyasini rivojlantirish hisobiga – bu korxona doirasida 
ishlab chiqarishni saqlash va qayta ishlashni tashkil qilish, binobarin, 
yetishtirilgan hamma mahsulotlardan oqilona foydalanish va ishlab 
chiqarish hajmini oshirish imkonini beradi.

konsentratsiya darajasi ishlab chiqarish hajmi bilan xarakterlanadi. 
Agrosanoat ishlab chiqarishi ko‗rsatkichlari hajmi - yalpi va tovar mahsulot 
qiymati, qishloq xo‗jaligi ekin maydoni, shu jumladan, haydaladigan yerlar 
(yaylovlar), ko‗p yillik ko‗chatlar, asosiy ishlab chiqarish fondining qiymati, 


41 
energitika resurslari va texnikalar mavjudligi, ishchilar soni, chorva moli bosh 
soni va boshqalar.
Korxonalar va ularning ishlab chiqarish bo‗linmalari o‗lchamining asosiy 
ko‗rsatkichlari sifatida yalpi mahsulot qiymatini hisoblash lozim bo‗ladi. Bu 
ko‗rsatkich korxonaning ixtisosi joylashuvi, ishlab chiqarishining jadalligi va 
boshqa o‗ziga xos xususiyatlariga qaramay, o‗lchami bo‗yicha taqqoslashga 
imkon beradi. Korxona o‗lchamlarini taqqoslash uchun yalpi mahsulotni 
taqqoslama narxlarda, boshqa holatlarda esa joriy narxlarda ham aniqlash 
mumkin.
Korxonaning yuqorida sanab o‗tilgan o‗lchamlari ko‗rsatkichlaridan 
qo‗shimcha sifatida foydalanish mumkin. Tovar mahsulotlar qiymati ma‘lum 
darajada korxonaning butunicha o‗lchami tasnifi uchun zarur, lekin ishlab 
chiqarish bo‗linmalari o‗lchamlarini aniqlashda bu ko‗rsatkichlardan 
foydalanilmaydi. Qishloq xo‗jalik korxonasi va uning bo‗linmalari o‗lchamini 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tabiiy holda ifodalangan hajmi bo‗yicha 
aniqlash mumkin. Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarish hajmi natural holda 
ham, qiymat ko‗rinishida ham natijaviy ko‗rsatkichdir. Unga qishloq xo‗jaligi 
ekinlarining hosildorligi, ekin maydonlarining hajmi, chorva mollarining 
mahsuldorligi, chorva mollari bosh soni va boshqalar ta‘sir ko‗rsatadi.
Xo‗jalik va uning bo‗linmalari hajmining eng muhim ko‗rsatkichi ishlab 
chiqariladigan mahsulot hajmiga bevosita ta‘sir o‗tkazadigan qishloq xo‗jaligi 
ekin maydoni hisoblanadi. Bu ko‗rsatkich asosida korxonaning mehnat 
resurslariga, asosiy va aylanma mablag‗larga, kapital qo‗yilmalariga talabi 
aniqlanadi, u shuningdek, chorva molining bosh sonining miqdori asoslarida 
ham hisobga olinadi. 
Ishlab chiqarishning hajmiga asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati 
ma‘lum darajada ta‘sir ko‗rsatadi. Lekin asosiy ishlab chiqarish fondlarini har 
yili qayta baholashga to‗g‗ri keladi. Bu asosiy fondlar qiymatining ortishiga, 
ba‘zan esa, hatto ularni natural ko‗rsatkichlarda qisqarishiga ham olib keladi. 
Ishchilar soni korxonaning hajmini yetarlicha aniq ifodalaydi. Qishloq 
xo‗jaligida kichik korxonalarga 10 nafargacha ishchisi bor korxonalar kiradi, 
sanoatda-100, ulgurji savdoda-50, chakana savdoda-30 nafargacha ishchi bo‗lsa, 
kichik korxona hisoblanadi.
Chorvachilik korxonasining hajmi ma‘lum darajada chorva bosh sonining 
miqdori bilan ifodalanadi. Chorva mollarining soni va mahsuldorligi 
chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmini belgilaydi. Chorvaning bosh 
soni hisobi bilan xo‗jalikning ishchi soniga, chorvachilik inshootlari, ozuqalarga 
talabi hisoblab chiqiladi.
Qishloq xo„jaligi korxonalarining hajmi ko„pgina omillarga bog„liq .
Ular:
- davlatning agrar siyosati, tabiiy-iqlim sharoiti, korxonaning ixtisoslashuvi, 
ASM tarmoqlari moddiy-texnika bazalarining rivojlanishi, mehnat va yer-suv 
resurslari bilan ta‘minlanganligi va boshqalar; 


42 
- mulk shakli va xo‗jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari isloh 
qilinganda qishloq xo‗jaligidagi xususiy sektorga, yani fermer xo‗jaliklarini 
yiriklashtirishga yo‗l qo‗yildi; 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə