67
1300 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda, shundan 550-600 ming
tonnasi xorijga eksport qilinmoqda. Toshkent paxta yarmarkasi orqali 800 mln.
AQSH dollaridan 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida
paxta tolasidan tushadigan
tushumni tashkil qilmoqda (3.1.1-jadval).
Demak, mamlakat eksport salohiyatini belgilovchi muhim ko‗rsatkich
bo‗yicha qishloq xo‗jaligi bilan ―O‗zbekoziq-ovqat‖, ―O‗zbekmeva-sabzavot
kartoshka
va
poliz
hamda
uzum‖,
―O‗zagroeksport‖,
―O‗zpaxtayog‗sanoateksport‖ xolding kompaniyalarining salmog‗i katta. Bu
yaxshi, lekin kelajakda paxta tolasini chetga sotishning maqsadga muvofiq
miqdorini saqlagan holda uni qayta ishlab, iste‘mol uchun tayyor aholi iste‘moli
tovarlari eksportga chiqarilishini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratish lozim.
Shu
bilan birga, qishloq xo‗jaligida sabzavot, poliz hamda bog‗dorchilik,
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirib, olingan sifatli,
ekologik jihatdan toza hisoblangan tayyor mahsulotlarni ham xorijiy davlatlarga
sotishni rivojlantirishga alohida e‘tibor berish vaqti keldi.
Bu muammoni hal etish jarayonida
respublikada qayta ishlash
tarmoqlarining rivojlanishi, yangi ish joylarining
tashkil etilishi va savdo
sohalarining taraqqiyotini ta‘minlanaydi. Natijada nafaqat iqtisodiy,
balki
aholini ish bilan ta‘minlashdek ijtimoiy ahamiyatga molik bo‗lgan muammo
ham ma‘lum darajada hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: