Ziyonet doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Ikkinchidan, 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi tartibotlari va tuzilmalariga 
barham berish, institutsional qayta qurishlarni amalga oshirish, bir tomondan, 
iqtisodiyotni tashkil etishning bozor printsiplariga xos bo’lgan tuzilmalarini 
yaratish, tarmoq vazirliklarini tugatish, davlat mulki hissasini davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish hisobiga keskin kamaytirish, ko’p ukladli 
iqtisodiyot va uni boshqarish tuzilmalarini yaratish. 
Uchinchidan, 
80-yillar oxiridagi chuqur iqgisodiy tanazzulni engib o’tish, 
makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, barqaror iqtisodiy o’sish 
uchun zamin yaratish. Aynan iqgisodiy islohotlar «o’zbek modeli»ning amalga 
oshirilishi tufayli islohotlarning dastlabki yillarida ishlab chiqarishning keskin, 
halokatli pasayishini to’xtatishga, iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
saqlab qolishga, milliy iqtisodiyotni tiklashning mustahkam asoslarini yaratishga 
erishildi. 
To’rtinchidan, 
mamlakatning iqgisodiy mustaqilligini, O’zbekistonning 
jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda qo’shilishini ta’minlashga yo’naltirilgan 
iqtisodiyotning chuqur tarkibiy qayta qurish dasturini amalga oshirishga 
kirishildi. Qisqa davr mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarini va aholi extiyojlarini 
o’zimizda ishlab chiqarilgan energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari 
hisobiga ta’minlash masalasi tubdan hal qilindi. G’alla mustaqilligi choralari 
ko’rildi. 
Shunday qilib, yonilg’i va don mustaqilligiga erishildi, bu esa 
mamlakatning barqaror taraqqiyoti va odamlar farovonligining asosi va 
kafolatidir. Mamlakat-ning don va neft bozorlaridagi jahon narxlarining 
o’zgarib turishiga tobeligi ancha cheklandi, ulardan bo’shagan valyuta manbalari 
esa zamonaviy uskuna va texnolo-giyalar xarid qilishga yo’naltirildi. 
Beshinchidan, 
bozor infratuzilmasi asoslari, zamonaviy ikki darajali bank 
tizimi yaratiddi. Hozirgi kunda respublikada sug’urta kompaniyalari, tovar-xom 
ashyo birjalari, sarmoya fondlari tarmog’i ishlab turibdi, fond birjasi va 
ko’chmas mulk birjasi, Markaziy depozitariy va ikkinchi daraja depozitariylari, 


110 
lizing va konsalting kompaniyalari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar 
palatasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 
Bularning hammasi faol tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratishga xizmat qilishga yo’naltirilgan. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə