Ziyonet doc


dunyoviy tarix. “Ikki shahar” to’g’risida ta’limot



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

dunyoviy tarix. “Ikki shahar” to’g’risida ta’limot. 
3.
 
Vaqt haqida tasavvur. Taraqqiyot g’oyasi. 
4.
 
Xristian tarixshunosligining tavsifiy xislatlari. 
 
Rim imperiyasi parchalanib, uning o’rnida o’rta asr G’arbiy Yevropa 
tsivilizatsiyasi yuzaga kelgunga qadar o’ziga xos o’tish davri sodir bo’ldi. O’tish 
davrida yangi tsivilizatsiya manaviyati va mafkurasi asoslari shakllandi. Eski 
dunyoning majusiy manaviyati uning dunyoqarashi va tafakkur tarzi Rim 
imperiyasi tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bo’lgan ijtimoiy mafkuraviy va 
axloqiy muxitga zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruxlardan tashkil 
topgan fuqarolar va qullarning manaviy madaniyatining yani tsivilizatsiya 
kurtaklari bo’lgan xristian manaviyati, dunyoqarashi va falsafasiga o’z o’rnini 
bo’shatib berishi davr taqozosi bo’lishi bilan birgalikda uning shakllanishiga 
majusiy madaniyat va manaviyat ananalari qattiq qarshilik ko’rsatadi. Rim 
imperatorlari bu kurashda ijtimoiy siyosiy va manaviy – tashkiliy taqib qilish 
usullarini qo’lladilar. Sharqdan kelgan dinlarning tarqalishi imperiyaning o’zida 
turli bidatchi diniy yo’nalishlarning faoliyat ko’rsatishi manaviy va mafkuraviy 
vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana shunday sharoitda xristianlik inson va 
jamiyatni manaviy poklikka, ruhiy kamolotga olib boradigan talimot ekanligini 
asoslash shu talimotni ximoya qilish, yani apologik (yun. Oro logia – biron narsani 
yoki kimsani himoya qilish) tadbir ko’rish ehtiyoji tug’ildi. 
II va III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga 
keldi. Apologetika so’zining lug’aviy manosi himoya qiluvchi demakdir. Yani 
xristian diniy aqidalarini turli xujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar 
davlatining xristianlikka nisbatan dushmanligini bartaraf qilishga intilishi bilan 
birgalikda o’zlarining asarida xristianlik talimotini asrashga qolaversa, Rim 
saltanatini oqlab bo’lmasligini ko’rsatishga harakat qildilar. Afinada Misrlik oilada 
tug’ilgan Kliment xristian falsafasini ishlab chiqishga harakat qilgan 
apologetlardan biridir. U platonizm va stoitsizmni chuqur o’rgangan, xristianlikni 
qabul qilganidan keyin ham falsafaga nisbatan hurmatini saqlagan. Uning fikricha 
yunon falsafasini xristianlik bilan shunday sog’lomlashtirish kerakki, undaki har 
bir odam xristian falsafasini qimmatini ko’ra olsin va yana shuni takidlaydiki
falsafa xristianlikka, xususan ilohiyot ilmiga muqaddima bo’lishi mumkin, xolos. 
Falsafani xristian etiqodiga nisbatan muqaddima ekanligi, deydi. Kliment, 
Iso Masihning o’zi tomonidan belgilangan insonlarni qutqarish uchun tanada 
mujassamlanib kelguniga qodir Iso Masih yahudiylarga qonun va ellinlarga falsafa 
berdi. Shu bilan xristian olamini qutqaruv ishiga tayyorladi. Xristian diniy-falsafiy 
taraqqiyotining yanada rivojlanishi bosqichi III-V asrlarga to’g’ri keldi. Bu davrda 
rivojlangan patristikada (patristikaning lug’aviy manosi “ota”ni anglatib, bu nom 
ko’pincha xurmat manosida harbiy episkoplarga berilgan) o’zgacha g’oyaviy va 


34 
mafkuraviy vazifalar turgan edi. Patristika davrida xristian ilohiyotini tartiblashga 
xarakat qilgan cherkov otalari tomonidan ikki sobor Ilkiy (325 – yil) va xalkidan 
(451- yil) oralig’ida birinchi muxim asarlar yozildi. Sharqda ulardan biri Ioan 
Zlotust (347-407) dir. G’arbda esa cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin 
bo’lib, muqaddas (Blajenniy) deb nom olgan edi (354 – 430). 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə