71
siyosatining qo‗llanishi ham bu sohada amalga oshirilayotgan tadbirla rning
nechog‗liq to‗g‗ri ekanligidan dalolat beradi (3.4.1-jadval).
Shu bilan bir qatorda milliy oziq-ovqat ta‘minotini ta‘minlovchi
kompleks
choralar
ishlab
chiqish
―O‗zbekoziq-ovqat‖
holding
kompaniyalari oziq-ovqat mahsulotlari ta‘minotidagi murakkablik tashkilot
va oziq-ovqat mahsulotlarining xorijdan xarid qilishga bog‗liq bo‗lib qolish
mumkinligi kabi muammolarga yechimlar topish
bugungi kundagi dolzarb
masalalardan biri bo‗lib turibdi.
Ularga erishish uchun muhim yo‗nalishlar quyidagicha ifodalanadi:
mamlakat va hududiy oziq-ovqat mahsulotlari fondini oziq-ovqat mahsulotlari
va xom-ashyoning asosiy turlari bilan to‗liq hajmda shakllantirish hamda
agrosanoat majmuini eksportga yo‗naltirish uchun
ishlab chiqarishni yetarli
darajada barqaror rivojlanishini rag‗batlantirish;
oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish qobiliyatini oila byudjetidan sarf
qilinadigan xarajatlar miqdorini 30-35 foizgacha qisqartirgan holda tibbiy
meyorlar bo‗yicha (3500 kkl/kun) iste‘mol qilish darajasigacha ko‗tarish;
oziq-ovqat, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari (paxta-tola)
eksporti hisobiga
yetishmayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyo importi uchun zarur
valyuta resurslari zaxirasini yaratish va uning tarkiblarini takomillashtirish;
oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‗zini-o‗zi ta‘minlash darajasini barqaror
oshirish, import hajmini qisqartirish va import o‗rnini
bosuvchi ishlab
chiqarishni rivojlantirishni ta‘minlovchi tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar
qabul qilish.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqarorligi va kelajakdagi
o‗sishi ichki bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‗jaligi xom-
ashyosiga talab va taklifni barqarorlashtirish
hamda jahon bozorida faol
faoliyatini amalga oshirishga bog‗liq.
Bunda davlatning agrar siyosati agrosanoat majmuini, jumladan, oziq-
ovqat mahsulotlari quyi majmui tarmoqlarini va mahsulotlarning
aniq turlarini
ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiy qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan choralar
tizimini ishlab chiqishga qaratilgan bo‗lishi lozim.
Bu siyosatning ustivor vazifasi – mamlakatni ijtimoiy rivojlantirish va
iqtisodiy o‗sishi hamda importni ratsional darajada qisqartirgan holda
agrosanoat majmuini eksportga yo‗naltirish uchun mos ravishda zarur bo‗lgan
hajmlarda aholini
oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatni xom-ashyo bilan
ta‘minlash bo‗yicha samarali agrosanoat ishlab chiqarishini yaratishdir.