Zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalar va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 29,68 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü29,68 Kb.
#158174
1   2
arxitekturadxx

Tizimdagi bloklarning xususiyatlari va qo`llanilishi
Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr - ma'lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda "1" ni, zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (ya'ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya'ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo'yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud. Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo'lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko'rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi. Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio-axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o'z mikro-protsessoriga ega bo'lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o'zgartirish va chiqarishida o'zgartirishni ta'minlaydi.
Video-plata (ing. Graphics adapter) - murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta'minlab beruvchi plata. Bu plata o'z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo'ladi. Zamonaviy video-plata hajmli va uch o'lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko'p dasturlar va o'yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig'imli video-platalar bilangina ishlaydi.

Xulosa
Tovush kartasi ba'zi joylarda ovoz kartasi dеb yuritiladi, tovush, nutq, musiqaga ishlov bеrish bilan bog’liq opеratsiyalarni bajaradi. Ovoz kartasi (9-rasm) kompyuterning majburiy qismi (komponenti) emas, chunki har bir tizimli blokda dinamik o’rnatilgan (lekin ulardan taraladigan ovoz sifati juda yomon). Ammo dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar hozir qaysidir ovoz adapteri bo’lishini talab qiluvchi dasturlar tuzmoqdalar. Ovoz platasining o’zi kompyuterning ichiga o’rnatilgan dinamik bilan hech qanday aloqasi yo’q. Shuning uchun ovozni eshitish uchun alohida ovoz karnaylari talab qilinadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, ayrim hollarda ular monitorning korpusiga montaj qilingan bo’ladi.


Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:

1. V. Rajaraman. Introduction to information technology (second edition). India, 2013.


2. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.
3. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.
4. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. Т.:, “O’qituvchi”, 2011 y.

Internet saytlari


  1. https://tami.uz

  2. http://eduportal.uz

Yüklə 29,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə