Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


Zararli is gazini o‘lchash



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə19/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

Zararli is gazini o‘lchash
Is gazini o‘lchash uchun institut binosi geografik joylashuviga ko‘ra shamol yo‘nalishida joylashganligi, ya’ni Gʻarb-Sharq yo‘nalishida bo‘lganligi uchun avtomobildan chiqadigan gazlar institut binosiga deyarli ta’sir etmaydi. Shuning uchun bu tekshiruvni Vokzal Naoiy aylanma yo‘l qirg‘og‘ida joylashgan binoning 2-qavatida o‘tkazildi. Bunga qadar dastlab yo‘l qirg‘og‘ida o‘tkazildi:
1) Yo‘lning o‘ng qirg‘og‘ida – 0,7 %(faqat o‘rtacha dizel dvigatelli transport vositalari ishtiroki bo‘yicha) tekshirildi. Buning uchun 5-6 marta tekshiruv takrorlandi. O‘ng tomondagi 2-qavat yo‘l qirg‘og‘idagi xonatonda ushbu ko‘rsatkich 0,1 % ni tashkil etdi. Shuni chap qirg‘og‘idagi xonada tekshirilganida 0,2% aniqlandi. Buning asosiy sababi shamol yo‘nalishi bo‘yicha sharqqa tomon transport gazlari tarqaladi.
Xuddi shu tekshirishni Bobur shoh ko‘chasida (Lola yo‘nalishida tekshirilganida) xonadonda 0,1% bo‘ldi. Buning asosiy sababi daraxtlar chiqindi gazlarni to‘sib qolganligida.


Zararli chang miqdorini daraxt barglaridagi ushlab qolinishidagi changlar miqdorini aniqlash
Bu tekshirishni o‘tkazish uchun I.Karimov, Naoiy, Bobur ko‘chalarida tekshirildi. Buning uchun daraxtlar tanlandi. Bunda asosan kashtan daraxti bargi ertalab tozalab artildi. Ertasiga, ya’ni artilganidan 24 soat vaqt o‘tgach, taxminan 10-15 donadan yuliyu olindi va alohida idishlarga solindi. Barglar quritish shkafida quritilib, tarozida tortib olindi. So‘ngra distillangan suvda yuvib, yuvindi suv filtrlandi.
Filtrlashdan oldin quruq filtr qog‘ozning og‘irligi analitik tarozida tortib aniqlandi. Changli suvni filtrlash orqali barglardagi changlarning suvdagi miqdori bo‘yicha filtrda qoldi va filtrni quritib, tarozida tortib olindi. O‘rtacha chanli filtrning og‘irligi 1,5 g keldi. Bu tekshirish analitik usulda olib borilishi bilan eng asosiy tushuncha, bu daraxtning havodagi changlarni tutib qolishi aniqligini asoslash bo‘lib hisoblanadi. Agar shu daraxt bargiga o‘tirgan chang, daraxtsiz holatda ishchi zonalariga, xonadonlarga kirib borishi, insonlarni zararlashi mumkin.
Demak, daraxt shovqinni to‘sadi, zararli gazlarni yutadi, changni o‘zida tutib qoladi. Bularning barchasi ko‘rsatilgan analitik usulda tahlil qilib chiqildi.

Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə