Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Abu Rayhon Beruniy
(973-
1048)dir. U katta qomusiy olim hisoblanadi. O‘zining tabiiy bilimlar
sohasidagi yutuqlari bilan fan tarixida chuqur iz qoldirgan. Olim yil hisobini,
kalendarni ishlab chiqqan. Uning “Hindiston” asari esa falsafa, geografiya,
astronomiya, mineralogiyaga oid. Mutafakkirning fikricha, materiya bor
narsalarni o‘zgartiradi, shaklni yaratadi. Materiya tafakkurning ham asosi
hisoblanadi. Kishining bilish imkoniyatiga ishonadi, diniy xurofotga
ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Materiya barcha narsaning asosi, uningcha,
hamma narsa o‘zgaradi, o‘sadi, vujudga keladi, halok bo‘ladi. Bu tabiiy
jarayon. Materiya yaratuvchi xususiyatga ega, deydi.
O‘sha davrning buyuk mutafakkiri,
Abu Ali ibn Sino
(980-1037)
Buxoro yonidagi Afshona qishlog‘ida, Somoniy Nuh ibn Mansur saroyining
amaldori oilasida tug‘ilgan. Bu davrda O‘rta Osiyoda arablar hukmronlik
qilgan davr edi. Lekin undan keyin bu yer markazga aylandi. Fan, madaniyat
rivojlandi. Ibn Sino tabib, farmakolog, adabiyotchi, ximik, astronom,
faylasuf, etnolog sifatida boshqa fanlarning ham rivojiga salmoqli hissa
qo‘shgan olim. 500 dan ortiq asar yozgan. Ulardan 60 tasi bizgacha yetib
kelgan. Asarlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutida
saqlanadi. Abu Ali ibn Sinoni qadim davrdagi Gippokrat, Galen, Arastu
bilan yonma-yon qo‘yadilar. Uning “Kitob al-qonun fit tib” asari tabiblarga
qo‘llanma bo‘lib keldi va kelmoqda. Undan XVIII asrgacha anatomiya,
fiziologiya, terapiya, diagnostika, profilaktika, farmakologiyadan
ensiklopediya sifatida foydalanildi. Bu asar, lotin tilida Lion, Rim, Neapol,
Venetsiyada 30 martadan ortiq nashr qilingan.
U tabiiy fanlar bilan din orasidagi munosabatda xolislik bo‘lishini talab
qiladi. Ibn Sino anatomiya bilan yashirin shug‘ullanadi, bemorlarni
davolaydi. U kishidagi ruhiy holat organizmga, uning ahvoliga bog‘liqligini,
ruhiy faoliyatni bilish uchun biologik jarayonni va asab tuzilishini yaxshi
o‘rganish kerakligini, shuningdek, dam olish, sayohat, jismoniy tarbiya, ob-
havo va profilaktika jarayonlari inson salomatligiga zarur ekanligini


68
ko‘rsatdi. Hali mikroblarni aniqlashdan oldin, suv orqali kasallik tarqalishini
aniqladi. U nazariya va amaliyot birligi masalasiga e’tiborni qaratdi. Tabiatni
o‘rganish sohasida vulqonlar, tog‘lar borasida, ularning harakatlanishi
haqidagi ilmiy falsafiy fikrlarni bildirdi.
Ibn Sinoning falsafiy, ilmiy ijodi tabiiy qarashlari bilan bog‘liq asarlari
«Kitob ash shifo», «Donishnoma», «Najot» kabilardir. U fizika (tabiat
to‘g‘risidagi fan), logika (tabiat va insonni bilish yo‘llari), metafizika
(borliqni bilish to‘g‘risidagi), falsafa borliq xususidagi fanlardir, deb e’tirof
etdi. Ibn Sino bu sohada Arastu izdoshidir. U Arastuning noto‘g‘ri
qarashlarini qabul qilmasdan o‘z fikrlarini rivojlantirdi. Olam mangu
yaratilgan, deb tushuntirdi. Mangu materiya mavjud, buyumlar materiyadan
paydo bo‘ladi. Materiya borliq manbaidir. Shakl materiya bilan aloqadadir,
deydi.
Arastuning mavhumlik shaklini rad etdi. Ibn Sino bilish nazariyasida
materialistik qarashlarni ilgari surgan. Uning fikricha, aql faol kuch, bilish
qurolidir. Inson tajribasini birinchi o‘ringa qo‘yadi, tushuncha keyin keladi.
Moddiy dunyo birlamchi, tushuncha ikkilamchi. Inson aqli uzoq davr
davomida mehnat orqali, hissiy qabul qilishi orqali yuzaga keladi. U
Arastuning mantiq fanini asosladi.
Ibn Sino falsafasida ichki qarama-qarshiliklar ham uchraydi. Ilohiyot
moddiy olam ishiga aralashmaydi, u ob’yektiv qonun asosida rivojlanadi.
Fazoda bo‘shliq yo‘q, fazo materiya xususiyati, moddiy olam harakatda,
materiya bilan harakat bog‘langan, vaqt ham narsaga bog‘langan, ularni
ajratish mumkin emas, deydi.
Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy qarashlariga to‘xtalsak, u adolatsizlikka
qarshi kurashgan. Uning-cha, ruhoniylar ham, davlat arboblari,
adabiyotchilar, harbiylar ham aniqrog‘i, har kim o‘z o‘rnida bo‘lishi zarur.
Bu fikr o‘sha davr ijtimoiy ziddiyatlaridan kelib chiqqan fikrlar bo‘lsa, ajab
emas.
Ibn Sinoning jahon madaniyati va fani rivojidagi o‘rnini nazarda tutib
tavallud topganligining 1000 yilligi (1982 yilda) o‘tkazildi. Shunday qilib,
falsafa tarixida O‘rta Osiyolik mutafakkirlar alohida o‘ringa ega.


69
Temuriylar avlodiga mansub bo‘lgan Shohruh Mirzoning o‘g‘li –
Muhammad Tarag‘ay -

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə