Ziyonet doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Oltinchidan, 
kuchli ijtimoiy siyosatni, aholining muhtoj qatlamlarini 
mo’ljalli ijtimoiy ximoya bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, 
jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni, fuqarolar osoyishtaligini va millatlararo 
totuvlikni ta’minlash borasida aniq natijalarga erishildi. 
Mustaqillik yillarida sodir etilgan iqgisodiy o’zgarishlar natijalariga berilgan 
bunday umumiy baho ham isloh qilish dastlabki bosqichlarining asosiy vazifa 
va maqsadlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligidan dalolat beradi. 
Davlat iqtisodiy islohotlar o’tkazish uchun xuquqiy, tashkiliy va iqgisodiy 
sharoitlar yaratish bilan birga ayrim korxonalarni, sohalarni, ba’zan esa butun 
iqtisodni boshqarishning bozor tamoyillariga o’tishini ta’minlashga harakat qildi. 
Buvda davlat boshqaruvi vazifalari va mexanizmlari tubdan o’zgarib, ma’muriy- 
buyruqbozlik tamoyillari o’rniga iqgisodiy va moliyaviy tartibga solish 
tamoyillarining roli tobora kuchayib bordi. 
Ko’p qirrali islohotlar davrida, jamiyat mentaliteti tubdan o’zgarayotgan, 
tuzum yangi mazmun va tartibotlarga kirayotgan bir paytda aholi ma’naviy-ruhiy 
ehtiyojlariga mos keluvchi, xalqni istiqbolga etaklovchi hayotbaxsh intilishlar 
ifodasi bo’lgan g’oyalar va maqsadlar bilan qurollantirish katta ahamiyatga 
egadir. 
Shunday ekan, islohotlar samarasi xalq dunyoqarashi, madaniy va 
ma’naviy qadriyatlariga ongli munosabati bilan bevosita bog’liq hodisadir. 
Agar yangilanishlar odamlar ongi va dunyoqarashi, qalbi va ruhiyati orqali 
o’zini namoyon etsa, u yashovchan va samarali bo’ladi. Shuning uchun ham 
O’zbekistonda davlatning yangilanishlar strategiyasi sifat jihatidan o’zgarayotgan 
jamiyat, yangicha tafakkur asosida vujudga kelayotgan ijtimoiy guruhlarning 
qadriyat mo’ljallari bilan uyg’unlashib ketgan. 
Madaniyat va ma’rifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi ma’naviy 
voqelik sifatidagi takomillashuv jarayonining chin insoniylik moxiyatini 
belgilaydi. Inson ayni ana shu qadriyatlar orqali kamolotga etadi, hayotda, 
jamiyatda o’z mavqeiga, o’rniga, nufuziga ega bo’ladi. Inson faoliyatlari mahsuli 
ayni ana shu ma’naviyat va ma’rifat orqali qadriyatga aylanadi. 
Prezident Islom Karimovning qadriyatlar ustuvorligi kontseptsiyasi xuddi 
ana shu jihatlar tufayli ham qimmatli. U ma’naviyatni, ma’rifatni jamiyatning 
yo’naltiruvchi kuchi deb biladi. Ana shu nuqgai nazardan ham «Men ma’rifatli 
jamiyat qurmoqchiman» deydi. Ma’rifatli jamiyatda esa inson, ma’naviyat, 
axloq, tafakkur mezonlari hal qiluvchi mazmun kasb etadi. Shuning uchun ham 
Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «Ma’naviy sog’lom, kuchli 
jamiyat islohotlarga tayyor bo’ladi», degan edi. 
Mamlakatimiz Prezidenti mamlakat istiqboliga doir tadbirlar tizimini belgilar 
ekan, uning eng avvalo yuksak ma’rifat va madaniyat mamlakati bo’lishi, shu 
asosda barcha islohotlarning ma’rifiy negizini yaratish nuqtai nazaridan ish tutadi. 
Yurtboshimiz iqgisodga, huquqiy va siyosiy islohotlarga, shuningdek, jahon 


111 
muammolarini hal etish, tinchlikni ta’minlash masalalariga ham ma’rifiy ko’z 
bilan qaraydi, yuksak madaniy va umuminsoniy qadriyatlar talablari asosida 
yondashishga da’vat etadi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan Islom Karimov 
«Ilmiy va madaniy sohadagi mavjud imkoniyatlarni saqlab qolish, qayta tiklash
ko’paytirish maqsadida bundan buyon fundamental fanning, madaniyat va san’at 
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga, 
aqliy va ijodiy mehnat xodimlarining obro’yini oshirishga davlat tomonidan zarur 
mablag’lar ajratilave-radi», – degan edi. O’tish davrida iqgisodiy jihatdan birmuncha 
qiyinchiliklar sezilayotgan bir paytda ma’naviy hayotimizga davlat e’tiborining 
ustuvor mavqe kasb etishi insoniy g’amxo’rlikning yorqin ko’rinishidir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə