Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə14/15
tarix22.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#153960
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kompyuter tarmoqlari

Simsiz aloqa texnologiyasining eng so’nggi avlodi IEEE 802.16 d/e standarti bo’lib, unga Wi-Bro, ya’ni “keng yo’lakli simsiz aloqa” deb nom berildi. Uni Wi-Fi, Wi-Max larning takomillashgan versiyasi deb hisoblash mumkin. Wi-Bro texnologiyasini ilk bora 2005 yil Koreyada Samsung Electronics kompaniyasi foydalanishga taqdim etdi. Koreya bu texnologiya bo’yicha eng etakchi davlat hisoblanadi. 2007 yilning avgustida Toshkentda bo’lib o’tgan “IT” forumda koreys mutaxassislari bu texnologiyani O’zbekistonda ham joriy etish taklifi bilan chiqdi. Hozirgi kunda davlatimizda bu texnologiyani joriy qilishning texnik-ekspluatatsion, moliyaviy, unga bo’lgan talab va taklif va shu kabi boshqa jihatlarini o’rganib chiqilmoqda. Tez orada bu texnologiyani tarmoqlarimizga joriy qilish ham amalga oshish bo’sag’asida turibdi.

IEEE 802.16 d/e standartiga asosan keng yo’lakli simsiz ulanish tizimi BWA (Broadband Wireless Access) ning fizik PHY va MAS sathlari mavjud bo’lib, ularni bazaviy va abonent stantsiya (B&SS- Base&Subscriber Station)sifatida ifodalash mumkin. Ushbu texnologiyaning afzalligi shundaki, olis masofadagi foydalanuvchilar osongina yuqori tezlikli keng yo’lakli simsiz aloqa xizmatlaridan foydalanish muhitiga osongina ulanish, kirish imkoniyatiga ega ekanligidadir. Bu mavjud bo’lgan simli va sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlariga qaraganda moliyaviy jihatdan archa arzondir. Bundan tashqari 802.16 standarti 802.11 standartiga qaraganda bir necha foydalanuvchilarga bir vaqtning o’zida WWW muhitiga kirish imkoniyatini beradi.

Wi-Bro tizimida ham aloqani taxminlovchi radio kanallar mavjud. Ular uplink (UL – BSdan SSga signallarni uzatuvchi radiokanal) va downlink (DL – SSdan BSga signallarni uzatuvchi radiokanal) deb nomlanuvchi fiksirlangan vaqt oralig’lariga bo’linadi va ular “freym” deb ataladi. 802.16 standartiga asosan freymlarni vaqt bo’yicha taqsimlash orqali dupleks (TDD – Time Division Duplex) kanallar hosil qilinadi. Wi-Bro tizimida radiokanallarni ortogonal chastota bo’yicha taqsimlashli ko’p kirishli (OFDMA – Orthogonal Frequency Division Multiple Access) TDD ishlatiladi. OFDMA TDD asosida hosil qilingan freymning 5 msek teng bo’lib, ular “simvol” deb nomlanuvchi aniq vaqt oralig’idagi mantiqiy birliklar ketma-ketligidan iborat. Freymning strukturasiga e’tibor beradigan bo’lsak, 27 ta simvol DL, 15 ta simvol UL uchun ajratilgan. Uning tuzulishi quyidagi rasmda keltirilgan:




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə