Ўзбекистон сув омборлари гидрологик режими



Yüklə 6,56 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü6,56 Kb.
#151989
2 Каналлар учун гидравлик ҳисоблашлар


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GIDROMETEOROLOGIYA FAKULTETI
GIDRAVLIKA
fanidan
1-amaliy mashg’ulot
Kanallar uchun gidravlik hisoblashlar

Toshkent-2023

Ishning maqsadi

Ushbu amaliy mashg‘ulotni bajarishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad talabalarda kanallarda bajariladigan gidravlik hisoblashlarga oid masalalarni echish usullarini amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblashlarni bajarish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarish bo‘yicha tajriba, ko‘nikma hamda malakalar hosil qilishdan iborat.

Tayanch atamalar va iboralar

Tekis harakat, notekis harakat, A.Shezi ifodasi, Shezi koeffitsiyenti, gidravlik radius, kanalning nishabligi, N.N.Pavlovskiy ifodasi, kanalning kengligi, kanaldagi suvning chuqurligi, kanal devorining qiyaligi, o‘zanning g‘adir-budurlik koeffitsiyenti, kanaldagi suvning oqish tezligi, suv sarfi, jonli kesma maydoni, namlangan perimetr, kanal o‘zanining suv sarfi xarakteristikasi.

Ishning nazariy asoslari

  • Tekis harakat deb, o‘zgarmas harakatdagi suyuqlik oqimining shunday turiga aytiladiki, unda oqimning barcha gidravlik elementlari (jonli kesma maydoni, tezlik, chuqurlik) oqim uzunligi va vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘ladi.
  • Tekis harakatni kanallarda, ba’zan tabiiy ochiq o‘zanlarda kuzatish mumkin.
  • Shuning uchun kanallar uchun gidravlik hisoblashlarni bajarishda tekis harakat tenglamasidan foydalanamiz.
  • Tekis harakat shartlari bajarilganda kanallar va daryolarni gidravlik hisoblashda A.Shezi ifodasi asosiy tenglama bo‘lib xizmat qiladi:

Shezi koeffitsiyentini emperik formulalar yordamida hisoblash mumkin.

  • Shezi koeffitsiyentini emperik formulalar yordamida hisoblash mumkin.
  • Hozirgi vaqtda ko‘proq N.N.Pavlovskiy ifodasi qo‘llaniladi:

Ifodada
n –g‘adir-budurlik koeffitsiyenti bo‘lib, o‘zan xarakteristikasiga bog‘liq holda maxsus jadvallarda keltirilgan bo‘ladi,
R – gidravlik radius,
Y – o‘zan g‘adir-budurligi va gidravlik radiusga bog‘liq bo‘lib, N.N.Pavlovskiy ifodasi yordamida topiladi:
Shezi koeffitsiyentining yuqoridagi ifodalar yordamida aniqlangan qiymatlari maxsus jadvalda keltirilgan. Hisoblashda shu jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi.
Tekis harakatda suv sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

Kanallarni gidravlik hisoblashga oid masalalarning turlari


Bajarilgan ishning tahliliy bayonnomasini tuzish bo‘yicha tavsiyalar 1 - amaliy mashg‘ulotning yakunida keltirilgan.

Sinov savollari va topshiriqlar:
1. Ochiq o‘zanlarda suvning tekis harakati shartlarini eslang.
2. Tekis harakatning asosiy tenglamasini yozing.
3. Shezi ifodasini yozing.
4. Ochiq o‘zanlar uchun gidravlik hisoblashlarda Shezi ifodasidan foydalanish shartlarini aytib bering.
5. Shezi va Darsi koeffitsiyentlari, ularning tabiiy mohiyati, qo‘llanishi va ular orasidagi bog‘liqlikni bilasizmi?
6. Kanallarni gidravlik hisoblashga oid masalalarning nechta turi mavjud?
7. Shezi koeffitsiyentini hisoblashga imkon beradigan ifodalar kimlar toionidan taklif etilgan.
1. Hubert Chanson. The Hydraulics of Open Channel Flow. - Elsevier Butterworth-Heinemann Linacre House, Jordan Hill, Oxford Wheeler Road, Burlington, Second edition, 2004.
2. Умаров А.Ю. Гидравлика. -Тошкент Ўзбекистон, 2002.
3. Hikmatov F.H., Raxmonov K.R., Turg’unov D.M. Gidravlikadan amaliy mashg’ulotlar. – Toshkent: Universitet, 2014.
4. Raxmonov K.R., Hikmatov F.H., Adenbayev B.E., Umirzakov G’.O’., Turg’unov D.M., Rapiqov B.R. Gidravlikadan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma. – Toshkent: Universitet, 2019. -114 b.
Foydalanilgan adabiyotlar

E’tiboringiz

E’tiboringiz

uchun rahmat


Yüklə 6,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə