Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə29/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Fizikal baholash
Ahvoli va hamshiralik parvarishi rejasi tuzilishini belgilab beradigan obyektiv ma'lumotlar olinishi uchun mijozning tekshirilishi fizikal baholashdir. Fizikal baqolash anamnez yig'ish va suhbat vaqtida bajarilib, subyektiv ma'lumotlarni tasdiqlashi hamda yangi axborotlar taqsim etishi mumkin, Tibbiy yondosh tekshiruvchilar hisoblanganlari uchun hamshiralarning fizikal ko'rik olib borishlari haqida ko'p bahslashadilar. Fizikal ko'rikni, tibbiy xizmat tartibnga yo'l boshlab berishi va tibbiy davolash uchun asos bo'lishi hisobga olinib, odatda vrachlar bajaradilar. Ba'zi hamshiralar har tomonlama fizikal tekshiruvni bajaradilar. Har qanday vaziyatda ham tibbiy hamshiralar fizikal ko'rikning hamshiralik maqsadlari uchun tanlangan hamma aspektlarini bajaradilar.
Vrach patologiya va uning sabablarini topish uchun bajargan fizikal ko'rikdan hamshiralik fizikal ko'rik mijozning funksional qobiliyatlarini aniqlash uchun bajarilishi bilan farq qiladi. Nevrologik yetishmovchilik bo'lganda hamshira sezuv-harakat qobiliyatga qanday tarzda ta'sir bo'lganligini aniqlaydi. Masalan, insul't o'tkazgan mijoz tushunish va axborot berish qobiliyatini aniqlash bo'yicha tekshiriladi; undan tashkdri, uning kundalik vazifalarni bajarish kobiliyati ham o'rganiladi.
Hamshiralik fizikal ko'rik maqsadlari salomatlik holati baholanishini, kasalliklar aniqlanishini va hamshiralik muolajalari uchun ma'lumotlar asosi tuzishni o'z ichiga oladi. Tibbiy muassasalarda amaliyot o'tayotgan hamshiralar har xil maqsadlarda fizikal baholashning turlicha uslublarini qo'llaydilar. Yuragi xasta bemorlarni parvarishlovchi hamshiralar mijozni fizikal baholashda yuqori texnologiyalarni qo'llaydilar. Reabilitatsiya markazi hamshiralari bo'lsa, mehnatga layoqatsizlik funksional va nofunksional javob belgilarini aniqlash bo'yicha mutaxassislikning keng qamrovli ko'nikmalaridan foydalanadilar. Hamshiralik fizikal baholash boshdan tovongacha barcha a'zolar tizimi tartibli tekshiruvini o'z ichiga oladi. Bu ma'lumotlar alohida yoki ma'lumotlar asosining umumiy varaqasida yuritiladi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə