|
![](/i/favi32.png) Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018Xolding kompaniyalari
– bu qator qishloq xo‗jaligi, sanoat korxonalari,
hamda sovutgich saqlash, transport, hattoki savdo xo‗jaliklari yig‗indisi bo‗lib,
ular ayniqsa, meva-sabzavot, konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab
chiqarishda
keng
tarqalgan
(masalan,
―O‗zpaxtayog‗sanoateksport‖,
―O‗zmevasabzavot‖, ―O‗zbek-oziq-ovqat‖, ―O‗zagroeksport‖).
Agrosanoat ishlab chiqarishini tashkil etishning shakli – ishlab chiqarish
tizimlaridir. Ular o‗zlarida ma‘lum tur mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash,
saqlash, bosh tashkilotning tashkiliy va texnologik rahbarligi ostida o‗zaro
mas‘uliyat va manfaatdorlik tamoyillari bilan ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‗or
tajribalari, innovatsion texnologiyalar asosida faoliyatning boshqa turlari bilan
ham shug‗ullanishini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar guruhining
shartnomaviy munosabatlarini ko‗rsatadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribalari o‗zaro bog‗liq, lekin yuridik jihatdan
mustaqil faoliyat yurituvchi korxonalarni integratsiyalash zarurligi va maqsadga
muvofiqligini tasdiqlamoqda. Bunday yo‗nalishlardan biri moliya-sanoat
guruhlaridir. Ular tovar va xizmatlar bozori raqobatbardoshligini oshirish va
kengaytirishga, ishlab chiqarish samaradorligining o‗sishiga, yangi ish joylari
yaratishga yordam beruvchi investitsion yoki boshqa loyihalarni amalga oshirish
uchun yuridik jihatdan mustaqil shaxslarni iqtisodiy integrallash asosida
tuziladi.
Agrar sohada moliya-sanoat guruhini tuzish korxonalarga xizmat
ko‗rsatadigan va qayta ishlaydigan qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini oqilona
kooperativlashtirish
uchun
zarur.
Agrosanoat
sohasi
va
moliyaviy
strukturalarning korxonalarini integratsiyalashning turlicha variantlari bo‗lishi
mumkin.
Hamkorlikdagi
faoliyat
haqidagi
shartnoma
asosida
Dostları ilə paylaş: |
|
|