Ziyonet doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Korneliy Tatsit 
Korneliy Tatsit (taxminan 54-120 yillar) bu davr eng mashxur 
tarixchilardandir. Zodagon suvoriy oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada 
harbiy xizmatda bo’lgan. U mashhur lashkarboshi Yuliy Agrikolaning yaqin do’sti 


31 
bo’lgan. Imperator Domitsian Agrikolani qatl qildirgandan keyin unga homiylik 
qilgan Tatsit imperatorning qaxridan ko’r qilib bir necha vaqtgacha surgunda 
yurgan. Domitsian xalok bo’lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytganidan so’ng u 
senator bo’lib olib, magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning abadiy 
faoliyati ham ana shu davrga mansubdir. Tatsit eramizning 68 yilidan to 96 
yiligacha bo’lgan davrni ichiga olgan “tarixlar” ni, Avgustning o’limidan 
(eramizning 14 - yili) Neronning xalokatigacha (eramizning 68 – yili) bo’lgan 
davrning “Yilnomalar”ini, shuningdek “Germaniya” nomli kichikroq asarini 
yozgan. Tatsit bu so’nggi asarida german qabilalarining va Rim imperiyasi 
tuprog’idan tashqari yashagan boshqa Yevropa qabilalari va elatlarining 
etnografiyasini mufassal bayon qilgan. Tatsit o’z asarlarida ayniqsa “ Yilnoma” 
larida Rimning o’tmish respublika davrini ko’klarga ko’tarib maqtagan bo’lsa, o’z 
zamonasining siyosiy tartibini Yuliy – Klavdiylar sulolasidan bo’lgan 
imperatorning o’zboshimchaligi va istebdodini qattiq qoralab yozgan. F.Engels 
Tatsitni eski Rim patritsiylari tafakkurining so’nggi namoyandasi degan edi. Tatsit 
siyosiy voqealarning borishini bayon qilar ekan, u o’zining bayon qiladigan 
materiallarini asl hujjatlar asosida sinchiklab o’rganib chiqqan “Yilnoma” larida 
keltirilgannutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya malumotlari bilan 
tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamonamizgacha saqlanib kelgan. 
“Tarixlar”ining uchdan bir qismigina saqlangan “Yilnomalar”ini ko’p qismi 
saqlanmagan, shunday bo’lsada, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi 
Rim imperiyasi tarixi to’g’risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə