Zbekistonda tutgan o



Yüklə 21,58 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü21,58 Kb.
#147643
1   2   3
SALIMOV AKOBIr

Partiya tarixi


2008-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi va ushbu ikki partiya negizida yangi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP) tashkil etildi.
Qurultoyda yangi partiyaning Markaziy kengashi va Nazorat-taftish komissiyasi tarkiblari saylandi.
2008-yil 21-iyun kuni O‘zMTDP Markaziy kengashining II Plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Markaziy kengash Ijroiya qo‘mitasi aʼzolari 21 nafardan iborat tarkibda saylanib, ular orasidan Markaziy kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi va uning Mafkuraviy ishlar, Tashkiliy va kadrlar ishlari, Xotin-qizlar masalalari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari saylandi.
2008-yil 4-16-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ikki partiyaning birlashuv Konferensiyalari o‘tkazilib, ular negizida yangi partiyani tuzish bo‘yicha tashkiliy guruh shakllantirildi.
2008-yil 11-avgust kuni O‘zMTDP O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi.
2008-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma taʼsis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zMTDPning yangi fraksiyasi tuzildi.
2008-yil 9-sentyabrdan boshlab joylarda hududiy partiya tashkilotlarining taʼsis Konferensiyalari va Plenumlari o‘tkazildi. Jumladan, barcha hududlarda O‘zMTDP hududiy partiya tashkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari o‘tkazildi.
Ularda Kengash, Nazorat-taftish komissiyasi, Kengash Ijroiya qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi. Shuningdek, joylarda tuman (shahar) partiya tashkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari o‘tkazilib, Kengash, Kengash Ijroiya qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya qo‘mitasi raislari saylandi.
Yüklə 21,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə