66
Yalpi mahsulot qiymatini hisoblashda mahsulotlarning bir necha marta
hisobga olinishini bartaraf etish maqsadida agrosanoat majmuasining barcha
tarmoqlarida yaratilgan qo‗shilgan qiymat summasini
hisobga olish maqsadga
muvofiqdir. Chunki, qo‗shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va
iste‘mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati (amortizatsiya summasidan
tashqari) chiqarib tashlanganidan so‗ng qolgan qismining bozor baholaridagi
qiymatidir. Majmua yalpi mahsulotining haqiqiy
baholardagi qiymatini
respublika yalpi milliy mahsuloti tarkibidagi salmog‗ini aniqlab, uning
mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi va o‗zgarishini ham aniqlash mumkin. Agarda
agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining respublika yalpi milliy mahsulotidagi
salmog‗i o‗sayotgan bo‗lsa, yalpi milliy mahsulot oshgan holda majmuaning
mamlakat iqtisodiyotidagi o‗rni yuksalayotganligidan dalolat beradi. Agrosanoat
majmuasi yalpi mahsulotining haqiqiy baholarda
hisoblangan qiymatidan shu
yildagi asosiy iqtisodiy ko‗rsatkichlarni, jumladan, ishlab chiqarishning
rentabellik darajasini,
mehnat unumdorligini, fondlar qaytimini aniqlashda
foydalanish mumkin. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyotining qator yillardagi
o‗zgarishini aniqlash uchun uning yalpi mahsuloti qiymatini o‗zgarmas, ya‘ni
qiyosiy baholarda aniqlash maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda qiyosiy baho
sifatida 2003 yildagi o‗rtacha baholar olinmoqda.
Shu tartibda yalpi
mahsulotning qiymati aniqlanib, uni avvalgi yillardagi raqamlar bilan taqqoslash
orqali agrosanoat majmuasi yalpi mahsuloti qiymatining o‗zgarishini aniqlash
mumkin. Shunday qilib, yalpi mahsulot qiymatiga va boshqa ko‗rsatkichlar
darajasiga baholar o‗sishining ta‘siri bartaraf etiladi. Agrosanoat majmuasi yalpi
mahsulotining 2003 yil baholaridagi qiymati majmuaning real yalpi mahsuloti
ekanligidan dalolat beradi. Shu real yalpi mahsulot qiymati ko‗rsatkichidan
foydalangan holda agrosanoat majmuasida qator yillardagi mehnat unumdorligi,
fondlar qaytimi, sig‗imi kabi ko‗rsatkichlar
darajasini aniqlab, ularning
o‗zgarishini ham bilib olish, bu ko‗rsatkichlarni majmua tarkibidagi tarmoqlar
miqyosida aniqlab, ularning o‗zgarishini tahlil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: