Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


-rasm: Daraxtlarning yo‘ldagi transport shovqinlarini to‘sishi



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə18/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

3.1-rasm: Daraxtlarning yo‘ldagi transport shovqinlarini to‘sishi
Daraxtlarning o‘sishiga bog‘liq hoda ularni butash, ularga shakl berish ishlarini amalga oshirishda albatta, yonga shoxlash darajasi inobatga olinadi. Bunig asosiy ma’nosi shuki, daraxtlar faqat piyodalar yo‘lagi yoki asosiy yo‘l qirg‘og‘iga chiqib turadigan holati oldi olinishida yon shoxlar ortiqcha chiqib ketishiga qarshi butaladi. Ikkinchi ihota maydonidagi daraxtlar yon shoxlari keng bo‘lishi shovqin to‘silishida katta rol o‘ynaydi.
O‘tkazilgan shovqin va is gazining analitik usulda tahlil qilindi. Buning uchun quyidagi asbob va materiallar tanlab olindi:
1. Shovqinni o‘lchash uchun:
1) Mikrofonli VSHV-1 markali shovqin o‘lchagich, internetdagi “NOISE” programmasi(telefon orqali).
2) Shovqinni o‘lchash maydonida o‘lchash aniqligini faqlash uchun gazlamali ekran qurilmasi(Ko‘chma ekran to‘siq).
2. Zararli is gazini o‘lchash uchun:
1) UG-2 universal gaz analizatori.
3. Zararli chang miqdorini daraxt barglaridagi ushlab qolinishidagi changlar miqdorini aniqlash uchun:
1) Kimyoviy stakanlar, distillangan suv;
2) Analitik tarozi;
3) Shisha voronka, qog‘oz filtr.


Shovqinni o‘lchash
Shovqinni aniqlash uchun dastlabki bosqichda NamMQI 1-bino, o‘ng qanot 6-qavatidagi yo‘l tomndagi 606-auditoriyada Mikrofonli VSHV-1 markali shovqin o‘lchagich orqali shovqinni o‘lchashga sozlash ishlari amalga oshirildi. Bunda asosan mikrofonni ulash, asbobni 220 V kuchlanishli elektr tarmog‘iga ulash bajarilib, tekshirish ishlari amalga oshirildi. Bunda xonadagi uchta deraza ochib qo‘yilgan holda 6 marta tekshirildi: 1- 55 Db, 2- 53, 3- 56 Db o‘lchamdagi kattali olindi. Demak, o‘rtacha K 55 desibell o‘lchamdagi shovqin kattaligini ko‘rsatdi. Shovqin o‘lchashni o‘lchash aniqligini farqlash uchun VSHV-1 mikrofoni oldiga gazlamali ekran qurilmasi(Ko‘chma ekran to‘siq) qo‘yib tekshirib ko‘rildi. Bunda shovqin kattaligi o‘rtacha K = 51 Db ni ko‘rsatdi. Demak shovqin o‘lchovchi asbob to‘g‘ri ishlaydi deb xulosa chiqarish mumkin.
Derazalar yopiq holatida shovqinning o‘lchami o‘rtacha K=45 Db bo‘ldi. Tajribani asosan transport vositalari I.Karimov shoh ko‘chasida intensiv harakatlanish davrida olindi. Tajriba bir necha bor asosan institut kirish joyidagi svetofor yashil chirog‘i davrida olindi. Bunda internet tarmog‘i orqali “NOISE” programmasi kimyoviy shtativga o‘rnatilgan holatda ishlatish yaxshi natija berdi.
So‘ngra internetdagi “NOISE” programmasi (telefon orqali) tekshirish o‘tkazilganida ham shu kattalikdagi shovqin o‘lchami olindi.
Shovqinni bevosita yo‘l qirg‘og‘idagi piyodalar yo‘lagida internetdagi “NOISE” programmasi orqali transport intensivligi bo‘yicha olindi. Bunda 69, 87, 85, 80, 75 Db kattaliklar olindi. Bu bilan bino ichiga kirib boruvchi shovqinlar binoning yo‘ldan uzoqlik masofasi 70 m bo‘lganligi uning bino ichiga kirib borishidagi kattaliklarining pasayishiga olib keladi.
Tekshirishni bevosita ochiqlik va ihota daraxti bor joyga nisbatan o‘tkazdik:
2-qavatda ma’naviyat bo‘limi xonasida derazani ochib aniqlanganida K2=62 Db, deraza yopiq holatda K=53 Db o‘lchamni ko‘rsatdi. Shovqinning yuqori bo‘lishiga sabab institutning shu xona oldida ihota maydoni daraxti yo‘q(institut binosiga kirish zinapoyasi to‘g‘risida joylashgan)
2-qavatda Institut ichki nazorat bo‘limi xonasida tajribani o‘tkazdik. Deraza ochiq holatda shovqin kattaligi deraza ochiq holatda K3=47 Db, yopiq holatda 30 Db ni ko‘rsatdi. Sababi, deraza AKFA markali bo‘lganligi uchun tashqaridan shovqin kirish darajasi kamayish darajasi yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi. Bu yerda ushbu xona oldidagi 1-2- va 3- ihota maydonlarida daraxtlar ekilgnligi tufayli, shovqin kattaligi 62 Db dan 47 Db ga qadar tushganligini ko‘rish mumkin. Ihota maydonidagi daraxtlar reja asosida ekilmagan, birinchi ihota maydonida yosh daraxt, ikkinchi ihota maydonida tog‘ archasining zich bargli shoxlagan holati, 3-ihota maydanidagi darahtlar siyrak. Demak, hozirgi holatda shovqin ixota daraxti yo‘q holatning ihota daraxti bor holatiga nisbatan o‘lchangan joyga nisbatan 25 % dan ortiq darajada to‘silishiga erishildi. Xulosa berish mumkinki, ihota maydoni bizning ilmiy ishimizga binoan ekilsa, shovqinning 50% ga qadar to‘silishiga erishish mumkin.
Umuman olganda doimiy ish o‘rnida 40 Db shovqin kattaligi me’yorga tushaveradi.



Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə