|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўртаrespublika agrosanoat majmuasining yalpi mahsuloti18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018respublika agrosanoat majmuasining yalpi mahsuloti,
bu
majmua tarkibidagi tarmoqlar korxonalari bir yil mobaynida ishlab chiqargan
tayyor mahsulot va ko‗rsatgan xizmatlar miqdoridan tashkil topadi. Yalpi
mahsulotning miqdori har bir tarmoq bo‗yicha absolyut, ya‘ni natural
ko‗rsatkichlar yordamida hisoblanadi (tonna, dona, banka, litr, shisha idishda,
tonna.km, et.gektar). Bu ko‗rsatkichlar yordamida agrosanoat majmuasidagi
tarmoqlar yalpi mahsulotining miqdori alohida-alohida aniqlanib, avvalgi
yillardagi raqamlar bilan taqqoslanib, tarmoqlarning qanday holatdaligi
aniqlanadi. Masalan, qishloq xo‗jaligi mashinasozligi korxonalari 2000 yilda
2286 dona traktor, 206 dona paxta terish mashinalari ishlab chiqargan bo‗lsa,
2015 yilda esa 2340 dona traktor va 540 donadan paxta terish mashinalari ishlab
chiqargan. Bu raqamlar shu muddatda tarmoq mahsulotlarining ko‗payib
borayotganligini isbotlaydi. Shu yillarda qishloq xo‗jaligida g‗alla yetishtirish
2,8 mln tonnadan 7,3 mln. tonnaga yetgani uning hajmi 2,6 martaga oshganligini
ko‗rsatadi. Natijada non va non mahsulotlari ishlab chiqarishi sezilarli darajada
ko‗paydi. Paxta xom-ashyosi yetishtirish hajmi 2000-2015 yillarda 3,6 mln.
tonnadan 3,3 mln. tonnaga tushgan, ya‘ni 9,2 foizga kamaygan. Shuning
natijasida, paxta tolasining miqdori ham 1,2 mln tonnadan 1,05 mln tonnaga
tushgan yoki 12,5 foizga kamaygan. Bunday hol o‗simlik yog‗i, sovun ishlab
chiqarish hajmining kamayishiga olib kelgan. Shu yillarda spirtli ichimliklar
ishlab chiqarish nisbatan oshgan.
O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganidek,
…..2020-yilgacha paxta xom-ashyosini yetishtirish va uni davlat tomonidan
xarid qilish hajmini 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-
bosqich qisqartirish haqida so‗z bormoqda.
Hisob-kitoblar shuni ko‗rsatmoqdaki, shunday hajmdagi yetishtiriladigan
paxta hosili, bir tomondan, xom-ashyoni o‗zimizda chuqur qayta ishlashni
inobatga oladigan bo‗lsak, avvalo, to‗qimachilik va yengil sanoatning ana shu
xom-ashyoga bo‗lgan ehtiyojini nafaqat to‗la ta‘minlaydi, balki O‗zbekistonning
jahon bozoriga paxta tolasi va undan tayyorlanadigan mahsulotlar yetkazib
beradigan mamlakat sifatidagi mustahkam mavqeini saqlab qolish imkonini ham
beradi‖.
Lekin bu natural ko‗rsatkichlar agrosanoat majmuasining umumiy holatini
ifodalay olmaydi. Buning uchun agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining
qiymatini aniqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: |
|
|