Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Raqamlashtirish va raqamlashish orasidagi farq



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə6/21
tarix30.05.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#114178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyot

Raqamlashtirish va raqamlashish orasidagi farq.
Raqamlashtirishning ikkita kontseptual ma'nosi bor, ular bir - biri bilan chambarchas bog'liq va ko'pincha keng adabiyotlarda bir-birining o'rnida ishlatiladi - Google Scholar raqamlashtirishning aniq kontseptual ta'rifini tasdiqlovchi 571000ga yaqin "raqamlashish"(digitization) va 221000ga yaqin "raqamlashtirish"(digitilization) haqida murojaatlar topildi. Birinchi ma'no raqamlashish jarayoni sifatida ko`riladi, ya'ni analog ma'lumotlarni (masalan, rasmlar, videolar, matnlar) raqamli formatga o'tkazish (Oksford inglizcha lug'ati 2019; Gartner 2019a). Bundan tashqari, Brennen va Kreiss (2016) raqamlashtirishni alohida analog axborot oqimlarini raqamli bitlarga aylantirishning moddiy jarayoni sifatida belgilaydilar. Ikkinchi ahamiyat raqamlashtirish tashkilotlar, sanoat tarmoqlari, mamlakatlar tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanishni qabul qilish yoki kengaytirish bilan bog'liq. (Oksford inglizcha lug'ati). Brennen va Kreiss (2016) ma'lumotlariga ko'ra, raqamli transformatsiya jarayoni ijtimoiy hayotning ko'plab sohalarini raqamli aloqa va media infratuzilmasi atrofida qayta qurishdan iborat deb takidlanadi. Oddiy misol orqali raqamlashish (digitization) va raqamlashtirishning (digitilization) orasidagi farqni to`liq ko`rsatib berishga harakat qilamiz. Agar bizda ma`lum bir hujjat bor bo`lsa, va uni PDF shakliga o`tkazish uchun skannerdan foydalanamiz. Bu raqamlashish(digitization) bo`ladi va bizning kompyuterimizning qatiq diskida saqlanadi. Endi shu PDF faylni biz Internetdagi sahifamizga saqlab qo`ysak yoki kimgadir e-mail orqali yuborsak bu raqamlashtirishga(digitilization) misol bo`ladi.



    1. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishning global tendensiyalari va xususiyatlari.

Raqamli iqtisodiyotning paydo bo‘lishi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va Global Internet tarmog‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Raqamli iqtisodiyot», AKT va Internet tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan Internet dastavval 1995-yilda vujudga kelgan. O‘sha paytdan boshlab Internet orqali taqdim etiladigan turli xil xizmatlar - fayllarni uzatish, masofadan kirish (TELNET ), elektron pochta, qidiruv tizimlari, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar bilan to‘ldirilgan "virtual dunyo" ning paydo bo‘lishi haqida gapirish mumkin. Bugungi kunda Internet ulkan ko‘ngilochar, ta’lim, savdo, moliyaviy va siyosiy sohadir. «Raqamli iqtisodiyot» atamasi ikki olimning nom-lari bilan bog‘liq-kanadalik iqtisodchi Don Tapskott va amerikalik axborot texnologiya (IT) mutaxassisi Nicholas Negroponte . 1995-yilda "Being Digital" kitobida Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" atamasini qo‘llagan. Ilmiy asarida uchta kesishidagan media tarmoqlarga (ommaviy axborot vositalar, (OAV) aloqa vositalari va kompyuterlar) asoslangan konvergentsiya modelini taklif etgan. Bunday birlashish natijasida yangi (raqamli) media shakllandi. O‘sha 1995-yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapscottning “The Digital Economy» [4,13,22] kitobi nashrdan chiqadi. Unda Don Tapskot rivojlangan mamlakatlardagi jamiyatning evolyutsion tendensiyalarini tahlil qilish natijalarini bayon qildi. Axborot muhitni yangi iqtisodiyotga, ya’ni raqamli iqtisodiyotga aylantiradigan 12 muhim belgilarni keltirgan.5
1. Bilimlar – biznesda va umuman iqtisodiyotda asosiy e’tibor inson kapitali – bilimdan foydalanishga qaratiladi. Raqamli iqtisodiyotda Bilim harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, boshqa an’anaviy manbalar ikkinchi darajali. Bilim bilan yangi imkoniyatlar tufayli kuch va hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirish yo‘li keladi. Bu shuni anglatadiki, tashkilotlar xodimlar to‘g‘risidagi fikrlarini o‘zgartirishga majburlanadi va ishchilarningaqliy qobiliyatini saqlab qolish va rivojlantirishga harakat qiladi.
2. Raqamlashtirish – endi bilimlarni raqamli ravishda saqlash mumkin. Oldingi iqtisodiyotda ma’lumotlar analogli yoki jismoniy bo‘lgan va ma’lumot almashish faqat odamlarning bevosita aloqasi orqali amalga oshirilgan. Raqamli iqtisodiyotda axborotlar hisoblash qurilmalar yordamida raqamli shaklda ifodalangan. Bu dunyoning turli burchaklaridagi odamlar orasida qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi ma’lumotlarning erkin harakatlanishiga imkon beradi.
3. Virtuallashtirish – raqamli iqtisodiyotda jismoniy va moddiy Buyurmalarni virtual ko‘rinishga aylantirish mumkin. Demak, turli xil munosabatlarga (sanoat, ijtimoiy va boshqalar), tegishli bo‘lgan oldin qabul qilingan qoidalarni va iqtisodiy faoliyatning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi .
4. Dinamizm – an’anaviy tashkiliy tuzilmalar yanada dinamik ish muhitiga yo‘l beradi. Loyihalashtirish ishlari dunyoning turli burchaklaridan turib birga ishlayotgan odamlar tomonidan amalga oshirilsa yanada samaraliroq bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyotda ular “yengil tashkilot” deyiladi. Ular yangi sharoitlarda omon qoladi, "og‘ir tashkilotlar" esa statik, oxir-oqibat raqamli iqtisodiyot sharoitlarigamoslasha olomaganligi tufayli yo‘qolib ketadi.
5. Integratsiya – mikro darajada alohida tashkilot yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hisobiga kichik kompaniyalarning barcha afzalliklariga ega. Makro darajada, iqtisodiyot har doimgidek ishlaydi, chunki barcha ishtirokchilar – yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va boshqalar bir biri bilan aloqador bo‘lib birlashadi.
6. Vositachilarsiz ishlash – vositachilarda ehtiyoj bo‘lmaydi. Ko‘plab tashkilotlar o‘z mijozlari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi, bu esa yetkazib beruvchilar va mijozlar o‘rtasida axborot almashinuvini yengillashtiradi.
7. Konvergensiya – iqtisodiyotning yetakchi sohasi hisoblanadi, aloqa va Internet texnologiyalarining yaqinlashuvi sifatida yaratilgan. Bular birgalikda raqamli iqtisodiyot bog‘liq bo‘lgan platformalardan biri bo‘lgan interfaol multimedia yaratadilar.
8. Innovatsiya – Raqamli iqtisodiyot yangi mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalangan holda innovatsiyalarga asoslanadi. Innovatsion iqtisodiyotda inson tasavvuri va ijodkorlik qiymatning asosiy manbai hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotda asosiy muammo innovatsiyalarni rag‘batlantiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni yaratish murakkabligi.
9. Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi munosabatlarining o‘zgarishi – sanoatlashgan jamiyatida muhim jihatlardan biri ommaviy ishlab chiqarish hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot davrida asosiy yo‘nalish mahsulot (mahsulot yoki xizmat) ni tashkil etishdir. Ayni paytda, iste’molchilar o‘zi sotib olayotgan tovar yoki xizmatlari ishlab chiqaruvchisiga o‘sha mahsuloti haqida o‘z fikrini bildirishi, takliflar bildirishi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni bildirishi mumkin.
10. Samaradorlik - mijozlar ko‘proq ma’lumotga ega va sifatli xizmatni xohlashadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tufayli mahsulotni buyurtma qilish, ishlab chiqarish va yetkazib berish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i keskin kamayadi.
11. Globallashuv – raqamli iqtisodiyotda, bilim asosiy resursga aylanganda, tashkiliy tuzilmalar o‘z hududlarida faoliyat yuritsa ham, faqat bitta jahon iqtisodiyoti mavjud. Globallashuv yangi axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rag‘batlantiradi va amalga oshiradi. Bu shuni anglatadiki, tashkiliy tuzilmalar ko‘p millatli emas, balki global.
12. Kelishmovchilik – har bir yangi taraqqiyot ortidan bir o‘zgarish keladi, shuningdek, ular bilan qarama-qarshiliklar va sekin moslashish ham. Natijada mojaroli vaziyatlar yuzaga keladi. Raqamli iqtisodiyotda texnologik jihatdan savodli mutaxassislar va texnologiyaga kirish imkoniga ega bo‘lmagan mutaxassislar o‘rtasidagi farq o‘sib bormoqda va kelajakda jamiyat uchun jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotning ko‘plab ta’riflari mavjud. Quyida raqamli iqtisodiyotning turli xil nufuzli manbalari tomonidan taklif etilgan bir nechta ta’riflari mavjud.
1.Raqamli iqtisodiyot – raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi.
2.Raqamli iqtisodiyot – internet orqali, elektron tijorat orqali tovarlar va xizmatlar savdosiga imkon beradi va uni amalga oshiradi. Raqamli iqtisodiyot uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: infratuzilma (qurilmalar, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya va boshqalar), elektron biznes (raqamli jarayonlar, tashkilotlarda) va elektron tijorat (tovarlarni onlayn sotish ) .
3.Raqamli iqtisodiyot – bu xo‘jalik faoliyati, bunda ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli ma’lumotlarni ishlab chiqarish, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan foydalanish bo‘lib, ular an’anaviy boshqaruv shakllariga nisbatan har xil turdagi mahsulotlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, saqlash, sotish, etkazib berish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
4.Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotdir, ammo ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyot Internet va Butunjahon internet tarmoqlariga asoslangan bozorlarda biznes operatsiyalarini amalga oshirishini tushunamiz . Raqamli iqtisodiyot ko‘plab afzalliklarga ega. Bu to‘lovlarning narxini pasaytiradi va yangi daromad manbalarini ochadi. Onlayn bozorda, an’anaviy iqtisodiyotga nisbatan xizmatlar narxi pastroq (birinchi navbatda reklama xarajatlari kamayishi bilan bog‘liq). Bundan tashqari, raqamli dunyoda tovarlar va 11 xizmatlar tezda global bozorga chiqishi va dunyoning istalgan burchagidagi odamlar uchun ochiq bo‘lishi mumkin. Taklif qilinayotgan mahsulot iste’molchilarning yangi umidlar yoki ehtiyojlarini qondirish uchun deyarli darhol o‘zgartirilishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot yanada xilma-xil axborot, ta’lim, ilmiy, ko‘ngilochar tarkibni ta’minlaydi - tezroq, sifatliroq va qulayroq.




    1. Yüklə 1,12 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə