Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə30/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Ma'lumot manbalari
Mijoz. Mijoz axborotning birlamchi va odatda eng ma'qul manbasi hisoblanadi. Agar boshqa shartlar bo'lmasa, tibbiy varaqaga mijozdan olingan ma'lumotlar kiritilishi tavsiya etiladi. Mijozlar axborotni o'z foydasiga ekanligini tushunsalar, bemalol suhbatlashadilar. Mijozdan olingan ma'lumotlar odatda anik hisoblansa-da, hamshiralar ba'zi qiyinchiliklarni bilishlari kerak. Masalan, agar mijoz og'ir ahvolda bo'lsa, u og'riq yoki nohushlik to'g'risida mos axborot bera olmaydi. Bezovta mijoz axborotni chigallashtirishi mumkin: u cho'chigan, chunki kasalligi ishi yoki xayotiga xavf solishi va mijoz ba'zi simptomlarni inkor etishi yoxud chalg'ituvchi dalillar keltirishi mumkin. Agar hamshira mijoz bayon etgan simptomlar fizikal ko'rik natijalari va boshqa manbalar ma'lumotlari bilan mos kelmayotganligini sezsa, bu nomutanosiblikka e'tibor berishi va uning sabablarini axtarishi kerak. Aklan zaif yoki juda yosh mijoz bergan ma'lumotlarga tayanib bo'lmaydi. Bunday holatlarda bemorning karovchilari, karindoshlari yoki do'stlari ko'magidan foydalanish mumkin.
Mijozga ko'makchi shaxslar. Mijoz go'dak yoki aqlan zaif bo'lsa, uning oila a'zolari, do'stlari va qarovchilari axborotning foydali manbalari hisoblanadilar. Er yoki xotin o'zining turmush O'rtog'i uchun axborot bera oladi. Do'stlari mijozni shifoxonaga olib kelishlari va doimo zarur axborot yetkazishlari mumkin. Bunday axborot olinishiga mijozning ham, do'stlarining ham Qarshiliklari yo'kligini aniqlab qo'yish kerak. Undan tashkari, Xamshira mijoz, uning oilasi va do'stlarini olingan ma'lumotlar bo'yicha o'zaro sir saqlanishiga (konfidensiallikka) ishontirishi kerak. Agar ma'lumotlar mijozning ko'makchi shaxslaridan olingan bo'lsa, bu tibbiy varaqada ko'rsatiladi.
Tibbiy yozuvlar. Tibbiy jamoaning turli xodimlari tomonidan yozilgan ma'lumotlar ko'p qirrali tibbiy yordam ko'rsatishga zarur axborotni beradi. Hamshira ma'lumotlar to'plashni boshlaguncha. ba'zan mijoz bilan dastlabki uchrashuv oldidan tibbiy yozuvlarni ko'rib chikishi kerak. Bu, hamshiralik baholashda puxta yondashishga va boshqa manbalardan olingan axborotni tasdiklash va to'ldirishga yordam beradi.
Shifoxonadagi mijozning yoshi, jinsi, kasbi, diniy karashi, moddiy ahvoli kabi axborotlar yozilgan varaka tibbiy hujjatlarning bir turi xisoblanadi. Tibbiy varaka o'zida turli mutaxassislar, masalan, vrach, ijtimoiy xodim, diyetolog, fizioterapevt, laborantlarning yozuvlaridan iborat axborotni saqlaydi. Hamshira faqatgina hamshiralik davolash rejasi hujjatlari va hamshiralik yozuvlarini emas, balki keltirilgan barcha ma'lumotlarni sinchiklab kuzatib borishi kerak. Tibbiy hamshira uchun ma'lumotlarning asosiy manbalari quyidagilardir:
- Tibbiy anamnez, fizikal ko'rik va o'zgarishlar to'g'risidagi kaydlar. Bu yozuvlar mijozni baholash va davolash jarayonida vrach tomonidan bajariladi; diqqat markazida patologiya va uning sabablarini aniklash hamda davolash tartibi bo'yicha tavsiyalar turadi.
Maslahataar. Vrach mijozini davolash bo'yicha tor mutaxassisga yordam so'rab murojaat etishi mumkin. E'tibor tibbiy tashxis qo'yishda, shuningdek, davolash tartibini rejalashtirish va bajarishda yordam beradigan tekshiruv natijalarini hujjatlashtirishga karatiladi.
Diagnostik tekshiruvlar to'g'risidagi hisobotlar. Laborator tekshiruvlar va rentgen kabi nazoratlar to'g'risidagi hisobot hamshiralik anamnez yoki ko'rik jarayonida to'plangan ma'lumotlarni tasdiqlovchi yoxud ularga qarshi obyektiv ko'rsatkichlarni takdim etadi. Diagnostik tekshiruvlar natijalari vrachlarga diagnoz ko'yish va davolashga mijoz organizmi javobini kuzatishda yordam beradi. Xuddi shu tekshiruvlar natijalari hamshiralarga hamshiralik davolash effektivligini baholashda yordam berishi mumkin.
Top mutaxassislar yozuvlari. Mijozni davolashda ko'maklashayotgan boshka mutaxassislar ham o'z sohalari bo'yicha tekshiruv natijalari va davolash jarayonidagi, masalan, ovkatlanish, fizioterapiya, nutk to'g'rilanishi kabi o'zgarishlarni yozib boradilar.
Bu yozuvlar hamshiraga davolashdagi umumiy o'zgarishlarni baholashda hamda bemor shifoxonadan chiqarilish muddatini va uning o'z sog'ligini mustaqil parvarish qilish qobiliyatini aniklashda yordam beradi.
Boshqa muassasalar, masalan, ijtimoiy yordam xizmati yoki uyda tibbiy yordam ko'rsatuvchi tashkilot yozuvlari ham axborotning qimmatli manbalari hisoblanadi. Bu yozuvlarda mijozning avvalgi kasalliklari, holati xaqida ma'lumotlar bo'lib, ular joriy davolash rejasini aniqlashga yordam berishi mumkin.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə