Ziyonet doc


Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi 
Sobiq ittifoq va jahon sotsializm tizimining falokatga yuz tutishi bilan 
halqaro hamjamiyatning geosiyosi strukturasi o’zgardi. Xalqaro munosabatlarning 
ikki buyuuk davlatni AQSh va Sobiq Ittifoqi o’rtasidagi kuchlarning ayniqsa 
harbiy sohadagi nisbiy mutanosibligiga kapitalistik va sotsialistik tizimlar o’rtasida 
dunyoni “sovuq urush” asosida qarama – qarshi bloklarga bo’linishiga asoslangan 
ikki ikki qutbli sistemasi barham topdi.halqaro hamjamiyat halqaro 
munosabatlarning yangi davriga – yangicha dunyoviy tartibotga qadam qo’ydi. 
Jahon siyosatshunosligida dunyoda yuzaga kelgan yangicha vaziyat to’g’risida 
bahs – munozaralar avj ola boshladi. 
“Tarixning intixosi (nihoyasi)” kontseptsiyasi 
Mazkur munozaraga birinchilar qatori “tarixning intixosi” talimotining 
asoschisi amerikalik siyosatshunos olim Frensis Fukuyama hisoblanadi. Uning 
fikricha eng buyuk kommunistik davlat – Sovet Ittifoqining qulashi va ijtimoiy 
tuzum sifatida sotsializm o’z – o’zidan barham topishi dunyoning bapolyar, yani 
ikki qutbli tizm tugashi va ko’pqutblilik holatiga o’tishi bilan cheklanib qolmasdan 
ananaviy, yani ijtimoiy manoda tarihning ham intihosiga etishini anglatadi. “Tom 
manoda tarix yakuniga etdi: mafkuraviy evolyutsiya tugadi va boshqaruvning 
so’nggi shakli sifatida G’arb liberal – demokratiyasining universiallashuvi 
boshlandi”, - deb yozadi u. Dunyo endi liberal – demokratiya darajasiga etgan 
tarixdan keyingi” xalqlar va hali “tarixda mavjud”, lekin rivojlanishning asosiy 
maqsadi mutlaq g’arblashish (vesternizatsiya) bo’lgan hamda AQShda o’zining 
yorqin ifodasini topgan g’arbona qadriyatlar orqali “tarixdan keyingi” mamlakatlar 
hamjamiyatiga qo’shilishidan iborat halqlarga bo’linadi. Aynan AQSh jahon 
hamjamiyatiga etakchilik vazifasini va yangicha dunyoviy tartibot uchun 
masuliyatni o’z zimmasiga oluvchi yagona buyuk davlat sifatida ko’rsatmadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə