69
texnika yog‗lari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shu majmua
rivojlanishi bilan aholining yashash sharoiti yaxshi tomonga o‗zgaradi.
Bunda
aholining zarur bo‗lgan boshqa buyumlar, vositalar, shuningdek, uy-joy bilan
ta‘minlanishi, unga turli xildagi xizmatlar ko‗rsatilishi va boshqalar ham
e‘tiborga olinishi kerak.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlanishi davlatning oziq-
ovqat xavfsizligiga ham bog‗liq. Chunki mamlakat miqyosida oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi unga bo‗lgan mamlakat ehtiyoji tashqi
omillarga (chet el davlatlariga) bog‗lanmagan holda ta‘minlashi lozim. Buning
natijasida, mamlakat miqyosida siyosiy-iqtisodiy
hamda ijtimoiy barqarorlik
ta‘minlanadi. O‗zbekiston Respublikasi sobiq SSSR tarkibida bo‗lgan davrda
uning un va un mahsulotlariga bo‗lgan talabi asosan chetdan keltiriladigan
mahsulotlar evaziga qondirilardi. Bu holatni respublika mustaqilligi davrida
saqlab qolish mutlaqo maqsadga muvofiq emas edi. Shuning uchun ham
respublika hukumati o‗tish davrining birinchi yillaridan boshlab, g‗alla
mustaqilligi siyosatini amalga oshirdi. Bunga erishish uchun samarali
hisoblangan paxta xom-ashyosi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga harakat
qilindi. Hozirgi davrda mahsulotning bu turi chet eldan sotib olinayotgani yo‗q,
chunonchi, bu borada ham davlat xavfsizligiga erishilmoqda, lekin hozirgi
davrda respublika aholisining go‗sht va go‗sht mahsulotlari, sut va sut
mahsulotlari, yog‗ mahsulotlari bilan ta‘minlanish darajasi tibbiyot normativiga
nisbatan past. Bu masalani hal etish maqsadida agrosanoat majmuasi markaziy
bo‗g‗ini hisoblangan qishloq xo‗jaligining barcha tarmoqlarini intensiv
rivojlantirishga alohida e‘tibor berilmoqda. Bunda chorvachilik tarmoqlarini
ustuvor
sur‘atlarda
rivojlantirishga
harakat
qilinmoqda.
Jumladan,
parrandachilikni sanoat negizida rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Qoramolchilik, qo‗ychilik bilan shug‗ullanadigan nodavlat korxonalari uchun
har tomonlama iqtisodiy imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularni moliyaviy
mablag‗lar bilan barqaror ravishda ta‘minlash maqsadida imtiyozli kreditlar
berish yo‗lga qo‗yilmoqda, soliq imtiyozlari berilmoqda, ularning ishlab
chiqarishlari uchun zarur bo‗lgan chet ellardan keltirilayotgan vositalar bojxona
to‗lovlaridan ozod etilmoqda. Bularning hammasi xalq iste‘moli mollari
miqdorini ko‗paytirishga yo‗naltirilgan tadbirlar hisoblanadi.
Aholining oziq-ovqat va xalq iste‘moli tovarlari bilan ta‘minlanishini
yuksaltirish uchun eng avvalo, agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha
tarmoqlarning
moddiy-texnika
bazasi
mustahkamlanishini,
fan-texnika
yangiliklari hamda ilg‗or, samarali va innovatsion texnologiyalarning ishlab
chiqarishga izchil joriy etilishini o‗zaro bog‗liq holda ta‘minlash zarur. Shu
bilan birga majmua tarkibidagi qayta ishlash tarmoqlari ko‗lamini kengaytirib,
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini ko‗paytirib, ularning
raqobatbardoshligini ta‘minlab, sifatni saqlab, aholiga o‗z vaqtida yetkazib
berilishiga erishish lozim.
70
Yuqorida ta‘kidlangan muammolarni hozirgi zamon talabi darajasida hal
etish uchun:
agrosanoat majmuasi tarkibidagi mashinasozlik, neft,
kimyo va boshqa
sanoat tarmoqlarining qishloq xo‗jaligini va uning mahsulotlarini qayta
ishlovchi tarmoqlarni arzonroq, sifatli, raqobatbardosh, unumdor ishlab
chiqarish vositalari bilan ta‘minlashlari;
qishloq xo‗jaligi tarmoqlari mavjud bo‗lgan barcha ishlab chiqarish
vositalaridan oqilona foydalangan holda talabni qondiradigan miqdorda
sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishlari;
qishloq xo‗jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta‘minlash maqsadida ularga
turli xildagi xizmatlarni vaqtida, sifatli va arzon narxlarda amalga oshirish,
jumladan,
ekinlarni suv bilan, texnikalar, kimyoviy vositalar, o‗g‗itlar,
ozuqa-yem, yoqilg‗i, yonilg‗ilar bilan ta‘minlash, texnikalarni ta‘mirlash va
xizmatlar ko‗rsatish;
qishloq xo‗jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni nobud etmasdan, vaqtida
sifatli tayyorlab, qayta ishlab, tayyor holda iste‘molchilarga yetkazib
berilishini ta‘minlash lozim. Bunda mahsulotlarni sotib olib, qayta ishlash
korxonalari ko‗lamini rivojlantirishga alohida e‘tibor berish lozim.
Respublika Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganlaridek,
qishloqqa sanoatni olib
kirish kerak. Shu bilan tarmoqdagi aholining ish bilan ta‘minlanishi va real
daromad olishi uchun katta imkoniyat yaratiladi;
respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o‗rtasidagi barcha
o‗zaro munosabatlarni (baholar, soliqlar, to‗lovlar) takomillashtirishga va
ularni erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlarni hamma bo‗g‗inlarda ishlab
chiqib, ularning hayotga tatbiq etilishini ta‘minlashga erishish kerak.
Bu tadbirlar tufayli aholining oziq-ovqat hamda iste‘mol tovarlari bilan
tibbiyot meyorlari darajasida ta‘minlanishiga erishiladi. Bu hol davlatning oziq-
ovqat xavfsizligi ta‘minlanganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: