Aholi jon boshiga to„g„ri keladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish dinamikasi
14
Davlat oziq-ovqat siyosatining asosiy yo‗nalishlari ustuvor vazifasini
amalga oshirishda quyidagi vazifalar hal qilinishi lozim:
agrosanoat
ishlab
chiqarishini
rivojlantirishning
dasturiy-meyoriy
hujjatlarini hamda aniq dasturlarni davlat va hududlararo miqyosdagi qisqa va
o‗rta muddatli tadbirlarga ajratgan holda ishlab chiqish va amalga oshirish;
oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyo resurslarini, tovar ishlab
chiqaruvchilarni iqtisodiy rag‗batlantirish va bozor infrastrukturasini rivojlantirish
asosida shakllantirishning samarali mexanizmini joriy qilish, jahon bozorida
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini jadallashtirishni ta‘minlash
maqsadida tashqi iqtisodiy siyosatni erkinlashtirish;
agrar-iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish
evaziga
narxlar
va
daromadlar mutanosibligi, takomillashgan soliq, kredit, sug‗urta va boshqa
omillarni ta‘minlash uchun qishloq xo‗jaligi va sanoat mahsulotlari o‗rtasidagi
narxlash munosabatlarini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish, agrosanoat
14
Manba: O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‗mitasi ma‘lumotlari asosida hisoblangan.
Mahsulot
turi
O„lchov
birligi
2000 y 2012 y
2013 y
2014 y
2015 y
2016 y
2016 yilda
2000 yilga
nisbatan, %
Don
kg
159
253,0
258,1
260,1
261,9
259
162,9
Kartoshka
kg
30
69,2
74,4
76,3
77,1
93
310,0
Sabzavot
kg
107
261,5
281,6
291,3
294,4
354
330,8
Meva va
rezavor
kg
32
69,1
74,8
76,2
77,3
96
300,0
Uzum
kg
25
40,6
43,7
45,3
46,3
55
220,0
Poliz
kg
18
47,8
51,5
60,1
65,3
64
355,6
Go‗sht
(tirik
vaznda)
kg
34
56,3
59,1
62,3
63,1
68
200,0
Sut
kg
147
246,2
260,7
270,3
275,4
305
207,5
Tuxum
Dona
51
130,4
144,8
150,3
153,1
193
378,4
73
ishlab chiqarishini indikativ rejalashtirish va bashorat qilishning zamonaviy
tizimini yaratish;
sohani
modernizatsiyalash
natijasida
yer-suv
munosabatlarini
takomillashtirish, yerdan foydalanishda davlat nazoratini kuchaytirish; yirik
tovar ishlab chiqarishning buzilgan quvvatlarini tiklash, xo‗jalik yuritishning
barcha shakllarida huquqiy va iqtisodiy tenglikni ta‘minlash;
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishda
agroservis xizmatida, savdo va kreditlashda mulkchilikning turli shakllaridagi
korxonalarning kooperatsiya va integratsiyasini rivojlantirishni rag‗batlantirish;
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta
ishlashning
samarali,
energiya
quvvatlari
va
resurslarni
tejaydigan
texnologiyalarni keng qo‗llash, agrosanoat majmuini davlat siyosatining yagona
obyekti sifatida tashkiliy-huquqiy jihatdan rasmiylashtirish va ajratish,
boshqaruv tizimini takomillashtirish;
agrosanoat ishlab chiqarish va ASM ni yuritish tizimini rivojlantirishning
hududiy dasturini ishlab chiqish va tadbiq qilish asosida oziq-ovqat
mahsulotlari muammolarini yechishda hududlarning ahamiyatini kuchaytirish
va hokazo.
Mamlakat oziq-ovqat ta‘minotini yaxshilashda dastlabki qadamlar
mahsulot ishlab chiqaruvchilar va davlat boshqaruvi o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlarni faollashtirish hisoblanadi.
Bu
jarayon
bevosita
qishloq
xo‗jaligi
mahsulotlari
ishlab
chiqaruvchilariga bog‗liq holda amalga oshirilishi lozim, biroq u davlat va
mahalliy darajadagi qo‗llab-quvvatlashni talab etadi. Birinchi navbatda
davlatning ishtiroki ulgurji oziq-ovqat mahsulotlari bozori infratuzilmalarining
kapital sig‗imini yaratishda moliyalashtirish uchun juda zarur: mahsulotlarni
saqlash bazalari, unga ishlov berish, saralash va tashish, shuningdek,
axborotlar bilan ta‘minlash shular jumlasidandir.
Respublikada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini
oshirish va import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari darajasini pasaytirish
uchun quyidagi choralar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur:
oziq-ovqat ta‘minoti konsepsiyasini, ichki bozorni mahalliy ishlab
chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗ldirishning respublika va
hududiy dasturini ishlab chiqish;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining o‗sishini ta‘minlash va
ushbu mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini
oshirish uchun ishlab chiqarish omillaridan (texnologiya, xom-ashyo,
materiallar, qishloq xo‗jaligi resurslari)dan foydalanish samaradorligini
oshirish choralari;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarayotgan tarmoqlarni ishlab chiqarish-
texnologik qurollantirishni tezlashtirish uchun chet el investitsiyalarini jalb
qilish bo‗yicha choralar;
74
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‗yicha zamonaviy va innovatsion
texnologiyalarga egalik qilish uchun valyuta bozorlarini shakllantirish asosi
sifatida mahalliy xom-ashyodan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari
eksporti hajmini oshirish bo‗yicha choralar;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qishloq xo‗jaligi va agrosanoat
majmui tarmoqlarida bozor va tarkibiy o‗zgarish va diversifikatsiyalashni
chuqurlashtirish bo‗yicha choralar;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‗yicha zamonaviy mahalliy qayta
ishlovchi uskuna va innovatsion texnologiyalarni yaratish bo‗yicha choralar
va boshqalar.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarini qayta tashkil qilish jarayonida qishloqda
xususiy mulk sinfi shakllandi. Bundan tashqari, sho‗rolar davrida iste‘molining
80 foizi import hisobidan ta‘minlab kelingan mamlakatimiz o‗ta qisqa fursat
ichida g‗alla mustaqilligiga erisha oldi. Natijada g‗alla yetishtiriladigan
maydonlar salkam to‗rt baravar yoki 1451,6 ming gektarga, sug‗oriladigan
yerlarda esa bevosita 3,8 baravar yoki 1563,7 ming gektarga yetdi. Paxta ekin
maydonlari 348,1 ming gektarga qisqardi. Sug‗oriladigan yerlarda qishloq
xo‗jaligi ekinlarini yetishtirish ilmiy asoslangan parametrlarga yaqinlashtirildi:
ekin maydonlari tarkibida g‗alla ekinining ulushi 40,6 foizga, paxta
maydonining ulushi esa 43,6 foizga yetkazildi.
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganidek,
―Paxta yetishtirish hajmini 350 ming tonnaga qisqartirish hisobidan 170 ming
500 gektar sug‗oriladigan yer paxtadan bo‗shaydi. Bu jarayonda, albatta, avvalo
mamlakatimiz bo‗yicha paxta hosildorligi gektaridan o‗rtacha 26,1 sentnerni
tashkil etib turgan bir paytda hosildorligi 12-15 sentnerdan oshmaydigan past
bonitetli yerlarni paxtadan bo‗shatishga e‘tibor qaratiladi. Asosan sho‗rlangan,
shuningdek, paxta yetishtirishga yaroqsiz bo‗lgan tog‗oldi yerlariga g‗o‗za
ekilmaydi.
Bunday qarorga kelishimizning yana bir sababi borki, u ham bo‗lsa,
so‗nggi yillarda jahon bozorida paxta tolasining narxi va unga bo‗lgan talabning
keskin pasayib ketishi bilan bog‗liqdir.
Paxtadan bo‗shagan ekin maydonlarida avvalo, sabzavot va kartoshka,
shular qatorida ozuqa ekinlari, yog‗-moy olinadigan va boshqa o‗simliklar
ekiladi, bog‗ va uzumzorlar barpo etiladi‖.
15
Demografik jarayonlar hamda yer-suv resurslari taqchilligi yanada
murakkablashib borayotgan bir sharoitda hosildor ekin maydonlari tarkibining
bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib o‗zgartirilishi sabzavot, kartoshka
mahsulotlari miqdorining ko‗payishi bilan bir qatorda, don va dukkakli
15
Karimov I.A.Bosh maqsadimiz–mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va
tadbirkorlikka yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir// Хalq so‗zi, 2016yil 16 yanvar.
75
o‗simliklar, sabzavot, poliz, meva va uzum mahsulotlarining turlari hamda
assortimenti kengayishiga asos bo‗lib xizmat qildi.
Mustaqillik sharofati bilan moyli ekinlarga bo‗lgan munosabat ijobiy
tomonga
o‗zgardi.
Ya‘ni,
paxta
yakkahokimligi
sharoitida
ilgari
mamlakatimizda yetishtirilmagan yoki yetarli e‘tibor berilmagan kungaboqar,
saflor, soya va qand lavlagi kabi moyli ekinlar maydonlari sezilarli darajada
ko‗paydi. Ushbu ekinlarni qayta ishlovchi maxsus ishlab chiqarish korxonalari
tashkil etildi.
Erishilgan natijalar raqamlarda ifoda etiladigan bo‗lsa, istiqlol yillarida
don mahsulotlarini yetishtirish 6,5 baravar, kartoshka – 3,8 baravar, sabzavot,
meva, uzum – 3,2 baravar, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish o‗rtacha 1,5 –
1,8 baravarga ko‗paydi.
Yurtimiz asrlar davomida oziq-ovqat mahsulotlari bilan nafaqat o‗zini
o‗zi to‗la boqib kelgan, balki qo‗shni davlatlarga eksport ham qilib kelgan.
Lekin mustamlaka davrida O‗zbekiston sobiq tuzum yengil va to‗qimachilik
sanoatini arzon va sifatli paxta-xomashyosi bilan ta‘minlovchi bazaga
aylantirildi. Shu bois, yurtimizga oziq-ovqat mahsulotlarining muayyan qismi
boshqa respublikalardan olib kelina boshlandi. 2001 yilga kelib O‗zbekiston
yana don eksport qilish darajasiga yeta oldi.
O‗zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy eksporti hajmida oziq-
ovqat mahsulotlarining ulushi 2000 yilda atigi 3,5 foizni tashkil etgan bo‗lib,
2015 yilda u 12,5 foizga yetdi. Va aksincha, davlatning oziq-ovqat importiga
qaramlilik darajasi qisqarishi kuzatilmoqda. Ya‘ni 2000 yilda oziq-ovqat
mahsulotlari importi 10,5 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2015 yilda mazkur
ko‗rsatkich 6,1 foizga tushdi. Bunday natijaga nafaqat meva, sabzavot-poliz,
konserva kabi mahsulotlarni keng hajmda ishlab chiqarilishi, balki un-non,
go‗sht va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga ham erishildi.
Mamlakat agrar sektori ertapishar va tezpishar meva hamda sabzavot,
poliz, yong‗oq, pista-bodom kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishda katta
salohiyatga ega. Takliflar ichki talabdan yuqori bo‗lib, eksport hajmini oshirish
uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Shu bois, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish
maqsadida dehqon va fermer xo‗jaliklari yetishtirgan meva-sabzavot
mahsulotlarini sotib olish, ichki va tashqi bozorga olib chiqish va qayta ishlashni
qo‗llab-quvvatlash maqsadida fermerlarning agrofirma kabi ixtiyoriy
uyushmalari yana qaytadan tashkil qilindi. Agrofirmalar xorijiy davlatlarga
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini eksport qilish hajmlarining ko‗payishiga
muayyan hissa qo‗shishmoqda. Masalan, birgina 2015 yilning o‗zida mavjud
201 ta agrofirmaning 73 tasi yil davomida 49 ming tonnaga yaqin mahsulot
eksport qilishga erishdi.
Alohida ta‘kidlash lozimki, O‗zbekiston nafaqat xo‗jaliklararo va
agrosanoat kooperatsiyalari hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlamoqda,
76
balki u MDH davlatlari oziq-ovqat bozoriga ham o‗zining munosib hissasini
qo‗shib kelmoqda.
Hukumatimiz agrar sohaning barqaror rivojlanishi uchun katta ko‗mak
berib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |