Komissiya shartnomasi – ho‗l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot
mahsulotlari ―O‗zagroeksport‖ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi
tomonidan xorijiy sheriklar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri tuzilgan eksport
shartnomalari, shuningdek fermer va dehqon xo‗jaliklari, agrofirmalar va qayta
ishlash korxonalari o‗rtasida tuziladigan komissiya shartnomalari hisoblanadi.
ASMning iqtisodiy mexanizmi tovar ishlab chiqaruvchilarni o‗zida
mujassam etadi. Asosiy maqsad ularni ishlab chiqarish va investitsiya
faoliyatiga bo‗lgan motivatsiyasini kuchaytirish mexanizm asosini narx va
moliya-kredit munosabatlarining o‗zaro bog‗liqligi tashkil etadi. Uning asosiy
vositalari– baho, soliqlar, kredit, sug‗urta hisoblanadi.
ASM iqtisodiy mexanizmi qishloq xo‗jaligi va sanoat o‗rtasidagi teng
almashinuvni, mahalliy ishlab chiqarishni samarali rivojlantirish hisobiga
mahsulot bozorlarini to‗yintirishni ta‘minlab berishi kerak.
Bozor sharoitida qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishda yuqori
samaradorlikka faqatgina iqtisodiy jihatdan asoslangan narx siyosati orqali
erishish mumkin. Chunki narx nafaqat bozor muvozanati orqali, balki ishlab
chiqarish xarajatlari va har bir tovar ishlab chiqaruvchining iqtisodiy
imkoniyatlari uyg‗unligidan tashkil topadi.
Tovar ishlab chiqaruvchi uchun shu narsa muhimki, sotish baholari foyda
olish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish imkonini
berishi lozim. Biroq ayrim qishloq xo‗jaligi mahsulotlari narxlari hamma vaqt
ham yetarlicha rentabellikka ega emas, ayniqsa chorvachilikda sarflagan mehnat
va moddiy xarajatlarni oqlamaydi.
3.3. Agrosanoat majmuasida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko„rsatkichlari darajasi Respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlarning tashkiliy,
texnikaviy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy o‗zaro bog‗lanishi, ya‘ni
integratsiyalashuvi natijasida mehnat taqsimoti amalga oshirilmoqda. Bu hol
agrosanoat majmuasi ixtiyoridagi barcha resurslardan, shu jumladan
cheklanganlaridan ham samarali foydalanilishni ta‘minlashga, texnika va
innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga, ishlab chiqarish jarayonlarini
tarkibiy o‗zgartirish va diversifikatsiyalash hamda mexanizatsiyalashtirishga,
avtomatlashtirishga,
elektrlashtirishga,
kompyuterlashtirishga
hamda
tarmoqlarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan. Ularning talab
darajasida amalga oshirilishi natijasida xaridorgir, raqobatbardosh oziq-ovqat
hamda xalq iste‘moli mollari ishlab chiqarish hajmi ortadi. Ular iste‘molchilarga
sifatli va qulay usullar bilan yetkazib berilishi natijasida aholining shu
mahsulotlar bilan ta‘minlanishi darajasi ortib, majmua tarkibidagi tarmoqlarning
foydalari ko‗payadi. Natijada agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorligi
yuksaladi.
65
Agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorlik darajasini qator
ko‗rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin.
Jumladan,